46
morial orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning o„rinbosari (bo„lim
boshlig„i) imzosi bilan tasdiqlanadi.
Bosh buxgalter to„g„rilangan memorial orderlarning kitobchada
qolgan nusxalaridan foydalanib, xodimlarning ishidagi xatolar hisobini
yuritadi va ushbu xatolar sabablarini o„rganib, ishni yaxshilash chorala-
rini ko„radi.
Banklararo va filiallararo elektron to„lovlar bo„yicha xatolarni me-
morial orderlar bilan to„g„rilash qat‟iyan man etiladi. Banklararo va
filiallararo elektron to„lovlar bo„yicha xatolarni to„g„rilash uchun xato-
likka yo„l qo„ygan (tashabbuskor) bank filiali xato elektron to„lovi jo„-
natilgan (benifitsiar) bankka ”Lotus-Notes” aloqa elektron pochtasi
orqali xato o„tkazilgan to„lov to„g„risidagi ma‟lumotni ko„rsatgan holda
xato yuborilgan to„lov hujjatini qaytarish to„g„risida iltimosnoma xati
jo„natadi. Bu holda xato o„tkazilgan mablag„ qaytarilmasligidan qat‟iy
nazar, tashabbuskor bank mablag„ni xatolik aniqlangan kundan keyingi
bank ish kunidan kechiktirmasdan “19997 – Boshqa aktivlar” hisobva-
rag„i orqali oluvchining hisobvarag„iga o„tkazishi shart.
Dostları ilə paylaş: