28
yelimi. Qog'ozning nam holidagi mustahkamligini oshirish uchun — mochevina- va
melamin formaldegid qatroni (smolasi) qo'shiladi. Qog'ozning oqlik, silliqlik,
yumshoqlik
va xiraligini oshirish, matn bosish xossasini yaxshilash maqsadida mineral
qo'shimchalar (kaolin, bo'r, talk, b.)dan foydalaniladi. Rang berish va oqlik darajasini
oshirish uchun anilinli (oz miqdorda mineral) bo'yoq ishlatiladi. Ba'zi turdagi masalan,
shimuvchi va elektrdan himoyalaydigan qog'oz olish
uchun u yelimlanmaydi va
to'ldiruvchi qo'shilmaydi. Bir yillik o'simliklardan olingan sellyulozaning oqlik darajasi
yog'och sellyulozaga qaraganda yuqoriroq bo'lganligi sababli oqartiruvchi moddalar bilan
qo'shimcha kimyoviy ishlov berilmaydi. Konsentrasiyasi 2,5— 3,5% li qog'oz massa
tayyorlangach, u nasos yordamida massa tayyorlash bo'limidan
aralashtirish havzasiga
uzatiladi va qog'oz quyish mashinasiga beriladi. Qog'oz quyishdan oldin massa 0,1—
0,7% gacha aylanma suv bilan suyultiriladi. So'ngra markazdan qochma kuch bilan
ishlaydigan tozalash apparatlarida — uyurmali va tuguntutkich apparatlari yordamida
tozalanadi.
Qog'oz polotnoni shakllash tekis to'rli qog'oz quyish mashinasida olib boriladi.
Qog’oz quyish mashinasi quyidagi qismlardan tashkil topgan: to'r, press, suvsizlantirish
elementlari, quritish qismlari, kalandr va nakat. Qog'oz massa
oqimi harakatlanayotgan
to'r ustiga uzluksiz ravishda beriladi, unda xo'l polotno quyiladi, qisman suvsizlantiriladi
va qog'oz polotno zichlanadi. Navbatdagi suvsizlantirish jarayoni presslash qismida
bajariladi. Bu qismda qog'oz polotno bir necha vallar orasidan siqilib o'tadi va jundan
tayyorlangan sukno (elastik to'shak) yordamida keyingi jarayonga uzatiladi. Yakuniy
suvsizlantirish mashinaning quritish qismida olib boriladi. Quritish
silindrlari shaxmat
shaklida joylashgan bo'lib, polotno sukno yordamida navbatma navbat silliq silindrning
sirtiga goh u, goh bu tomoni ta'sirlashishi natijasida quriydi. Quritish silindrlari bug'
yordamida qizdiriladi. Mashinaning oxirgi qismida quruq qog'oz polotnosi tegishli
namlikgacha namlanib, sovutish silindrlarida 30°C gacha sovutilib, ustma-ust joylashgan 5
– 8 ta vallar orasida kalandrlanib, pardozlanadi. Polotno vallar orasida yuqoridan pastga
qarab harakatlanadi, natijada polotno qo'shimcha
silliqlanadi, zichlanadi va qalinligi bir
me'yorga keladi. Olingan polotno nakatda rulonga o'raladi.
29
Sellyuloza va uning turlari
Sellyuloza - o'simlik dunyosining qurilish materiali hisoblanadi. Sellyuloza daraxt
va boshqa o'simliklarda katakli devor hosil qiladi. Eng sof tabiiy sellyuloza chigit tuklari
hisoblanadi. Sellyuloza yog'och tarkibida 32% dan 56% gacha mavjud bo'ladi. Igna bargli
daraxt tarkibida 46-54% sellyuloza, oddiy bargli daraxtda 41—45% sellyuloza mavjud.
Sellyuloza paxta momig’i tarkibida ko'p miqdorda uchraydi (quruq massaning 97—99%
igacha).
Quyida β-D-glyukopiranozaning hosil bo'lish sxemasi keltirilgan.
Sellyulozaning empirik formulasi: (C
6
H
10
O
5
)
n
. Zanjirdagi elementar zvenolar soni
(n) o'simlik materialiga qarab har xil (2000 tadan 10000 tagacha) bo'ladi.
Polisaxarid
makromolekulasi (β- D-glyukopiranozalarning elementar zvenosidan tashkil topgan
bo'lib, u 1-4 glyukozid bog'lari bilan bog'langan:
30
Daraxt sellyulozasining polimerlanish darajasi 6000 – 14000, paxta sellyulozasiniki
20000 gacha. Sellyuloza gidrolizlanganda D-glyukozagacha gidrolizlanadi:
(C
6
H
10
O
5
)
n
+ H
2
O
nC
6
H
12
0
6
Dostları ilə paylaş: