Infektsion periodontit og`iz bo‘shlig`idagi infektsiyani ichkariga kirgazish yuborish natijasida yuzaga
keladi. Ko‘pincha tishni ildiz uchi sohasi, kam hollarda yon qismlari zararlanadi. Travmatik periodontit
birlamchi (kuch ta`sirida, lat eyish) hamda surunkali jarohatlar okklyuziya buzilishida, zararli odatlar va
jarohatlovchi tishlar natijasida yuzaga keladi.
Medikamentoz va allergik periodontit pulpitni dori moddalar bilan davolash natijasida hamda dori moddalar
ta`sirida periodontda allergik reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin. Klinik amaliyotda ko‘pincha infektsion
cho‘kkili periodontitlar ko‘p uchraydi.
Klinik ko‘rinishi va patologoanatomik o‘zgarishlariga qarab periodontdagi yallig`linish jarayonlarini
quyidagi keyingi guruh va guruhchalarga bo‘lish (I.G. Lukomskiy bo‘yicha). I guruh: 1) seroz o‘tkir periodontit
(chegaralangan va tarqalgan), 2) yiringli periodontit (chegaralangan va tarqalgan); II guruh — surunkali
periodontit: 1) granulyatsiyalovchi, 2) granulematoz, 3) fibroz; III guruh— surunkali periodontit xuruj
bosqichidagi surunkali periodontit.
O‘tkir periodontitda bemor chaynashda, tish bosilganda, chaynov va kesuvchi yuzasi bo‘yicha perkussiya
o‘tkazilganda kuchayib boruvchi og`rikni sezadi.Tish uzayib va o‘sib qolganga o‘xshab tuyuladi. Tish
uzoq vaqt
bosib turilganda og`riq biroz kamayadi. Keyinchalik og`riq xissi kuchayadi, uzluksiz yoki qisqa to‘xtab-to‘xtab
og`ruvchi tus oladi, ayrim paytlarda pulsirlovchi og`riqlar yoki uch shoxli nerv bo‘yicha og`riqlar
irradiatsiyalanadi. Bemor umumiy ahvoli qoniqarli. Tashqaridan qaralganda o‘zgarishlar sezilmaydi.
Zararlangan tish bilan bog`lik bo‘lgan limfa tugunlari shishishi va og`rishi kuzatiladi. Alohida hollarda tish
bilan bog`lik bo‘lgan jag` osti yumshoq to‘qimalari sohasida kollateral shish kuzatilishi mumkin. Gorizontal va
vertikal perkussiya og`riqli. Milk va alveolyar o‘siq shilliq qavati, ayrim hollarda og`iz dahlizi ildiz proektsiyasi
bo‘ylab giperemirlangan va shishgan. Ildiz proektsiyasi bo‘ylab alveolyar o‘siq palpatsiyasi, ayniqsa ildiz
uchiga to‘g`ri keladigan sohasi og`riqli. Ayrim paytda og`iz dahlizi ildiz proektsiyasi va o‘tuv burma yo‘nalishi
bo‘ylab yumshoq to‘qimani instrument bilan bosib ko‘rilganda yumshoq to‘qimada instrument izi qoladi bu esa
shishganligidan dalolat beradi. Harorat va elektroodontometrik ta`sirlovchilar ta`sirida pulpa jovob reaktsisi
qaytarmaydi. O‘tkir jarayonda rentgenogrammada patologik o‘zgarishlar kuzatilmasligi yoki periodontal
yoriqning
kengayishi
kuzatilmasligi
mumkin.
Surunkali
periodontitning
qaytalanishi
natijasida
granulyatsiyalovchi, granulematoz, kam hollarda fibroz periodontitga xos bo‘lgan belgilar yuzaga keladi.
Qiyosiy tashxis. O‘tkir periodontitni o‘tkir pulpit, periostit, jag`lar osteomieliti, yiringlagan ildiz kistasi
o‘tkir odontogen gaymorit bilan qiyosiy tashxislash lozim. Pulpitdan farqli ravishda o‘tkir periodontitda
og`riqlar doimiy, pulpani diffuz yallig`lanishida esa – hurujsimon. O‘tkir periodontitda o‘tkir pulpitdan farqli
ravishda yallig`lanishli o‘zgarishlar tishga yaqin bo‘lgan milkda ham kuzatiladi, perkussiya og`riqli. Tashxis
qo‘yishda elektroodontometriya ma`lumotlari katta yordam ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: