O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022yil “-” avgustdagi -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchi: N.M.Allayeva
tibbiyot kolleji o‘qituvchisi
Taqrizchilar: Sh.Q.Sattorov
TTA ko‘p tarmoqli klinikasiningBolalar qabul bo‘limi mudiri
O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining nomi
Bolalar kasalliklari va birinchi tibbiy yordam
fanidan
Ajratilgan soat
72
Mavzular soni
17
Dasturning maqsadi
Bolaning o‘qish va rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rgatish;
go‘dak va kichik yoshdagi bolalarni parvarishlashni o‘rgatish;
turli yoshdagi bolalarda uchraydigan yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bo‘yicha ma’lumotlar berish;
bemor bolalarni bevosita va asbob-uskunalar yordamida tekshirish va nazorat yuritish usullarini o‘rgatish;
uy sharoitida bemor bolalarni parvarishini amalga oshirish, kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlarini o‘rgatish;
bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarni shakllantirish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
sog‘lom va bemor bolalar xususiyatlari, nazorat va maqsadli tekshiruv usullari, bolalarda uchraydigan yuqumli va yuqumsiz kasalliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lib, ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Bilim
Bolalarda parvarish xususiyatlari fanining rivojlanish tarixi;
bola organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlari;
bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanish monitoringi;
muddatiga yetib tug‘ilgan va muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish xususiyatlari;
bolalarning umumiy tekshirish usullarini o‘ziga xos xususiyatlari, klinik va bioximik tekshiruvlar ahamiyati;
chaqaloqlik davri kasalliklari;
bolalarda o‘tkir va surunkali kasalliklarning kechishi;
bolalarga ambulatoriya va uy sharoitida dori moddalarni enteral va parenteral usullarda qo‘llanish qoidadari;
onalarga sog‘lom va bemor bolalarni parvarishini amalga oshirish bo‘yicha maslahatlar berish;
amaldagi buyruqlar asosida profilaktik emlashlar o‘tkazish;
infeksiya o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazish;
bolalarda yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik sanitariya-oqartuv ishlarini amalga oshirish;
asfiksiya, laringospazm, soxta krup, bronxial astma xurujida, kollaps, hushdan ketish, burundan qon ketganda, gipertoniya, talvasa, anafilaktik shok, oftob va sovuq urganda shifokorgacha bo‘lgan tez tibbiy yordam ko‘rsatish;
faoliyati doirasida tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish
O‘zR SSVning amaldagi buyrug‘lari bilan tanishish.
bemorniEKGgatayerlash va EKG utkazish.
kon bosimi puls nafas olish tezligini ulchash.
internetdagi yangimalumotlar asosida mavzularbuyicha referat va maruzalar tayerlash.
o’quv trenajer xonasida amaliy kunikmalarni texnika xavfsizligi koidalariga rioya kilgan xolda mustakil bajarish.
Zoom dasturi asosida axborot texnologiyalaridan foydalanib mavzularni mustakil uzlashtirish.