intellektual
so’zining ma'nosini aytib o’tish o’rinlidir.
Intellektual – so’zining lug’aviy ma'nosi aqliy jihatdan yetuklik, fahm-
farosat, aql-idrok, zakovat, zukko ya'ni zakovatli inson, zukko bo’lish demakdir.
Mavzuning dolzarbligi.
Psixologiyada aql-zakovat, ya’ni intellekt
muommosi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ist’edod, qadriyat,
ma’naviyat hamda aql zakovat etnopsixologik nuqtai- nazaridan millat ko’zgusi
hisoblanadi. Aql zakovat insoniyat yashab turgan jamiyatning ruhiy-manaviy
omilidir. Binobarin, aqliy imkoniyat mazmuni va mohiyati bevosita
mujassamlashgan bo’ladi. Jamiyat takomillashuvining bosh omili bu - barkamol
avlod, keng ko’lamli, teran fikrlovchi, bilimdon shaxslarning shakillanishidir.
Shu sabab hozirgi kunda Respublikamizda bir qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Hozirgi kunda yoshlar uchun har tamonlama tokomillashuvini shu
jumladan intellektual rivojlanishni taminlash uchun yetarli sharoitlar yaratilgan.
Barcha ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, o’rta
mahsus kasb hunar ta’limi oily dargohlar kompyuterlar bilan taminlangan. Barcha
ta’lim muassasalari o’qitishning eng yangi texnik jihozlari bilan taminlangan. Yosh
avlodning intellektual jihatdan rivojlanishi uchun yetarlicha sharoitlar yaratildi.
2
Ильясов И.И. Новый взгляд на умственное развитие и развивающее обучение // Вопросы психологии. -
1996. -
№3. - С. 138-141.
5
Jumladan Raspublikamiz Prezidenti I. A.Karimov 2012 yil 17 fevralda «Yuksak
bilimli va intellektual avldodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish
va madernizatsiya qilishning eng muxim sharti» mavzusidagi xalqaro
konferensiyaning ochilishi marosimida 48 dan ziyod davlatlardan kelgan
mexmonlarga tashakkur bilidirib, O’zbekistonda bugungi kunda shakllangan ta’lim
tizimi islohatidagi tajribalarimizni muxokama etish biz uchun yuksak sharaf
ekanligini ta’kidlab o’tdilar. Shuningdek yurtimizdagi ta’lim tizimi haqida 12 yillik
majburiy bepul ta’lim, darslar 7 tilda olib borilishi – 1500 dan ortiq kolej va
liseylardagi shart – sharoitlar, oliygohlar hamda yuksak texnalogiyalar haqida
so’zladilar. Anjuman qatnashchilari O’zbekiston ta’lim tizimiga tan berdilar.
Bundan ko’rinib turibdiki yoshlarning intellektual rivoji ta’minlangan. Faqatgina
yoshlar bunday imkoniyatlardan foydalana olmoqlari kerak.
Jamiyat taraqqiyoti teran fikrlovchi, aqlli shaxslar rivojiga bog’liq
bo’lmoqda, bunda jamiyat inson intellekti rivojini ta’minlasa, inson ana shunday
jamiyat rivojlantirgan intellekti bilan jamiyatni taraqqiy ettiradi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, intellekt rivojining psixologik jihatlari
mavjud. Bunday psixologik jihatlarga inson ongining rivoji, intellektning paydo
bo’lishi hissiy intellekt masalalari, jins va intellekt, intellekt yetishmovchiligi,
intellektning tuzilishi masalalari, intellekt tarixi kabilar kiradi. Yuqoridagi
fikrlardan intellekt rivoji psixologik muommolardan biri eg’kangligiga ishonch
xosil qildik.
Afsuski, umumta'lim muassasalari boshlang’ich sinf o’quvchilarida hozirgi
vaqtgacha, biror fan yoki soha doirasida qiziqishi baland, qobiliyatli
o’quvchilarning ta'limini tashkillashtirish muammosini hal etish yo’llarining
pedagogik-psixologik, ilmiy va uslubiy jihatlari ishlab chiqilmagan. Biz
tadqiqotning dolzarbligini boshlang’ich sinf o’quvchilarida intellektal
imkoniyatlarini rivojlantirish muammosi kam o’rganilganligi va shu kungacha olib
borilgan tadqiqot natijalari aynan ushbu mazmunga mos emasligi bilan izohlaymiz.
Keltirilgan fikr va mulohazalar tadqiqot ishining dolzarbligini yana bir bor
ta'kidlaydi.
|