Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim berishning zamonaviy metodlari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə5/10
tarix17.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#88505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
loyiha 9-mart

Vunderkindlar metodi.
4-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi kitobida Vunderkindlar matni keltirilgan, o‘quvchilar matnni o’qishlari uchun 15 daqiqa vaqt beriladi va matnni o’qib chiqib bo’lgach, pastdagi jadvalni to‘ldirib chiqishlari kerak bo‘ladi.
O’quvchilarda audiolingval metodini qo’llashimiz, orqali ularda darsga bo’lgan diqqatlilikni osharamiz, tinglang tushunib boshlaydilar, nutqiy qobilyatlari shakllanib boshlaydi, o’z fikrini erkin nafaqat gapira oladilar balki, yozma shaklda ham bayon etib boshlaydilar.
VUNDERKINDLAR
Kattalarni-da qoyil qoldirayotgan vunderkind bolalarning aql bovar qilmas qobiliyatlaridan hayratlanmay iloj yo‘q. Akim Kamara 2000-yili Berlinda tug‘ilgan. Uning nihoyatda g‘aroyib musiqiy xotirasi bor. U eshitgan barcha ohanglarni, hatto, go‘dakligida qulog‘iga kirgan kuylarni ham sira unutmaydi. Akim ikki yoshidan skripka chala boshlagan. U uch yoshida, yangi yil konsertida, birinchi marta katta sahnaga chiqdi. Akim o‘shanda jahonga mashhur skripkachi Andre Re bilan birga kuy ijro etgan.
2009-yili Buyuk Britaniyaning Solixall shahridagi “Iste’dodli bolalar markazi” mutaxassislari AQShda tug‘ilgan 2 yoshli Oskar Rigli ismli bolakayni dunyodagi eng aqlli bola deb topdi. Bolakayning noyob qobiliyati shundaki, uning miyasida katta lug‘at zahirasi bo‘lib, o‘z aqli bilan olimlarni ham hayratga soldi. Bir qator tekshiruvlardan so‘ng mutaxassislar bolaning “IQ” koeffitsiyenti 160 ballga teng ekanini aniqladi. Tasavvur qiling-a, bolakayning aqliy darajasi mashhur olim Albert Eynshteynniki bilan teng bo‘lib chiqdi! Shundan so‘ng 2 yoshli Oskar dunyodagi eng aqlli bola sifatida “Ginnes Jahon rekordlari” kitobiga kirdi.
Hindistonda matematik sonlarni hammadan tez hisoblaydigan qiz yashaydi. Uning ismi Priyanshi Somani. 1998-yili tug‘ilgan Somani sakkiz xonali sonlar ustida bajariladigan murakkab amallarni ham miyasida bir necha soniyalarda hisoblaydi. Qizcha og‘zaki hisoblashni 6 yoshidayoq boshlagan. 11 yoshida esa “Aqliy hisoblash jahon tanlovi”da ishtirok etib, 16 mamlakatdan kelgan 36 raqobatchi orasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. U o‘ndan olti xonaligacha bo‘lgan sonlarning kvadrat ildizini 6 daqiqa-yu 51 soniyada chiqarib, qatnashchilar orasida rekord o‘rnatdi. Shu bilan birga, tanlov tarixida kvadrat ildizlarni qo‘shish, ko‘paytirish va bo‘lishda birorta ham xatoga yo‘l qo‘ymagan yagona ishtirokchidir.
2012-yilning yanvar oyida 14 yoshli Priyanshi kvadrat ildizlarni ovoz chiqarmay, miyasida hisoblash bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bu safar u matematik amallarni 2 daqiqa 43 soniyada bajardi. Hozir Somani AQShdagi Stenford universitetining faol a‘zolaridan biri.
O‘zbekistonlik Temurbek Zufarov 2012-yilda tug‘ilgan. Temurbek Toshkent shahridagi 75-maktabda tahsil olyapti. U mental arifmetika sirlarini o‘rganmoqda. Respublika bosqichida mental arifmetikaning “A” kategoriyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallab, jahon olimpiadasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Internet ma‘lumotlari asosida tayyorlandi.16

Ismi Familyasi

Yashash joyi

Yoshi

Erishgan yutuqlari.

Akim Kamara










Oskor Rigli










Priyanshi Somani










Temurbek Zufarov










17
Bu metod vunderkind metodi bo’lib o‘quvchilar Akim Kamara, Oskor Rigli, Priyanshi Somani, Temurbek Zufarovlarga ijobiy taqlid qila boshlashadi. Sinfda kim to‘liq jadvalni to‘ldirib chiqgan bo‘lsa, o‘sha o‘quvchiga kitob sovg‘a qilinadi. 1-o‘rinni olgan o‘quvchini rag‘batlantirish orqali o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi yanada ko‘tariladi, xuddi shunday qolgan o‘quvchilarda ham shu jarayon yuz beradi.



Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin