Rivojlantiruvchi maqsad: Xotirani, tezkor ongni, diqqat,
fikrlashni rivojlantirish. Atrof-muhitga o‘z munosabatini bildirish
istagini rivojlantirish, buning uchun mustaqil vositalarni mustaqil
ravishda izlash.
Davlat talabi: Tayyorlov guruhda lozim bo‘lgan bilim va
ko‘nikmalarni bolalarga singdirish. Bola nutqni tinglaydi va anglaydi,
so‘zlashadi va muloqat qiladi, qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga
qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud, tengdoshlari va kattalar
bilan muloqat malakalarini rivojlantirishga qodir. Atrofdagi borliqni
ijodiy o‘zgartirish malakasiga ega. Dunyoni his etish va tushunishni
namoyish etadi.
Faoliyat uchun keraklik jihozlar: mavzuga oid ko‘rgazmali
qurollar, qalamcha kleylar, qaychi, salfetka, vatman.
Faoliyatning borishi: Tashkiliy daqiqa.
Tarbiyachi: (Bolalar yarim doira bo‘lib turib oladilar.) Bolalar,
qaranglar, bizning guruhimizga mehmonlar kelishibdi. Ular sizlarni
qanaqa bola bo‘lib o‘sganliklaringni va nimalarni bilib olganlaringni
ko‘rishmoqchi. Kelinglar ular bilan salomlashib olamiz.
Bolalar javobi: Assalomu alaykum!
Bolalar bilan suhbat.
Tarbiyachi: Bolalar agar sizlar bilan biror g‘ayrioddiy narsalar
yuz bersa misol, do‘stingizni onasini bog‘chaning kiraberish eshigi
oldida ko‘rib qoldingiz birinchi bo‘lib do‘stingizning onasiga yo‘l
bergan bo‘larmidingiz yoki o‘zingiz o‘tib ketaberarmidingiz? (Bolalar
javoblari) Hozir bo‘lmasa biz sizlar bilan “Harakatni baholash” nomli
bir ajoyib o‘yin o‘ynaymiz. Sizlar mana bu doskada ilingan rasmlarni
ko‘rib qanday qilsangiz shu vaziyatlardan chiqib ketish kerakligini
125
tushuntirib berasizlar. (Bolalar rasmlarga qarab vaziyatlarni to‘g‘ri
aytib berishga harakat qilishlari kerak).
1-rasm-Qariya hassasini ko‘lmak suvga tushurib yubordi.
2-rasm-Avtobusda qariya tik turibdi.
3-rasm-Sog‘lom bolalar o‘ynashyapti, nogiron bola esa nogironlik
aravachasida o‘tiribdi.
4-rasm-Kattalar gaplashyapti bir bola esa ularning gaplariga halaqit
beryapti.
5-rasm-Yig‘layotgan bola.