Bug’doy jahonning asosiy don ekini hisoblanib, eng ko’p tarqalgan va keng foydalaniladigan ekin turidir



Yüklə 9,16 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü9,16 Kb.
#207095
BMI


Donchilikni rivojlantirish xalq farovonligini oshirishning asosiy omili hisoblanadi.
I.A.KARIMOV

Bug’doy jahonning asosiy don ekini hisoblanib, eng ko’p tarqalgan va keng foydalaniladigan ekin turidir. Bug’doydan oziq ekini sifatida foydalanib, uning donidan yorma olinadi, unidan esa non yopiladi va boshqa non mahsulotlari tayyorlanadi. Non mahsulotlari xushta’mligi va sifatliligi bilan ajralib turadi hamda yetarli kaloriyaga ega. Inson o’zining hayotiy faoliyati uchun kerak bo’ladigan energiyaning 20% ini bug’doy hisobiga to’ldiradi. Bug’doyning xushta’mlilik, sifatlilik, kaloriyasi va mahsulotlarining hazm bo’lishi uning donining kimyoviy tarkibiga bog’liq. Bug’doy oqsilining qimmati unda almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalarning borligidadir. Bug’doy donida oqsildan tashqari oqsilli modda—kleykovina mavjud. Non mahsulotlari uning borligi uchun yaxshi pishadi. Millionlab odamlar uchun bug’doy kerakli oziq-ovqat mahsuloti bo’lib kelmoqda, yer shari aholisining qariyb barchasiga yashashi uchun zarur yagona mahsulot turi sanaladi. O’zbekistonda bug’doyning qattiq va yumshoq bug’doy kabi turlari keng ekiladi. Qattiq bug’doy—T.durum Desf. Tarqalish areali yumshoq bug’doyga nisbatan biroz qisqaroq. Asosan bahorgi shakllari mavjud. Kuzgi va yarim kuzgi shakllari kam uchraydi. Turning 56 ta har xil turlari mavjud. Asosiy belgilari: boshoq zich, boshoqning yon tomoni yuz qismiga nisbatan kengroq. Boshog’i tukli va tuksiz, hamisha qiltiqli, boshoqning uzunligi 5-15 sm, qiltiqlarining uzunligi 10-23 sm. Boshoqning zichligi Dk26-40. Boshoqchalari ko’p gulli. Boshoqchalarining qobiqchalari terisimon, aniq ko’zga tashlangan, tishchalari o’tkir, uchlari bilan farqlanuvchi xususiyatlari—doni shishasimon ko’p miqdorda oqsil saqlaydi. Shu ko’rsatkichi bilan juda ko’p turlardan farq qiladi. Lekin noqulay sharoitlarda hosili tez suratlarda tushib ketadi. Tur qurg’oqchilikka chidamliligi bilan, yotib qolmasligi, somoni sochilmasligi va shu kabi ko’rsatkichlari bilan farq qiladi. O’simlikning bo’yi 80-120 sm, qattiq bug’doyning turli belgilari tashqi sharoit ta’siri ostida organogenezning bosqichlari davomida shakllanadi. Belgilarning shakllanishi 12-bosqichda yakunlanadi.


Yumshiq bug’doy (oddiy)—T.aestivum L.—bu tur boshqa turlarga nisbatan o’zining barcha xossalari bilan juda plastic hisoblanadi. Yumshoq bug’doy qutb doirasidan boshlab janubiy yarimshargacha ekiladi. Turning 100 ta tur xillari mavjud. Boshoqning asosiy belgilari: qiltiqli va qiltiqsiz, tukli va tuksiz. Boshoqning uzunligi 5-15 sm. Boshoqning yuz qismi yon tomoniga nisbatan kengroq. Boshoqlari bo’sh va zichligi Dk10-38. Yarovizatsiya davrining davomiyligi turlicha, kuzgi, yarim kuzgi va bahorgi shakllari mavjud. Bo’g’inlar soni 4-7, uzun yorug’ kunda yaxshi rivojlanadi, shimoliy bug’doylarning qiltiqlari mo’rt, sinuvchan, yupqa, janubiy bug’doyniki zich, g’adir-budir, sinmaydigan. Furqatli (qiltiq o’rnida o’simtalar mavjud) shakllari mavjud. Boshoqning tuklanganligi ko’pchilik hollarda tashqi muhit sharoitlariga bog’liq, ya’ni organogenezning 6-7-bosqichlarni o’tishiga (havo namligi, tuproq namligi) bog’liq. Yumshoq bug’doy mo’tadil iqlim mintaqa ekini bo’lgani uchun, asosiy ekin maydonlari MDH, Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlariga to’g’ri keladi.
Bug’doy doni sifatini ko’rsatuvchi asosiy ko’rsatkichlardan biri uning tarkibidagi umumiy oqsil va ho’l kleykovina miqdori hamda IDK ko’rsatkichi bo’lib, u donning oziq qimmatliligi va texnologik xossalarini belgilaydi. Don tarkibidagi oqsil faqat donning sifatini emas, balki uning qayta ishlash mahsulotlari va texnologik xususiyatlariga ham ta’sir ko’rsatadi. Juda ko’p sifat ko’rsatkichlari don tarkibidagi kleykovina miqdori, uning non yopish xususiyatlari don tarkibidagi oqsil miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Bug’doy donidagi oqsil miqdori va sifati nav xususiyatlariga, tuproq-iqlim sharoitlariga, o’g’itlashga, o’simlikning kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishiga hamda boshqa omillarga bog’liq holda o’zgaradi. Soha mualliflari ta’kidlashicha, yuqori texnologik xususiyatga ega bo’lgan navlar oqsil miqdori yuqoriligi bilan farqlanadi. Davlat standartlari bo’yicha bug’doy doni tarkibidagi umumiy oqsil miqdori 14-17% ni va ho’l kleykovina 28% dan yuqori bo’lgan navlar kuchli bug’doylar toifasiga kiritilib, bunday navlardan olingan un-non ishlab chiqarishda «yaxshilovchi» sifatida ishlatiladi. Oqsil miqdori 12-14% li va kleykovinasi 28% gat eng bo’lgan navlar o’rta toifaga kiritilib, non qilishda asosiy navlar hisoblanadi. Don tarkibidagi oqsil miqdori 10-12% bo’lib, kleykovina miqdori 22% dan yuqori bo’lgan bug’doy doni uchinchi toifaga, ya’ni kuchsiz bug’doy hisoblanib, non ishlab chiqarishda «yaxshilovchi» toifadagi un qo’shib ishlatiladi.
Bug’doy seleksiyasidagi asosiy maqsadlardan biri don sifatini ko’tarish bo’lib, yangi yaratilayotgan navlarni Davlat reestriga kiritish va tumanlashtirishga ruxsat berishda bu ko’rsatkich asosiy hisoblanadi. Shu munosabat bilan o’rganilayotgan nav namunalaridagi sifat ko’rsatkichlarini o’rganish ham ilmiy ishimizning asosiy maqsadlaridan bittasidir.shuni ham aytish kerakki, regionning tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan, don sifati yuqori navlarni yaratishda shu regionga moslashgan eski mahalliy nav populyatsiyalarini dastlabki material sifatida foydalanish yaxshi natija berishi mumkin.
Yüklə 9,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin