51
tovarning o'ziga xos sifat belgilari, tovarni yuklash va to'lovi,
yuklangan
turkumning
(partiyasi)
hajmi,
har
ikki
tomon
munosabatlarining xarakteri bilan bog'liq holda tuzilgan shartnomaning
o'ziga xos talablari bilan izohlanadi.
Xalqaro savdoda narxlar turlarining ko'pligi tayyor mahsulotlar
bozori shart-sharoitlarining har xil ekanligini aks ettiradi, mana
shunday sharoitda oldi-sotdi aktlari tuziladi. Kuzatuvlar jahon
narxining o'zgarib turish tendentsiyasi ana shu shart-sharoitlarga ham
bog'liq ekanligini ko'rsatadi. Tovarning tashqi savdo narxini asoslash;
aniqlash va kelishib olishda kelishuvning o'ziga xos tomonlarini
belgilab beruvchi tabiati haqida aniq tushuncha, tasavvurga ega bo'lish
kerak. Misol uchun, texnologik-mashina mahsulotlari, murakkab texnik
tovarlar savdosini olib ko'raylik, bu savdo ishlab chiqaruvchi - sotuvchi
va iste’molchi - xaridorning bevosita ishtirokida o'tkazilib, tovarni
yetkazib berishning barcha shart-sharoitlari kelishib olinadi.
Dostları ilə paylaş: