Ta`lim berish
vositalari
O‘quv uslubiy ishlanma , elektron darsliklar,
kompyuter
Ta`lim berish
sharoiti
Metodik jixatdan jixozlangan
auditoriya
Monitoring va jixozlash.
Protezoldi jarrohligining faol rivojlanishi 50-chi yillarning oxirida boshlangan bo‘lsa ham, u ancha ilgari ham
ma`lum bo‘lgan. Protezlash bilan shug`ullangan shifokorlar kam ishtiyoq bilan jarrohlikga murojaat etar edilar,
lekin ko‘pchilik holatlarda protezlarni mustahkamlash uchun yomon sharoitlar mavjudligini ta`kidlar edilar. R.
Hopkins (1985) tish protezlari bo‘lgan 80 % bemorlarda ularni mustahkamlash uchun yaxshi tayanchning
yo‘qligi va og`iz bo‘shlig`ida diskomfort keltirib chiqaruvchi patologik jarayonlar kuzatilishini aniqladi.
Og`iz bo‘shlig`i protezoldi jarrohligining rivojlanishida E. Lexer (1909), P. Moure (1923), W.
Razanjian (1924), M. Wassmund (1938), P. Lvov (1923), A. A. Limberg (1935), A. E. Rauer (1938), N. M.
Mixelson (1943), A. I. Evdokimov (1943), G. A. Vasilev (1947) kabi klinitsist-jarrohlarning ishlari asos bo‘lib
xizmat qildi. Protezoldi jarrohligining alohida usullari A. I. Evdokimov (1950), G. A. Vasilev (1950, 1972), M.
V. Muxin (1972, 1998) larning kitoblarida aks ettirilgan. Hozirgi vaqtda protezoldi jarrohligi og`iz bo‘shlig`i
kasalliklarini davolashda keng tarqalgan davolash usuliga aylandi. Unga monografiyalar, kitoblar va
qo‘llanmalarda boblar bag`ishlangan [Guernsey L., 1973; Toma K., 1980; Laskiii D., 1980; Bell W. et ab, 1988;
Stoelinga P., 1984; Hopkins R., 1985; Fonseca R., 1993; Krger E., 1993; Tucker M., 1994].
Protezoldi jarrohligining zarurligi qator omillarga bog`liq bo‘lib, xususan, tabiiy tishlar yo‘qotilgandan
so‘ng yuqori jag` alveolyar o‘simtasi va pastki jag` alveolyar qismining atrofiyasi ro‘y beradi. Ba`zi bemorlarda
suyak atrofiyasi hamroh kasalliklar va organlarning o‘zgarishi – sistemali kasalliklar, suyak osteporozi (shu
jumladan, klimakterik va postklimakterik davrlarda) tufayli zo‘rayishi mumkin. Suyak atrofiyasiga, shuningdek
mahalliy omillar ham ta`sir etadi. Avvalambor — bu tishni olib tashlagandagi jarohat va alveolalar devorlaridan
birining tez-tez yo‘qotilib turishi. Protezlardan foydalanish, ayniqsa, ular yomon mustahkamlangan bo‘lsa ham,
suyakning yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Protezlash vaqtida suyak atrofiyasini keltirib chiqaruvchi umumiy organik va mahalliy omillardan
tashqari, jag`larning o‘ziga xosligi ham qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular atrofik jarayonlarning
natijasida hamda skelet yuz suyaklarining o‘ziga xosligi, turi va rivojlanishi bilan bog`liq ravishda namoyon
bo‘lishi mumkin. Protezlash vaqtida suyak to‘qimasining o‘zi ham qator kamchiliklarga ega bo‘ladi. Tishlar olib
tashlagandan so‘ng, alveolyar do‘ngchalar haddan tashqari chiqib turishi mumkin. Bundan tashqari, tishlar
olinayotgan vaqtda tish alveolalarining devorlari (ko‘pincha vestibulyar) siljib, suyakda notekisliklar hosil
qiladi. Protezlash uchun yomon sharoitlar ham ko‘pincha vertikal va oldingi orqa tomonda ro‘y beruvchi
suyakdagi atrofik jarayonlarni, jag`larning disproportsiyasini, alveolyar yoylar orasidagi masofaning
kattalashuvi va ularning kengligini kamayishiga olib keladi. Ko‘pincha protezlash jarayoni jag`lardagi atrofik
jarayonlarni chuqurlashtiruvchi parodontit, parodontoz tufayli qiyinlashadi. o‘sib chiqmay, suyak ichida qolib
ketgan, ayniqsa, suyak deformatsiyasiga sabab bo‘luvchi tishlar ham ma`lum muammolarni keltirib chiqaradi.
YUqori jag`da ikkita plastinkaning qo‘shilib, qattiq tanglayni hosil qilish joyida tanglay bolishchasi
sezilarli ravishda namoyon bo‘lishi mumkin. Markaziy tishlarning yo‘qotilishi yuqori jag` alveolyar o‘simtasi
va pastki jag` alveolyar qismi o‘rtasida noto‘g`ri okklyuziv aloqaning paydo bo‘lishiga va ortishiga olib kelishi
mumkin. YUqori jag` molyarlari yo‘qotilganda tish-antagonistlar o‘rtasida ham balandligi, ham okklyuziya
bo‘yicha noto‘g`ri aloqalar paydo bo‘lib, shu munosabat bilan alveolyar o‘simta shaklini kattalashtirish yoki
korrektsiya qilishga to‘g`ri keladi.
Pastki jag`da protezlash uchun alveolyar qismning torayishi, uning atrofiyasi qiyinchiliklarni keltirib
chiqarib, natijada iyak osti do‘ngchasi, qiyshiq chiziq, jag`-til osti chiziqlari o‘tkir qirralarga ega bo‘lgan holda,
chiqib turadi. Suyak atrofiyasi jarayonlaridan tashqari, R. Popkins (1985) fikricha, tishlarning surunkali
kasalliklari hisobiga paydo bo‘luvchi mikrostomiya ham protezlashga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Ortoped-vrach protezlashga bo‘lgan shartlarni o‘rganib, patologik o‘zgarishlari bor bemorlarni faqatgina
tish protezlari yordamida to‘g`irlab bo‘lmaydigan bemorlarni yuborishlari kerak. Ruhiyo faktorlar ham muhim
ahamiyatga ega, ayniqsa: operativ aralashuvlarni bemorlar to‘g`ri tushunishlari; shikoyatlarni adekvatligi;
funktsional va estetik jihatdan u jarrohlik va ortopedik davolashdan nimani kutadi. Alohida e`tiborni bemorni
tish proteziga bo‘lgan ruhiy motivatsiyasiga qaratish kerak. Jarroh-stomatolog jarrohlik davolashni
rejalashtirayotganida xavf darajasini, ayniqsa bemorda sistem kasalliklar borligida xavf darajasini hisobga olishi
zarur. Klinik tekshirishlar rentgenologik, shu qatorda panoram tasvir va jag` modellari bilan birga olib borilishi
lozim.
Keyingi protezlashga bo‘lgan tadbirda birinchi tayyorgarlik bo‘lib, tish olishda va operatsiyalarda
yuqori jag` alveolyar o‘sig`i, pastki jag` alveolyar sohalarida ishlash vaqtida barcha qoidalarga asoslangan holda
ishlash kerak. Alveolyar yoy konturiga va tishlarni olishda iloji boricha suyak va yumshoq to‘qimalarni saqlab
qolishga e`tibor berish kerak.
Tishni protezlash uchun suyak-plastik operatsiyalarida quyidagi qoidalar bajarilishi lozim:
o
Suyak jarohatini yopish uchun etarli darajadagi yumshoq to‘qimalar;
o
Plastikadan oldin suyak quyidagicha tayyorlanishi kerak – uning yuzasi ayab dekortikatsiya
qilinadi, chunki u qon bilan yaxshilab yuvilishi uchun.
o
Okklyuziya bilan mos ravishda taxlangan biomateriallarni, kelajakdagi rekonstruktsiya va
remodelirlangan suyakning real hajmini hisoblash kerak;
o
Rekonstruktsiya qilingan suyakka tayangan kelajakdagi protezlashda yuz garmoniyasi va tish
qatorlarni estetikasini hisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: