149
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko’p bo’lgan talabalarga qayta
topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining
(boshlig’ining, filial direktorining) buyrug’i bilan kursdan qoldiriladi.
Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun
berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan
ko’p bo’lmasligi kerak.
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta
topshirishdan o’ta olmagan taqdirda, fakulg’tet dekani tomonidan komissiya
tuziladi. Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o’tkazish va
talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.Berilgan muddat
davomida mavjud bo’lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo’yicha fakulg’tet
dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig’ini, filial direktorini)
xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug’i asosida
kursdan qoldiriladi.
Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek
malakaviy amaliyot yakunlari bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan
hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.
Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) o’zlashtirmagan semestr boshidan
to’lov-kontrakt asosida mazkur o’quv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan
o’quv rejaga muvofiq o’qishni davom ettiradi.
Baholash natijasidan norozi bo’lgan talabalar fakulg’tet dekani tomonidan
tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga
ega.Talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakulg’tet dekani va talabaga
yetkazilishini tahminlaydi.
Nazorat turi bo’yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi)
yoxud «5» (ahlo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo’l
qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: