Bugungi kunda investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish insoniyat


Strategik risk rejalashtirish rolini asoslash



Yüklə 109,47 Kb.
səhifə2/12
tarix14.06.2023
ölçüsü109,47 Kb.
#130123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Strategik risk rejalashtirish rolini asoslash

Strategik risk rejalashtirish rolini asoslash


Strategik risk g‘oyalar- firmaning harakat dasturiga aylanishi kerak bo‘lib, bu dasturda strategik risk maqsadlar aniqlanadi va tanlangan rivojlanish strategiyasining amalga oshirilishini ta’minlovchi vositalar belgilanadi. Firmaning yaqin kelajakdagi muvaffaqiyatini, avvalo uning joriy faoliyatidagi turli yo‘nalishlarning moliyaviy jihatdan qay darajada muvofiqlashtirilganligi belgilaydi. Uning uzoq kelajakdagi rivojlanishi va taraqqiy etishi esa bozordagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida oldindan ko‘ra bilish hamda o‘z tuzilmasi va tovar portfelining tarkibini tegishli ravishda bunga moslashtira olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday strategik risk , faol fikrlar samarali bo‘lishi uchun ular izchil bo‘lishi va «kelajakni tashkil qilish»ga, ya’ni kutilayotgan natijalarga olib keladigan harakatlarga tayyorlanishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, strategik risk reja qabul qilingan qarorlarni hayotga tatbiq etuvchilargacha etkazib berishi lozim. Bu vazifa kelajakning mavhumligi sababli murakkablashadi. Strategik risk rejani ishlab chiqish oldindan bilish mumkin bo‘lmagan o‘zgarishlarni
«rejalashtirish»ni ham o‘z ichiga oladi.
Strategik risk marketing rejasining maqsadi - firmaning uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlash maqsadida tanlagan strategiyasini aniq va izchil bayon tavsiflab berishdir. Bu tanlov asta-sekin qarorlar va harakat dasturlariga aylanishi kerak. Quyidagi 1- rasmda rejaning umumiy tuzilishini va strategik risk rejalashtirishdan kutiladigan foydalarni ko‘rib chiqamiz.
Strategik risk marketing rejasining umumiy tuzilishi. Strategik risk marketing jarayoni oltita hal qiluvchi masala bilan bog‘liqdir. Bu savollarga javob topish firmaning maqsadlari va shunga mos ravishda rejaning tuzilishini belgilab beradi.

  1. Biz olib borayotgan biznes qanday ko‘rinishda (ya’ni firma uchun asosiy bozor qaysi) va firmaning bu bozordagi strategik risk missiyasi qanday?

  2. Qanday tovar bozorlari asosiy bozorni tashkil etadi va bu bozorlarda qanday pozitsiyalashni tanlash mumkin?

  3. Tovar bozorlarining ob’ektiv jalb qiluvchanligi qanday va ular bilan bog‘liq qanday imkoniyat va xatarlar bor?

  4. Firmaning bozordagi tovarlarga nisbatan farq qiluvchi jihatlari, uning kuchli va zaif tomonlari va raqobatli ustunligi nimada?

  5. Qamrab olish va rivojlanish bo‘yicha qanday strategiyani tanlash kerak va firma portfeliga kiruvchi tovar bozorlarida strategik risk mo‘ljallar darajasi qanday bo‘lishi lozim?

  6. tanlangan strategik risk maqsadlar qanday qilib operasion marketing majmuiga: tovar, sotish, narx va kommunikasiyaga aylantiriladi?



Natijalarni kutish




Yüklə 109,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin