6. Mazkur bosqichda mashqlar tizimi ishlab chiqiladi. Bosqich natijasi sifatida
ishlab chiqilgan mashqlar tizimining samaradorligiga alohida ahamiyat berish talabi
mazkur bosqichning asosiy sharti hisoblanadi.
7. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning bu bosqichida o‘quvchilarning umumiy
faoliyatlarini nazorat qilish va test tizimini ishlab chiqish kabi vazifalar amalga
oshiriladi. Nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan test tizimining ishlab chiqilishi
o‘quvchilarning mavzu yuzasidan muayyan tushunchalarni o‘zlashtirish, shuningdek,
amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantira olganlik darajalarini aniq va xolis
aniqlay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab chiqishda testlarning izchil, uzviy
hamda bir-biri bilan uyg‘un bo‘lishlariga ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir.
8. Ta’lim jarayonini loyihalashning so‘nggi bosqichi yaratilgan loyihaning
ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi, ta’lim jarayonining yakuniy darajasini o‘rganish
bilan nihoyalanadi. Mazkur bosqichda ta’lim jarayonining umumiy ahvoli, erishilgan
yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari tahlil
etiladi, navbatdagi mashg‘ulotlar jarayonida sodir bo‘lgan kamchiliklarning oldini
olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi. Bildirilgan fikrlardan anglanadeki, har
bir bosqichda amalga oshirilayotgan vazifalar o‘rtasida muayyan izchillik mavjud
bo‘lib, u ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: