Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarida so`z turkumining o`rgatilishi muhammadiyeva Kamola jdpi boshlang`ich ta`lim fakulteti talabasi Annotatsiya



Yüklə 25,82 Kb.
səhifə2/3
tarix09.05.2023
ölçüsü25,82 Kb.
#110046
1   2   3
6283-Текст статьи-15492-1-10-20220616

Key words: primary grades, word groups, noun, adjectives, numbers, verbs pronoun, plural and singular, ownership and contract appendices, count number and ordinal number, verb tenses, types of quality.

O`zbekiston yuksak darjada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma`naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim. Bu yuksak va ulug`vor vazifani muvaffaqiyatli hal etishda xalqning milly madaniyati va o`ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo`lmish o`zbek tilini rivojlantirish bu tilning davlat maqomini izchil va to`la ro`yobga chiqarishning eng zarur choralaridan biri sanaladi. [1]


Maktabda ona tili ta`limining maqsadi o`quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan.Ona tili darslarida nutqning asosiy xomashyosi so`z ustida ishlash, o`quvchilarning lug`at boyligini oshirish, so`zdan to`g`ri va o`rinli foydalanish malakalarini takomillashtirish ta`limimiz oldida turgan muhim vazifadir.
Ona tili inson milliy idrokining, tafakkur tarzining, ma`naviy-ma`rifiy kamolotining asosidir. [2]
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga dastavval, so`z turkumlari haqidagi nazariy bilimlar beriladi.Ya`ni, so`zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga:1) leksik ma`nosi (nimani ifodalashi,ya`ni shaxs, narsa, harakat yoki holat , belgi kabilarning umumlashtirilgan ma`nolari ), 2) morfologik (so`zning turli shakllari tizimi) va 3) sintaktik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi.Demak, so`z turkumlari ustida ishlash o`quvchilarning muayyan guruhdagi so`zlarning umumlashtirilgan ma`nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari so`z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe`l) bilan umumiy tanishtirilgandan so`ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o`rganiladi.Bu so`z turkumlarini o`rganishning boshlang`ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan gammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi.Boshlang`ich sinf o`quvchilari ot, sifat, son, fe`lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:

  1. so`z nimani bildirish (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holat);

  2. qanday so`roqlarga javob bo`lishi;

  3. o`zgarish-o`zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi;

  4. Gapda asosan, qanday bo`lak vazifasida kelishi.

O`quvchilar mana shu o`rgangan belgilari asosida so`z turkumlarini taqqoslaydilar.Ular nimani o`rganganlariga qarab, har bir so`z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari haqidagi bilimlari asta kengaya va chuqurlasha boradi.Dasturga ko`ra, boshlang`ich sinfda so`zlar dastlab javob bo`ladigan morfologik so`roqlariga qarab guruhlanadi.3-sinfda ‘’So`z turkumi‘’ tushunchasi shakllantiriladi.O`quvchilar har bir so`z turkumiga xos ayrim belgilar (so`z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma`nolari, otlarining birlik va ko`plikda qo`llanilishi, bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar, ot, sifat, son va fe`lning gapdagi vazifasi)bilan tanishtiriladi.4-sinfda so`z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi:o`quvchilar otning egalik va kelishiklar bilan o`zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe`llarda shaxs-son va zamonni o`rganadilar.
O`quvchilar so`z turkumlarini bilish ko`nikmasini ularning belgilari yig`indisini egallashlari asosida shakllantiriladi.Masalan, gul, guldor, gulladi, so`zlarining qaysi so`z turkumiga kirishini bilish uchun 2-sinf o`quvchisi quyidagicha fikr yuritadi:nima? –gullar, bu so`z narsani bildiryapti, ko`plikda qo`llanadi –gullar, bu –ot ; guldor so`zi qanday?so`rog`iga javob bo`lyapti, bu – sifat; gulladi so`zi nima qildi?so`rog`iga javob bo`lyapti, narsaning harakatini bildiryapti, bo`lishsiz shaklda qo`llanadi –gullamadi, bu –fe`l.Boshlang`ich sinflar dasturi o`quvchilarni so`z turkumlari mustaqil va yordamchi so`z turkumlariga bo`linishi bilan maxsus tanishtirishni ko`zda tutmaydi, ammo o`qituvchi bolalarni so`z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi.
“Ot’’ mavzusini o`rganish tizimi maqsadga yo`naltirilgan jarayon bo`lib, otning xususiyatlari, uni o`rganish vazifalari, o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o`rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang`ich sinflarda otni o`rganish vazifalari quyidagilar:

  1. “ot“ haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;

  2. kim? so`rog`iga javob bo`lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so`rog`iga javob bo`lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko`nikmasini hosil qilish;

  3. kishilarning familiyasi, ismi,otasining ismi, hayvonlarga qo`yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko`nikmasini shakllantirish;

  4. otlarda son (otning birlik va ko`plikda qo`llanishi) bilan tanishtirish;

  5. otlarning egalik qo`shimchalari bilan to`g`ri qo`llash ko`nikmasini shakllantirish;

  6. otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo`shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish ;

  7. o`quvchilar lug`atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o`rinli foydalanish malakasini o`stirish;

  8. so`zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.

Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o`zaro bo`liq holda hal etiladi.Shu bilan birga,“ot“mavzusini o`rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo`lgan bir vazifani hal qilishga ko`proq ahamiyat beriladi. Masalan,1-2-sinflarda so`z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so`roqlari) o`rganiladi,3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko`plikda qo`llanilishini o`zlashtirishga ahamiyat beriladi.4-sinfda otning egalik qo`shimchalari bilan qo`llanilishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo`shimchalarining yozilishini o`rganishga e`tibor qaratiladi.O`quvchilarning nutqi va tafakkurini o`stirish vazifasi esa mavzuni o`rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi.Grammatik materialni o`rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o`quvchilar lug`atini boyitishga, bog`lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o`stirishga qaratiladi .
Sifatni o`rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchllik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko`zda tutadi.O`quvchilar 1- va 2-sinfda sifatning leksik ma`nosini kuzatadilar.Sifatga qanday?, qanaqa? So`roqlarini berishga o`rganadilar; 3-sinfda sifat so`z turkumi sifatida o`rganiladi; 4-sinfda ilgari o`rganilganlar takrorlanib ,grammatik materialga bog`liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o`rgatiladi. Sifat predmetning belgisi (rangi, shakli, hajmi va ko`rinishi, maza-ta`mi, xarakter-xususiyati, hidi vazni, o`rin va paytga munosabati)ni bildiradi.Sifatning leksik ma`nosi uni ot bilan bog`liq holda o`rganishni talab qiladi.Sifatni tushunish uchun 1-sinfdanoq o`quvchilar e`tibori sifatning otga bog`lanishini aniqlashga qaratiladi.Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma`nosi va so`roqlari ustida kuzatish o`tazishdan boshlanadi.O`qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko`rsatadi, o`quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar.Masalan, (qanday?) olma-qizil, shirin, yumaloq olma;(qanday?) ip –uzun, ko`k ip.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa:“sifat“ tushunchasini shakllantirish hamda o`quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o`rinli foydalanish ko`nikmasini o`stirish hal qilinadi.O`quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi.Shunday qilib, sifatni o`zlashtirishda uni ot bilan o`zaro bog`liq holda o`rganishga asoslanadi.Masalan:tuksiz shaftoli, qiziqarli kitob, ayyor tulki va shu kabi misollar bilan o`quvchilar bilimi shakllantiriladi.
Boshlang`ich sinflarda son uch yo`nalishda o`rganiladi:

  1. Sonlarning talaffuzi va ma`nosi ustida ishlash.

  2. Sonlarning grammatik shakllari ustida ishlash.

  3. Sonlarning imlosi ustida ishlash.

Boshlang`ich sinflarda son quyidagi izchillkda o`rganiladi :
~2-sinfda nechta?, qancha?so`roqlariga javob bo`lib, shaxs va narsaning sanog`ini, nechanchi?so`rog`iga javob bo`lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi;
~3-sinfda“son“-so`z turkumi tushunchasi kiritiladi.O`quvchilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog`lanib kelishi yordamida aniqlash ko`nikmasi o`stiriladi.Bularni o`rganishda sonning leksik xususiyatlari asoslaniladi.Sonning leksik ma`nosi uni ot bilan bog`liq holda o`rganishni taqozo etadi.
~4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi, qo`sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o`ntacha,beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogram, metr, litr, so`m, tiyin so`zlari bilan qo`llanishi va shu so`z bilan bitta so`roqqa javob bo`lishi o`rganiladi.
Fe`l mavzusini o`rganishda asosiy vazifalar:so`z turkumi sifatida fe`l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish,o`quvchilar nutqini fe`llar bilan boyitish hamda og`zaki va yozma nutqda fe`ldan to`g`ri foydalanish ko`nikmasini o`stirish,o`quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog`liq holda ayrim imloviy qoidalarni o`zlashtirish hisoblanadi.Fe`l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o`rgatish davrida boshlanadi.Bu davrda o`quvchilarning diqqati fe`lning leksik ma`nosiga qaratiladi.Fe`l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe“dagi so`z va mashqlarni o`qish,rasmga qarab gap tuzish bilan bog`lab o`tkaziladi.Bunda o`qituvchi o`quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe`lni topishga, so`z nimani bildirishini va qanday so`roqqa javob bo`lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi.1-sinfda morfologik so`roq so`z nimani bildirishini aniqlash maqsadida beriladi.O`quvchilarni so`zga so`roq berishga, o`qituvchi bergan so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarni tanlashga, so`zni so`roqqa mos ravishda o`zgartirishga (nima qildi?–o`qidi, nima qilamiz?–o`qiymiz, nima qilmoqchi?–o`qimoqchi kabi) o`rgatiladi.
2-3-sinflarda fe`lni o`rganish.Bu bosqichning asosiy vazifasi “Fe`l–so`z turkumi” degan tushunchani shakllantirish, bo`lishli va bo`lishsiz fe`llarning ma`nosi va shakliga qarab farqlash ko`nikmasini hosil qilish, bo`lishsizlik qo`shimchasi(-ma) ning talaffuzi vaimlosini o`rgatish hisoblanadi.O`qituvchi fe`l haqida bolalarda aniq tasavvur hosil bo`lishi uchun ish-harakatni bildirgan so`zlar asosida suhbat olib boradi.Suhbat jarayonida o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida fe`llarni so`rog`I bilan yozib boradilar.
Masalan, nima qildi?–so`zladi, tushuntirdi; nima qildilar?–tingladilar, yozdilar; nima qilyapti?–tushuntiryapti va hokazo.Suhbatdagi yoki o`quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo`lagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi : nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi?kabi so`roqlarga javob bo`lib, predmet harakatini bildirgan so`zlar fe`l deyiladi.Fe`l gapda kesim vazifasida keladi.
4-sinfda fe`lni o`rganish.Bu sinfda fe`lni o`rganishning vazifalari quyidagilar:

  1. Fe`lning shaxs-son qo`shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo`shimchasi bilan o`zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko`nikma hosil qilish;fe`lning leksik ma`nolari, bo`lishli va bo`lishsizligi,gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish.

  2. Nutqda fe`ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish.Shu maqsadda nutqda ma`nodosh va zid ma`noli fe`llardan matn bilan bo`liq holda o`z va ko`chma ma`noda ishlatilgan fe`llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish.

  3. Zamon qo`shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko`nikmani hosil qilish.

  4. Qo`shma fe`llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko`nikmani hosil qilish hisoblanadi.

Fe`l zamoni shaklining mohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, ya`ni ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda, undan oldin va keyin bajarilshini taqqoslash asosida ochiladi.O`quvchilar o`zlari bajargan yoki bajarayotgan harakatlarini kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini muhokama qiladilar.
Boshlang`ich ta`limda faqat kishilik olmoshlari o`rganiladi.4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo`shimchalari bilan turlanishi va imlosi o`rganiladi.
Kishilik olmoshlari bilan o`quvchilarni tanishtirishda predmetni nomlamasligi, ular faqat ko`rsatish uchun xizmat qlishi bilan tanishtiriladi.
Kishilik olmoshlarini o`rgatish jarayonida o`quvchilarda quyidagi bilim va ko`nikmalar hosil qilinadi:

  • men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, ular kim?so`rog`iga javob bo`ladi;

  • kishilik olmoshlari so`z turkumi;

  • kishilik olmoshlari 3ta shaxsni birlik va ko`plikda ifodalaydi;

  • ular kelishiklar bilan turlanadi;

  • olmoshlarni nutqda to`g`ri va o`rinli qo`llash, ularni kelishikli holatda to`g`ri yozish, so`roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko`nikmalari hosil qilinadi.

Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko`nikmasini shakllantirish hisoblanadi.So`z turkumlariga oid olingan bilimlar o`quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko`nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o`stirish vazifasini ham amalga oshiradi.



Yüklə 25,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin