42
1)
XIX asrning oxiri va Birinchi jahon urushi boshlanishi. Ushbu
davrda rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan
kartellar va sindikatlar ko’paydi va asosan xom ashyo ishlab
chiqarish bilan shug'ullandi;
2)
Birinchi jahon urushi – Ikkinchi jahon urushi oralig’idagi davr.
Ushbu davrda asosan harbiy ehtiyojlarni qondirish uchun trestlar
hukmron edi;
3)
Ikkinchi jahon urushidan keyin va mustamlakachilik tizimining
parchalanishigacha bo’lgan davr. Ushbu bosqichda zamonaviy
qayta ishlab chiqarish sanoatida konsern va konglomeratlar
ustunlik qildi;
4)
XX asrning 70-80 yillari va XXI asrning boshlanishi. Ko'p tarmoqli
konsernlar TMKning asosiy shakliga aylanadi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar – bu jahon xo’jaligi institutlari
bo’lib, ularning roli so'nggi o'n yilliklarda ayniqsa oshdi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning aksariyati nodavlat bo’lib, ular
taxminan 3000 taga yaqin. Ular orasida JST, XVF, OECD va boshqalar
kabi mashhur tashkilotlar mavjud. Tashkilotlarning yana bir guruhi –
davlatlararo, ular 400 ga yaqin. Ular orasida Evropa Ittifoqi, NAFTA,
ASEAN va boshqalar bor.
Dunyoning eng muhim integratsiya birlashmalari – jahon
iqtisodiyoti sub’ektlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: