Byudjet hisobi


 Byudjet muassasalari buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix10.06.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#61166
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

4. Byudjet muassasalari buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi 
tahlili 
Balans (1-shakl)ni tuzishdan oldin barcha mavjud memorial order-lar bilan 
rasmiylashtirilgan buxgalteriya provodkalarini dastlabki hujjatlarga muvofiq holda 
to’g’ri tuzilganligi hamda «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl)ga to’g’ri yozilganligi, 
subschyotlar bo’yicha oylik aylanmalar va hisobot davri oxiriga «Bosh-jurnal 
kitobi» (308-shakl) bo’yicha qoldiqlar to’g’ri hisoblanganligi tekshirib chiqiladi. 
Hisobot davri oxiriga «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl)dagi chiqa-rilgan 
qoldiqlar balansning «Yil (chorak) oxiriga» ustuniga ko’chirib yoziladi. 
Debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi subschyotlarda debitorlar va 
kreditorlar summalari o’zaro hisobga olmagan holda, ya’ni, mavjud debitorlar 
balansning aktiv qismida, kreditorlik qarz esa, passiv qismida ko’rsatiladi. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda Byudjet 
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 2169, 
2010 yil 22 dekabr) (O’zbe-kiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 
51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va 
boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. 
«Yil boshiga» ustuni bo’yicha ko’rsatkichlar o’tgan hisobot yili balansining 
«Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha ko’rsatkichlarga aynan bir xil holda 
ko’chiriladi. Agarda, tashkilot hisobot yilining 1 yanvaridan keyin tashkil topgan 
bo’lsa, u holda balansning ushbu «Yil boshiga» ustuni to’ldirilmaydi. 
23. 
Balansning aktiv qismidagi «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha: 
«1-§. Asosiy vositalar va boshqa uzok muddatli nomoliyaviy aktivlar» 
paragrafining «Asosiy vositalar: Boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati» qatorida 
tashkilotlarning hisobot davri oxiriga mavjud barcha asosiy vositalari, shu 
jumladan, ijaraga berilganlari ham dastlabki (tiklanish) qiymati bo’yicha aks 
ettiriladi. 
Qayta baholash natijalari bo’yicha aniqlangan asosiy vositalarning tiklanish 
qiymati yillik va choraklik balanslarda «Yil boshiga» ustunida kasr chizig’i bilan 
(maxrajida) aks ettiriladi; 


30 
«Eskirish summasi» qatorida asosiy vositalarning balans tuzilgan hisobot 
davri oxiriga hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi; 
«Qoldiq (balans) qiymati» qatorida asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) 
qiymati bilan eskirish qiymati o’rtasidagi farq (010-qatorda aks ettirilgan asosiy 
vositaning dastlabki (tiklanish) qiymatidan 011-qatorda aks ettirilgan eskirish 
summasini ayirmasi) aks ettiriladi; 
«Nomoddiy aktivlar» qatorida tashkilotning hisobot davri oxiriga mavjud 
nomoddiy aktivlarining qiymati ko’rsatiladi; 
«2-§. Noishlab chiqarish aktivlari» qatorida ishlab chiqarish xususiyatiga 
ega bo’lmagan kapital xarajatlar, jumladan, erni obodonlashtirish bo’yicha 
xarajatlar (040-subschyot) aks ettiriladi; 
«3-§. Tovar-moddiy zaxiralar» qatorida hisobot davri oxiriga mavjud 
bo’lgan tayyor mahsulot, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-
darmon va yarani boglash vositalari, inventar va xo’jalik jihozla-ri, yonilg’i, 
yoqilg’i-moylash materiallari, mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari va 
boshqa tovar-moddiy zaxiralari qoldiq summalari ko’rsatiladi, balansdan tashqari 
10 «Foydalanishdagi inventar va xo’jalik ji-hozlari» va 12 «Eskirganlarining 
o’rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari» schyotlarida aks 
ettirilgan tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bundan mustasno; 
«4-§. Nomoliyaviy aktivlarga qo’yilmalar» qatorida o’rnatish uchun 
mo’ljallangan asbob-uskunalar, tugallanmagan qurilish, asosiy vositalar-ga boshqa 
xarajatlar, nomoddiy aktivlarga boshqa xarajatlar, tovar (ish, xizmat)larga 
xarajatlar va tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi 
subschyotlarning «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl) bo’yicha hisobot davrining 
oxiriga qoldiq summasi aks ettiriladi; 
«Moliyaviy aktivlar» bo’limida mavjud hisobvaraqlardagi pul mablaglari, 
akkreditivlar, kassadagi nakd pul qoldiqlari va boshqa pul mablaglarining, 
shuningdek g’aznachilik bo’linmalaridagi shaxsiy hisobvaraqlardagi pul 
mablag’larining qoldiq summalari aks ettiriladi; 


31 
«Debitorlar» bo’limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo’yicha 
qoldiq summalar (debitorlik qarzlar) aks ettiriladi. 
24. Balansning passiv qismidagi «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha: 
«Kreditorlar» bo’limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo’yicha 
qoldiq summalar (kreditorlik qarzlar) aks ettiriladi; 
«Moliyaviy natijalar» bo’limida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijalari 
(300 - 343 qatorlar), shuningdek yakuniy moliyaviy natijala-ri (350 - 356 qatorlar) 
har bir daromad (tushum)larning turlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi. 
Bunda, joriy yilga moliyaviy natijalar (300 - 343 qatorlar) bo’yicha 
ko’rsatkichlar yillik balansda aks ettirilmaydi. 
«Balansdan tashqari schyotlar» bo’limida hisobot davri oxiriga aks ettirilgan 
balansdan tashqari schyotlar summasi ko’rsatiladi. 
Balans (1-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan 
keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi, mazkur Qoidalarning 146-bandida 
nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 
Balansni to’g’ri tuzish bo’yicha talablarining bajarilishi ustidan nazorat 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan 
qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 
Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari balans ma’lumotlarining 
to’liqligi, to’g’riligi hamda o’z vaqtida taqdim kilinishi yuzasidan javobgardirlar. 
XULOSA 
Byudjet tashkilotlarida nazoratni tashkil qilish bo’yicha O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 393-son qarorida 
taftish va tekshirishni asosiy vazifalari aniqlangan. Byudjet mablag’larini kelib 
tushishi va sarflanishi, byudjetdan tashqari mablag’lardan foydalanish, davlat 
mulki bo’lgan mulkdan, daromadlarni taftish hamda tekshirish rejali tartibda, 
rejadan tashqari tartibda amalga oshiriladi. 
Byudjet tashkilotlarida rejali taftish va tekshirishlar nazorat taftish bosh 
boshqarmasi uchun O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri, nazorat taftish 


32 
boshqarmasi uchun esa nazorat taftish bosh boshqarmasi boshlig’i tasdiqlagan 
yillik ishlar rejasi asosida amalga oshiriladi. 
Byudjet tashkilotlarida nazoratni tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha nazorat 
taftish bosh boshqarmasi va nazorat taftish boshqarmasi taftishchilar ishi ustidan 
uslubiy rahbarlik hamda nazoratni amalga oshiradi, amaliy yordam ko’rsatadi.
Taftish va tekshiruvlarni o’tkazish muddati, taftish guruhi tarkibi, 
har bir taftish va tekshiruvni aniq vazifasidan, taftish qilinayotgan tashkilotning 
xususiyatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Byudjet tashkilotlarida taftish va tekshiruvlarni o’tkazish muddati – 30 
kungacha qilib belgilangan. Birinchi marta belgilangan muddat taftish guruhi 
rahbari (taftishchi) tomonidan asoslansa, u holda muddati uzaytirilishi mumkin. 
Taftishda o’tgan 3 kalendar yili moliyaviy faoliyatini, oldingi taftish 
o’tgandan keyingi davrni o’z ichiga oladi. 
Byudjet tashkilotlari taftish va tekshirilayotganda xarajatlar smetasini 
bajarilishi taftish qilinadi, bunda kassa va g’aznachilikda ochilgan har bir schyot 
bo’yicha operatsiyalar bilan bog’liq hujjatlar, o’tgan taftishdan keyingi davrdan 
hozirgi taftishgacha bo’lgan davr, agar suiiste’molchiliklar aniqlansa, undan 
ko’proq davrni o’z ichiga olishi mumkin. 
Byudjet tashkilotlaridagi mavjud reja, hisobot, statistik ma’lumotlar hamda 
materiallar batafsil o’rganiladi. Taftish va tekshirishga kirishdan oldin taftish 
guruhi rahbari o’zining vakolati doirasida tegishli moliya va g’aznachilik organlari 
rahbarlariga taftish va tekshirish belgilanganligi to’g’risida axborot beradi. 
Buxgalteriyani taftish va tekshiruv o’tkazishda guruh rahbari markazlashgan 
buxgalteriya to’g’risidagi nizom va uning tarkibi, uning shtati, tashkilotning 
xarajatlar smetasi bo’yicha umumiy summasi bilan tanishib chiqadi. Bundan 
tashqari, buxgalteriya xodimlari o’rtasida xizmat 
vazifalarini taqsimlanishi va hujjatlar aylanishi bilan tanishadi. 
Shundan keyin taftish va tekshirishlar ishchi rejasi tuziladi va unda aniq 
muddatlar va ishning taqsimlanishi amalga oshiriladi. Ishchi reja tuzilayotganda 


33 
markazlashgan buxgalteriya ishlari funktsional belgilari bo’yicha taqsimlanishini 
hisobga olish tavsiya qilinadi. 
Taftishchi tekshirish jarayonida moddiy javobgar shaxsining ishtirok etishini 
ta’minlashi, bajarilgan ishlar xajmini nazorat o’lchovini amalga oshiradi, nusxa va 
namunalar olinadi hamda ular asosida moddiy javobgar shaxs tekshiriladi. 
Alohida e’tibor belgilangan tartibda jinoiy ish ochilgan ishlar bo’yicha taftish 
va tekshirish o’tkazishga qaratilishi lozim. 
Pul mablag’lari va moddiy qiymatliklarning buxgalteriya hisobini 
yuritish belgilangan tartibga rioya qilinishi, ularga qoravullikni tashkil etilishi, 
korxonadagi propusk tizimi holati, korxona hududidan moddiy qiymatliklarning 
olib chiqilishi va olib kirilishi tekshiriladi; 
Buxgalteriya hisoboti va balanslarni hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi, 
turli xatoliklar hamda qo’shib yozishning oldini olish, topshiriqlarni bajarish 
ko’rsatkichlari faktlarini buzib ko’rsatilishi tekshiriladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin