Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi maxsus fan o‘qituvchilari
I.Sharapov
Pedagogik innovatsiyalar instituti, Professional ta’limni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi – mas’ul
Taqrizchi:
Sh. Xabibullaev
Toshkent arxitektura-qurilish instituti dotsenti
1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar.
O‘quv dasturining nomi:
“Injenerlik geodeziyasi”
Ajratilgan soat:
60 soat
Mavzular soni:
15
Dasturning maqsadi:
Geodeziya –Yerning shakli va o‘lchamini o‘rganuvchi fan bo‘lib, undan turli inshootlarni loyihalash va qurish ishlarida ham keng ko‘lamda foydaliniladi;
Mamlakatimiz bo‘ylab olib borilayotgan barcha qurilish ishlarida turli geodezik o‘lchash ishlari hal qilinadi;
Geodeziya fanida bino va inshoot loyihasini tuzish, ularni joyga ko‘chirish, qurish va ishlatish davridagi geodezik ishlarni bajarish usullari ham o‘rgatiladi.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:
yerning shakli va o‘lchamlari, geodeziyada qo‘llanadigan koordinatalar sistemalari;