Buyurtmali kalkulyatsiya qilish usullari Reja: Kirish Kalkulyatsiyaning tamoyillari


«Standart kost» va «Direkt kosting» usullari



Yüklə 88,6 Kb.
səhifə5/11
tarix20.11.2023
ölçüsü88,6 Kb.
#161963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Документ Microsoft Office Word

3. «Standart kost» va «Direkt kosting» usullari


Me’yor-standartlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishning boshlanishigacha standart kalkulatsiyalarni tuzish va to’plam sifatida tizimlashgan standartlardan chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi "standart-kost" tizimi nomini oldi.
"Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan moddiy va mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab chiqarish uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; "kost"- mahsulot birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul ko’rinishini aks ettiradi.
Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo’yicha kutiladigan xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;

  • mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni o’rnatish;

  • me’yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini ko’rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.

Direkt-kosting tizimi bir necha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi - ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va doimiyga ajratish; ikkinchisi- mahsulot tannarxini cheklangan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilish; uchinchisi- foydalar haqidagi hisobotlarni tuzishning ko’p bosqichligi.


Direkt-kosting tizimi bir necha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi - ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va doimiyga ajratish; ikkinchisi- mahsulot tannarxini cheklangan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilish; uchinchisi- foydalar haqidagi hisobotlarni tuzishning ko’p bosqichligi.
Birinchi bosqichda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish hajmining to’g’ri (o’zgaruvchan) xarajatlar bilan aloqasi o’rnatiladi, alohida turdagi mahsulotni ishlab chiqarishning rentabelligi aks ettiriladi. Ikkinchi bosqichda bitta schyotda umumlashtirilgan egri (doimiy) sarflar bir turdagi mahsulot realizatsiyasidan olingan qo’yilma bilan taqqoslanadi. Natijada butun ishlab chiqarish va realizatsiyaning rentabelligini aks ettiradi. SHunday qilib, bu tizim realizatsiyaga qaratilgan. Realizatsiyaning hajmi qancha ko’p bo’lsa subekt shuncha ko’p daromad oladi. Tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish faqat o’zgaruvchan (to’g’ri) xarajatlar bo’yicha baholanadi. Baholashning bunday tizimi subektlarda realizatsiyani ko’paytirishning yangi imkoniyatlarini izlashga qiziqish uyg’otadi.

Yüklə 88,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin