1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.1.2
Ajratilgan soat:
60
Toshkent – 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil 23- avgustdagi -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
TRAS Medikal- laboratoriya mudiri. Tibbiyot fanlari doktori.
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Laboratoriya ishi texnikasi
Ajratilgan soat
60
Mavzular soni
6
Dasturning maqsadi
O‘quvchilarning fanga oid bilimlarini tizimli umumlashtirish orqali shifokor-laborantga yordam berishida qator tahlillarni bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy ma’lumotlar berish va nazariy bilimlarini takomillashtirish. To‘g‘ri tahlil bajarishda laboratoriyadagi barcha mavjud jihozlar, analizatorlar, apparatlar bilan ishlash va ularni saqlashni bilish,nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda kasbiy mahoratni shakllantira olishga zamin yaratish. Bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash orqali laboratoriya jihozlari, zamonaviy laboratoriya texnikalaridan to‘g‘ri foydalangan holda ularni ishlatish, analizatorlarni ishchi va ishsiz holatga keltirishga oid bilim va amaliy tayyorgarligini ta’minlash. O‘quvchilarning o‘z mutaxassislik bo‘yicha integrasiyalashgan (fanlar aro bog‘liq) bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Inson xayoti faoliyatining turli yoshlar davrlarida asosiy qonuniyatlari, odam organizmidagi fiziologik va patologik jarayonlar to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘ladi.
Infeksion havfsizlikni ta’minlash (sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tartib, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish) haqida tushunchaga ega bo‘ladilar;
Feldsher-laborantlik ishi faoliyati doirasida profilaktik va davolash-diagnostik muolajalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshira oladi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan xolatlarda shifokorgacha birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bilimiga ega bo‘ladi.
Yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun ish joyini talab darajasida ta’minlaydi va
o‘rnatilgan tartibda tibbiy hujjatlarni yurita oladi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda laboratoriya jixozlari va xom ashyolaridan foydalana oladilar.