CHap tomon premolyarlarni sug‘urishda bemorni old va o`ng tomonida turadi. Premolyarlar yukoriga va tashkariga
chikariladi.
Pastki molyar tishlarni sug‘urish ularni anatomik tuzishili tufayli, ildizlarini joylashuvini va qiyshik chiziq
soxasida alveolyar o`siq kengligi xisobiga qiyinchilik tugdiradi. Birinchi va ikkinchi premolyarlar ikkitadan ildizga
ega - diqal va proksimal, ba`zida ular qiyshaygan. Bu tishlar lunkalari keng va muqaxkamdir. Birinchi molyar tish
vestibulyar va til tish ildizlari bir xil. Ikkinchi molyar tishlar vestibulyar tish katagi devori kengrok. Bu tishlar lunjlari
keng va tikansimon do`ngligi bor tumshuqsimon ombirlar yordamida sug‘uriladi. Ombirlar joylashganda shunday
suriladiki lunjlari ildizlar oraligigi muqaxkam joylashtiriladi. Birinchi molyarda birinchi qimirlatuvchi xarakat lab
tomonga, ikkinchisida - til tomonga qilinadi. Tish yukoriga va lunj tomonga ajratiladi.
Uchinchi molyar tishlarni sug‘urish og‘iz burchagidan olib tashlashda bir oz qiyinchilik tug‘diradi va maxsus
usullarni qo`llashga majbur etadi. Ulardan satxi bo`yicha bukilgan ombir va elevatorlardan foydalanishdir. Uni sug‘urishdagi
qiyinchilik atipik joylashuvi va ildizini yaqqol qiyshiqligidir. Tish extiyotlik bilan ravon xarakat ila avval til tomonga, keyin
lunj tomonga ajratiladi. Tish yukoriga va lunj tomonga sug‘uriladi.
Tishlarni elevatorlar yordamida sug‘urish. Tish ildizlarini ba`zida esa tishlarni sug‘urishda natija bo`lmasa elevotorlardan
foydalaniladi. Bunda birinchi turdagi richag printsipiga asolanadi, shu bilan birga ikki elkali richag printsipi ham
qo`llaniladi. elevator ishchi (lunj), oralik va massiv ushlovchi qismlaridan iborat. Ko`p mikdorda turli shakldagi elevatorlar
mavjud.
To`g‘ri elevator. Ishchi qismi oxirlari o`tkirlashgan tarnovsimon lunj shaklga ega. elevator belgilangan vazifasi -
yukori yagoni joylashggan tish ildizlarini, tish yoyidan tashqarida joylashgan tishlarni, ba`zida pastki uchinchi molyar
tishlarni (aql) ildizlarini olib tashlash. YUkori tishlarni ildizlari elevator ishchi qismini ildiz bilan alveola orasiga
kirgazilib olib tashlanadi. elevator lunji tarnovsimon yuzasi ildizga karatiladi va lunkaga chukurrok kiritilib aylanma
xarakat qilinadi. SHifokorni bemorga nisbatan xolati xuddi yukori tishlarni ombirlar bilan sug‘urishdagi xolatdagidek
bo`ladi.
Elevatorni ushlovchi qismi butun qo`l kafti bilan ushlanadi, bunda II barmoq lunji yaqinida joylashadi. To`g‘ri
elevatorlarni turliligiga qaramay ularni asosiy kamchiligi: ishchi qismini tarnovsimon lunji juda massiv hisoblanadi.
Bu periodontal yorikka chuqur kirishiga to`sqinlik qiladi. Ildizni chuqur joylashuvi va alveola devorini massiv
bo`lishida fissur bor bilan ildiz bilan alveola orasida yoriq hosil qilinadi.
Tajriba ko`rsatadiki, to`g‘ri elevator o`z vazifasini to`liq bajarishi uchun ishchi qismida lunji egovlanib,
ingichka va o`tkir konussimon plaqinka shakllantiriladi. Modifiqirlangan to`g‘ri elevator yordamida periodontal
yoriqqa oson kirib chayqatma xarakat bilan tish yoki ildiz olib tashlanadi. elevator o`qi tish o`qiga nisbatan 45°
burchak xosil qilib joylashtiriladi. Bu ildizni gaymor bushligiga itarilishini oldini oladi.
Burchak ostida egilgan elevatorlar (yon) pastki tish ildizlarini olishda ishlatiladi. Asosan molyar tishlarni. Bu
elevatorlarni lunji asbob o`qiga nisbatan 60—80° burchak ostida egilgan bo`ladi. Qaysi nuqtada qanday kuch
ishlatilishiga qarab "O`ziga" va "o`zidan" elevatorlar farqlanadi. SHifokorni bemorga nisbatan turishi ombirlar bilan
olishdagi xolatdagidek bo`ladi. elevator to`liq o`ng qo`l kafti bilan ushlanadi, fakat 2 barmoq, lunjga yaqin
joylashtiriladi.Elevator ishchi qismi ildiz bilan tish katagi orasiga yoki ikki ildiz orasiga kirgaziladi, egilgan qismi esa
olinadigan ildizga qaratilgan bo`ladi.
Ko`p ildizli tishlarni ildizlarini olishda, elevator lunji olingan ildiz lunkasiga kirgaziladi. Avval ildizlararo
to`siq olib tashlanadi, keyin boshka ildizlar olinadi. elevator lunji boshqa tomoni qo`shni tishga tiraladi. elevator bilan
ildiz bo`sh lunka tomonga chiqarib olindi.
Leklyuzni nayzasimon elevatori. Ko`proq pastki uchinchi molyar tishlarni olishda qo`llaniladi. Asbob keng
ushlovchi qismdan, to`g‘ri burchak ostida ulangan nayzasimon (shtik) qismdan, ishchi qismi (lunji) uchki qismi
o`tkirlashgan. SHifokorni bemorga nisbatan turishi ombir bilan olishdagi xolatdagidek.
O`tkir lunj qismi shunday kirgaziladiki, ishchi qismi olinadigan tishga, aylanma tomoni ikkinchi molyarga
qaratiladi. Xarakat jarayoni tish chiqarilib aspiraqiyaga olib kelmasligi uchun chap qo`l barmoqlari bilan
nazorat
qilinadi. Xozirda tibbiyot ishlab chiqarish soxasida turli nayzasimon elevatorlarni ishlab chiqish yo`lga qo`yilgan.
Dostları ilə paylaş: