Boshlang`ich talimda mavzulararo integratsiya



Yüklə 36,24 Kb.
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü36,24 Kb.
#175124
1   2   3
Boshlang`ich talimda mavzulararo integratsiya

NATIJA VA TAHLIL
Fanlararo aloqadorlik nazariyasining taraqqiyotida tabaqalashtirilgan holat hukm sursa ham amaliyotda integratsiya, oʻzaro aloqadorlik fanning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. Soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan fanlararo aloqadorlik muammolarini hal etishga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy hayot talabidir. Boshlangʻich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi boʻgʻin vazifasini oʻqituvchining oʻzi amalga oshiradi. U bolalarning matematikaga, yozishga, tabiat koʻpgina boshlangʻich tushunchalarga va yana koʻpgina narsalarga oʻrgatadi. Oʻz kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlangʻich sinflarda bir oʻqituvchining dars berishini, integratsiyaning bir usuli deb hisoblasak ham boʻladi.Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon boʻlishi mumkin, muammoning mohiyati shundaki, usullarning birlaridan yuz oʻgirib, ikkinchisidan barcha darajalarida oʻqituvchilarning (psixologik va fiziologik) yosh xususiyatlarini hisobga oladigan integratsion choralar tuzishni kiritishidir. Muammoning bunday qoʻyilishi integratsiyaning turli ta'lim pogʻonalarida turli xususiyatlarga ega ekanligini koʻrsatadi. Boshlangʻich maktabda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida koʻrish maqsadga muvofiq. Ta'limning keyingi pogʻonalaridan u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi.
Bugungi kunda, ya'ni ta'lim-tarbiyaning hozirgi zamonaviy bosqichida oʻqituvchining ishlash tizimi tubdan oʻzgarmoqda va pedagogik texnologiyalar,integratsiya-lar, innovatsiyalar amaliyotda keng qoʻllanilmoqda. Oʻquv fanlararo aloqadorlik ta'minlangan sharoitda oʻquvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok qilish qobiliyati, faolliklari, iziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. Oʻquv fanlararo aloqadorlikni turli oʻquv fanlari boʻyicha oʻquv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta'minlov-chi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim.
«Intergratsiya» soʻzi lotincha integratio-tiklash, toʻldirish, «integer» butun soʻzidan kelib chiqqan.
Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi:
birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bogʻliqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon;
ikkinchidan, tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, oʻzaro aloqadorlik va nihoyat oʻzaro bir-birini toʻldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, oʻquv predmetlari mazmunini eng kamida ta'lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, oʻrganilayotgan oʻquv predmetlari doirasida ma'lum didaktik birliklar orasida oʻrnatilib, ularni oʻrganish mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni koʻzda tutadi, bundan farqli oʻlaroq integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan oʻquv predmeti yoki integratsiyalab oʻrganilayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi.
Bu oʻz navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat koʻrsatuvchi, etuk shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Zero u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar oʻrganilayotgan ob'ektni barcha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab etish va ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim ham uning ikkinchi tomoni boʻlgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan holda rivojlanib boradi yoki aksincha.
Integratsiya masalasini pedagog olimlar va amaliyotchilar quyidagi yoʻnalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar: - oʻkuv predmetlari va fanlar turkumi doirasidagi mazmunni integratsiyalab oʻrganish; - turli oʻquv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash; - ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllarini integratsiyalash va shu kabilar. Bu yoʻnalishlarning har birining aniq oʻz maqsadi boʻlib, uni amalga oshirish uchun mos shakl, metod, vosita va shart- sharoitlarni talab etadi. Amaliyotda ulardan uygʻun holda foydalanilgandagina koʻzlangan maqsadga erishish mumkinligini ham shu oʻrinda eslatib oʻtish lozim. Yaxlit tizimni tuzishda integratsiyalanuvchi aloqadorlik muhim ahamiyatga ega boʻlib, ularni ichki ilmiy aloqadorlik ham deb ataladi. Tizimlashtirishdan koʻzlangan asosiy maqsad ichki ilmiy aloqadorlikni tartibga keltirish yoʻli bilan yaxlitlikni yuzaga keltirishdan iboratdir. Bu jarayonda hosil boʻladigan yaxlitlik yangi sifat koʻrsatgichlariga ega boʻladi.
Integratsiyalashtirishning mohiyati, nazariy sintez vositasi sifatida yangi darajadagi bilish natijalariga erishishdir. Ta'lim-tarbiya jarayonida integrativ yondashuvni amalga oshirish tizim yoki mavjud shakldagi yaxlit ob'ektning ichki va tashqi aloqalari, uni tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini bilgan holda olib borilishi mumkin. Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy bir- birini taqozo etuvchi va birbiriga singib chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi oʻquv fanlarini integratsiyalash uchun qoʻllanilib, yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish - harakat usullari va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishni koʻzda tutadi. Agar XIX - XX asrlar oraligʻida jahon pedagogikasida A.Gerd, D.Kaygarodov, A.Pavlov singari olimlar boshlangʻich maktabni tashkil qilish, unda olamni anglash jonli va jonsiz predmetlar haqida yaxlit tushunchalarni shakllantirish orqali amalga oshirilsa, oʻquvchining biluv faoliyati samarali kechishi haqidagi oʻz qarashlarini bayon qilgan boʻlsalar, Yan Komenskiy, D.Lokk, M.Pestalotsi, K.Ushinskiy qarashlarida ayni ta'lim samaradorligiga fanlararo aloqa vositasida erishish mumkinligi asoslandi. Ushbu qarash XX asrning oxirgi oʻn yilliklariga qadar S.Baranova, N.Talizina, M.Lvov, N.Svetlovskaya, E.Koladin kabilar ishlarida ancha takomillashtirildi. Boshlangʻich ta'limdagi fanlararo va fanga oid tushunchalar aloqadorligiga tayanib ta'lim samaradorligiga erishish yoʻllari, usul va vositalar XX asr oxiriga qadar Rossiyalik olimlar N.Drujinina, T.Nazarova, I.Blinova, R.Matyushova tomonidan keng koʻlamda tadqiq qilindi.
XXI asrga kelib, fanlararo aloqa oʻzaro yaqin tushunchalarga asoslanib, yoki aloqador mavzular doirasida ularning mohiyatini oʻquvchiga tushuntirishda ta'limni tizimli yaxlitlashtirish, uzviylashtirish oʻzaro mujassamlash asosida bilim berish - ta'lim mazmunini integratsiyalash muammosiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda integratsiyalashgan ta'lim muammosiga boshlangʻich ta'limda ham jiddiy diqqat qaratilayotganligining sababini professorlar R.Mavlonova va N.Rahmonqulova "Boshlangʻich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi"(2009), "Boshlangʻich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi" (2013) nomli oʻquv qoʻllanmalarida quyidagicha izohlaydilar: "Oʻquv predmetlari orasidagi integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi, balki predmetlar orasidagi aloqalar va bogʻliqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan yondashuv - differensiya va integratsiya orasidagi munosabatni tushunishga tayanadi... turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yoʻnaltirilgan integratsiya bir predmet boʻyicha bilimlarni ikkinchisiga koʻchirish yoki faoliyatning almashinishi emas, balki fanlar integratsiyasi yoʻnalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratish jarayonidir.
Chet el ta'limi tajribasi shuni koʻrsatdiki, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlantirish uchun asos boʻluvchi integratsiyalashgan fanlar koʻpgina mamlakatlar oʻquv dasturlaridan allaqachon joy olgan. Ularda asosiy e'tibor oʻquvchilarga boshlangʻich ta'lim orqali faqat oʻquv predmetlari asosida bilim berishni emas, balki ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan koʻpgina xorijiy mamlakatlar boshlangʻich maktablarining oʻziga xos xususiyati integratsiyalangan kurslar boʻyicha ta'lim boʻlib qoldi. Kursning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson, tabiat, jamiyat, fan, san'at bilan suhbatlashadigan; faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, oʻsimliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir... Olamning umumiy koʻrinishini tovushlar, tasvirlar, ranglar orqali tanishdir; bola esa ham dunyoni, ham oʻzini oʻrganuvchi, tekshiruvchi oʻrniga qoʻyiladi".
Olimlar qarashlari shuni anglatadiki, ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlangʻich sinflardanoq oʻquvchilarda tabiat va jamiyat haqida yaxlit tasavvur uygʻotish va ularning rivojlanish qonuniyatlariga oʻquvchi munosabatini tarkib toptirishdan iborat. Holbuki, bugungi kunda DTS bilan oʻquv dasturlari oʻrtasida nomuvofiqlik vujudga kelmoqda. Boshlangʻich ta'lim DTS da "Ona tili", "Matematika", "Tabiat" ta'lim sohalari koʻrsatilgan holda amaldagi oʻquv rejasidan 10 ta predmet joy olgan. Bu holat oʻquvchiga taqdim etilayotgan bilimlarda maydalashish va mavzular takrorini keltirib chiqarmoqda. Qaytarish va takrorlar esa oʻquvchini zeriktiradi, vaqtdan unumli foydalanishga monelik qiladi. Misol tariqasida 1-4 sinflarning yillik taqvimiy ish rejasini oladigan boʻlsak, bir qator mavzular qaytarilayotganini, takrorlanayotganining guvoxi boʻlamiz. Bu takroriylik asosan bir paytga (xafta ichida, bir kunda) toʻgʻri keladi. Demak, ularni oʻzaro bogʻlab, bitta kompleks dars ishlanma yaratish natijasida integatsiyalashgan dars tashkil qilamiz. Natijada, oʻquvchilar mujassam bilim olish imkoniyatiga ega boʻladilar. "Oʻqish" darsidan "Vatan", "Odobnoma"dan "Bobolardan meros yurt", "Musiqa"dan "Qoʻshiq aytish qoidalari", "Tasviriy san'at" dan "Vatanjonim-vatanim" mavzulari ayni bir paytda o`rganiladi. Shuning uchun bu mavzularni predmetlararo integratsiyadan foydalanib uzviylashtirilsa, bitta dars vaqti, imkoniyatlari tejaladi.
XULOSA
Darhaqiqat, integratsiyalashgan texnologiyadan foydalanish natijasida pedagogik, psixologik jihatdan ta'lim maqsadlarini amalga oshirishda qulay shart- sharoit vujudga keladi; umumdidaktik talablar uzviylikda bajariladi; oʻquvchining vaqti, kuchi tejaladi; ortiqcha ruhiy va jismoniy zoʻriqishlarning oldi olinadi, ta'lim samaradorligi oshadi. Oʻquvchilar zarur koʻnikma va malakalarni, tushunchalar hamda bilimlarni oʻquv predmetlari mazmunini uygʻunlashtirish natijasida har tomonlama chuqur oʻzlashtirish imkoniga ega boʻladilar.

Yüklə 36,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin