Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullari”



Yüklə 463 Kb.
səhifə17/25
tarix21.06.2023
ölçüsü463 Kb.
#133371
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH 2023

Ikkinchi bob bo`yicha xulosalar
Jamiyatimizda ma’naviy yangilanishlar, yuksalishlar jadal kechayotgan qolaversa globallashuv jarayoni qadriyatlarimizga o’z ta’sirini ko’rsatib turgan bir paytda, o’quvchi-yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqotning birinchi bosqichida asosiy e’tibor o‘quv jarayonidagi mavjud holatlarni, ta’lim muassasalarida yaratilgan o‘quv-uslubiy ta’minotni, bunda davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi, namunaviy dasturi, o‘quv adabiyotlar, darsliklar shuningdek o‘quv qo‘llanmalar hamda o‘quv-uslubiy majmualar mazmuni tahlil qilinib sinfdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari kuzatildi. Boshlag’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini o‘tkazishdan oldin tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan sinflar bilan olib borgan jamoaviy suhbatimizni xulosalaganda o‘quvchilarda qadriyat, milliy qadriyat, qadriyatli ong haqidagi tushunchalar kichik maktab yoshi davridan boshlab o‘ziga xos omillar ta’sirida umumiy holda shakllanganligini anglab yetdik.
Milliy qadriyat asosida o‘quvchilarda dunyoqarashni tarbiyalashning mavjud imkoniyatlarini aniqlash maqsadida quyidagi o‘quv-meyoriy hujjatlar mazmuni o‘rganildi:
1. DTS va o‘quv reja.
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar va tarbiyaviy fanlar mazmuni, darsliklar, namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari.
3. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan meyoriy hujjatlar (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ish rejasi, mavjud to‘garak mashg‘ulotlari dasturi va boshqalar).
Biz tomonimizdan taklif qilinayotgan mavzular asosida darsdan tashqari mashg‘ulotlar olib borilsa boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashadi degan fikrdamiz. Chunki, maktab darsliklarida qadriyatlar mazmunini ochishga xizmat qiladigan mavzular bo‘lsada, aynan dunyoqarashni tarbiyalash bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlar sinfdan tashqari ishlar asosida tashkil etilmagan. Tajriba-sinov ishlari davomida “O`qish” va “Tarbiya” fanlari mazmunini o‘rganish jarayonida shuni angladikki, ushbu darslik o‘quvchi yoshlarimizda milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashga xizmat qiladi.Ammo, boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish uchun dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda milliy qadriyatlaridan o‘rinli foydalanilsa, boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish natijalari yanada samarali bo‘ladi.
Tajriba-sinov ishimizni asosiy qismi sinfdan tashqari ishlarda bahs, munozara, suhbat, savol-javob hamda o‘zaro fikr almashish orqali dunyoqarashni rivojlantirishga qaratilganligini nazarda tutsak, ushbu metoddan foydalanish tadqiqotimizda muhim ahamiyat kasb etdi. Yuqoridagi metodlardan sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda keng qo‘llanilib boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaritildi. Tajriba guruhi o‘quvchilariga tadqiqot maqsadidan kelib chiqib turli axborot va ma’lumotlar berib borildi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirishda yangi tushuncha va ma’lumotlarni “Jadval” grafik organayzeri, diskussiya - metodi, “Aqliy hujum”, debat va boshqa ko‘plab interfaol metodlardan foydalanildi.

Yüklə 463 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin