O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
“Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishida “Umumqurilish ishlari ustasi”ni tayyorlashda “Qurilish materiallari” fani umumkasbiy fanlar bloki tarkibiga kiradi. Fan o‘quv rejada keltirilgan matematika, fizika, kimyo va tegishli umumkasbiy hamda maxsus fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Masalan, o‘quvchilarning qurilish materiallarning tuzilishi, xossalari va ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rganishda “Matematika”, “Fizika” va “Kimyo” fanlaridan olingan bilimlariga tayanadi. SHuningdek, “Bino va inshootlar konstruksiyasi”, “Beton qorish va armatura ishlari texnologiyasi”, “G‘isht-tosh terish ishlari texnologiyasi”, “Metall va temir-beton konstruksiyalarini yig‘ish ishlari texnologiyasi” va shu kabi fanlar “Qurilish materiallari” faniga bog‘lab o‘rgatiladi.