Elektron iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zaruriyati va yo`llari
Elektron iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solish asoslari.
Davlat iqtisodiy siyosatining maqadi va vositalari.
Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari.
Elektron iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solish asoslari.
Raqamli iqtisodiyot — raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir. Baʼzida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yo’nalishda kechadi.
Birinchidan, iqtisodiyotning davlat sektorini hosil qiluvchi korxona va tashkilotlar milliy iqtisodiyotning bir bo’g’ini sifatida tovar va xizmatlar yaratib bozor munosabatlarida ishtirok etadi.
Ikkinchidan, davlat umumiy manfaatlarini ifodalovchi kuch sifatida milliy iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etadi.
Davlat iqtisodiy siyosatning maqsadi va vositalari.
Davlatning siyosati- bu makroiqtisodiy siyosat bo’lib, uning muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga taaluqli yo’l-yo’riqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y-harakatlaridan iboratdir.
Davlat siyosati belgilangan maqsadlarga quyidagi vositalar bilan erishiladi:
Iqtisodiy vositalar
Yuridik vositalar
Siyosiy-ma’muriy vositalar
Davlatning siyosati ma’lum maqsadlarni ko’zlaydi,bulardan asosiylari quyidagilar:
Davlatning siyosati ma’lum maqsadlarni ko’zlaydi,bulardan asosiylari quyidagilar:
Barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash
Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta’minlash, uni chet elga qaram bo’lishiga yo’l qo’ymaslik
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash
Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta’minlash
Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib, iqtisodiyotning ijtimoiyligini to’laroq yuzaga chiqarishga ko’maklashish
Milliy iqtisodiyotning istiqbolini ta’minlash, ya’ni uni uzoq kelajakda o’sib berishiga sharoit hozirlash