521
quvnoq, muayyan raqs, qo‘shiq, multimedia, shakl, tavsilot, sub’ektiv, obyektiv,
axborot, dastur, qo‘llanma, musiqaviy idrok, hissiy rivojlanish.
Yangilanayotgan yurtimiz kelajak poydevorlari o‘sib ulg`ayar ekan, ularning
porloq kelajagini qurishda ta`lim tarbiyaning o‘rni beqiyos. O‘zbekiston
Respublikasing birinchi prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas
kuch” asarida …..musiqa san`ati navqiron avlodimizning yuksak ma`naviyat
ruhida kamol topishida boshqa san`at turiga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta`sir
ko‘rsatmoqda – deb ta`kidlaydi. Mamlakatimiz poydevori maktabgacha yoshdagi
bolalarga musiqa
har tomonlama yordam berishi, tevarak atrofni obrozli
emotsional idrok etishi, va bola xarakterining shakillanishiga ta`sir ko‘rsatadi.
Bolalarda musiqaviy idrokni o‘stirmay, ularni musiqaga mehr-muhabbatini yetarli
darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy boy, ma`naviy va qat`iy
axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Bola qanchalik tanish yoqimli musiqa
asarlarni tinglasa shunchalik u musiqaviy faoliyatda
aktiv hamda aniq maqsadga
qaralgan holda ishtrok etadi. Musiqaning bola hissiyoti va intilishi, mazmuniga va
his etishiga kata ta`sirini hsobga olganda, haqqoniy va voqeylini to‘g`ri aks
ettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanis alohida o‘rin tutadi. Har bir bola
musiqaning qaysi yo‘nalishni o‘rganishdan qat`iy nazar uning yosh xususiyatlarini,
psixologik rivojini musiqa rahbari nazarda tutishi lozim.
Musiqa bolanining hissiy rivojlanishga va nutq funkiyalarining faolligini
oshirishga yordam beradi. Bolalarda musiqa tinglash, kuylash, bolalardagi
qo‘rquv hayajon singari xislatlarni yoqotadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchni ortishiga
sabab bo‘laoladi. Bolalarni musiqiy faolligini rivojlantirishga qo‘shiq kuylash,
oxangni to‘g`ri idrok etish qobilyatni shakillantirish
va musiqaga mos ritmik
harakatlar bajarish bolalarda kayfiyatni a`lo darada bo‘lishi pedagogni musiqiy
maxorati alohida o‘rin tutadi. Yosh bolalarni musiqiy tarbiyalashning eg muxim
vazifasi- bu musiqiylikning yetakchi tarkibiy qismini tahkil etish musiqa bilan
xissiy axamiyatga ega bo‘lishdir. Maktabgacha tarbiya yoshida bolalar samimiy va
522
beg`ubor bo‘lishi bilan birga ularda ba`zibir sabablarga ko‘ra uchraydigan streslar
sabab bola faoliyatlar davomida ishtiyoqsizlik e`tiborsiz bo‘lishi mumkin. Bunday
xollarda yaxshi o‘ynoqi qo‘shiq unining kayfiyatini a`lo bo‘lishi va asab
tizimlariga ham ijobiy ta`sir ko‘rsatadi. Musiqa bolalarni xotirasini yaxshilashga,
ularni asab tizimini faoliyatini rag`batlantirishga va estetik
didni shakillanishiga
yordam beradi. Bolalarda qo‘shiq kuylash jarayonida ularda nutqiy buzilishni
oldini olish va ishonchsizlikni yoqolishiga yordam beradi. Musiqaga kichik
yoshlikdan uyg`ongan qiziqish kishining keying musiqiy rivojiga kuchli ta`sir
ko‘rsatadi. Shnga ko‘ra musiqani idrok etishning vazifasi va mazmunini aniqlash
muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji jumladan estetik tarbiyasi
vazifalari bilan bog`liq umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Ma`lumki bunday
vazifalar bolalarni musiqa soxasiga
faoliyatlarga jalb etish, badiiy musiqaga
nisbattan estetik idrok etishniva emotsional o‘zlshtirishnirivojlantirish, muhabbatni
tarbiyalash, musiqiy qobilyatlarni rivojlantirish kerak. Ibn Sino ham musiqaning
hissiy ta`siri kuchni e`tirof etgan holda uni o‘zining meditsina kitoblarida aks
ettirgan hamda ruhiy kasalliklarni davolashda shifo dasturi sifatida tavsiya qilgan
“Tib qonuni” asarida bir o‘rinda musiqaning ruhiy ta`sir kuchiga baho berib,
go‘dakning tarbiyasidagi ahamiyatini shunday ta`riflaganlar: “Go‘dakning
tanasi
chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi
onaning qo‘shig`I yaniy allasidir. Birinchisi tanasiga, ikkinchisi-ruhiga tegishlidir.
Demak, kelajakga munosib yosh avlodlarni tarbiyalashda musiqaning ham
munosib o‘rni borliugi ayni haqiqat, bolani estetik tarbiyalashdek sharafli ishni
to‘g`ri yo‘lga qo‘yish pedagoglar zimmasiga kata mas’uliyat yuklaydi.
Dostları ilə paylaş: