66
bosh buxgalter yoki uning o„rinbosari (bo„lim boshlig„i) imzolagan
talabnomalar asosida olinadi. Ma‟lumot olish uchun ruxsat berilgan
bank xodimi kassir yoki joriy arxivni boshqaruvchi xodim kuzatuvida
ishlashi lozim. Hujjatlar uchun javobgar shaxslar ma‟lumot olishga
ruxsat berilgan xodimlar tomonidan hujjatlarga biror-bir tuzatishlar va
yozuvlar kiritilmasligini kuzatib turishlari shart.
Ombor va joriy arxivdan kirim-chiqim hujjatlari bosh buxgalterning
yozma ruxsati bo„yicha beriladi. Kun oxirida hujjatlar qaytarilishi shart.
Arxiv hujjatlari faqat qonun hujjatlarining talablari asosida
olinishiga yo„l qo„yiladi. Hujjatning asl nusxasi olinayotganda bu haqda
ikki nusxada dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib unga bank rahbari
yoxud uning o„rinbosari, bosh buxgalter va hujjatni talab qilgan tashkilot
vakili imzo chekadi. Dalolatnoma yoki bayonnomada aynan qanday
hujjat olinayotgani, uning kimning talabiga va ruxsatiga ko„ra olinayot-
gani aniq ko„rsatilishi kerak. Dalolatnoma yoki bayonnomaning ikkinchi
nusxasi yuqorida qayd etilgan vakilga topshiriladi.
Hujjatning olingan asl nusxasi o„rniga bosh buxgalter tasdiqlagan
nusxa hamda dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi nusxasi va
hujjatni olish xususidagi talabnoma qo„yiladi. Bu talabnomada asl huj-
jatni olgan shaxs imzosi ham bo„lishi lozim. Hujjat olingani to„g„risida bosh
buxgalter shu hujjat turgan yig„majild muqovasiga yozib, imzo chekadi.
Bir yilning turli sanalariga tegishli kirim-chiqim hujjatlari bir vaqt-
ning o„zida olinayotgan hollarda bu hujjatlarning barchasi uchun bitta
dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib, unga shu hujjatlar ro„yxati kiritila-
di. Mazkur hujjatlarning asl nusxasi o„rniga uning nusxasi, hujjatni olish
to„g„risidagi talabnoma, dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi
nusxasi qo„yiladi, boshqalarining o„rniga esa shu hujjatlar nusxalari qo„-
yilib, ularda hujjatni olish to„g„risidagi talabnoma qayerda saqlanayot-
gani yoziladi.
Dostları ilə paylaş: