1. Nima uchun yozuvchi «Otning o‘limi – itning bayrami»
maqolini epigraf qilib olgan deb o‘ylaysiz?
2. Hikoyada «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qol-
masin» jumlasining ishlatilish sababini aniqlang, jumla-
ning mazmunini izohlang.
3. Qobil boboning holati tasvirlangan o‘rinlarga e’tibor qi-
ling. Nega u «dag‘-dag‘ titraydi?»
4. Ellikboshining o‘zini tutishiga diqqat qiling. Og‘ilni taf-
tish qilishdan uning maqsadi nima edi?
5. Hikoya boshida Qobil boboni sensiragan ellikboshi hi-
koya yakunida nima sababdan unga «siz»lab gapirdi deb
o‘ylaysiz?
Savol va topshiriqlar:
316
6. Cholning ellikboshiga pul berganligi sababini tushun ti -
ring. U so‘ramagandi-ku?
7. Hikoyadagi asosiy qahramonning Qobil bobo deb atali-
shiga e’tibor qildingizmi? Bu nomda biror yashirin ma’no
bormi?
8. Hikoya nima uchun «O‘g‘ri» deb nomlangan? O‘g‘ri de-
ganda muallif kimlarni ko‘zda tutgan deb o‘ylaysiz?
DAHSHAT
Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamo -
li yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvullaydi; tomlarda
vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi.
Bunday kechalarda odamzod qo‘ymijoz, g‘uj bo‘lib va
nimanidir kutib jimgina o‘tirishni xohlab qoladi.
Olimbek dodxoning
1
sakkiz xotini katta kundosh Nodir-
mohbegimning uyiga yig‘ilib, sandal atrofi da o‘tirishar edi.
Dodxo har kecha tarovih namozidan keyin halqaga
2
qolar edi,
bu kecha erta qaytdi. Hamma to‘zidi: xotinlardan biri salla-
sini oldi, biri chakmoniga qo‘l uzatdi, biri mahsisini tortgani
chog‘landi... Kundoshlarning eng kichigi – bu dargohga tush-
ganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak – ganjiravonlik Unsinoy
chilim solib tutdi. Dodxo chilimni bir marta, lekin juda qattiq
tortdi-yu, yasov tortib turgan xotinlariga e’tibor qilmay, to‘rga
o‘tdi va darchani jindakkina qiya qilib, bir ko‘zi bilan tashqa-
riga qaradi. Shamol goh och bo‘riday uvullar, goh o‘lim chan-
galiga tushgan mushukday pixillar, vag‘illar, hech narsa-hech
narsa ko‘rinmas edi.
Dodxo darchani zichlab yopdi, joyiga borib tasbeh o‘girishga
kirishdi. Uning barmoqlari tasbeh donalarini tez-tez o‘girayotgan
bo‘lsa ham, qulog‘i guvullayotgan sha molda, xayoli go‘ristonda
edi: «Hozir go‘riston qanaqa vahimali bo‘lsa ekan...»
1
Dоdxо – ariza qabul qiluvchi amaldоr, mingbоshi.
2
Halqa – tarоvih namоzi qatnashchilarining оmmaviy qur’оn-
xоnlik marоsimi.
317
O‘zbek go‘ristoni o‘zi xunuk, buning ustiga, go‘riston haqi-
da aytilmagan xunuk gap, to‘qilmagan vahimali mish-mish gap
qolgan emas. Haqiqatan, bunday kechalarda go‘ris ton esiga
tushgan har qanday odam, ayniqsa, dodxo singari payg‘ambar
yoshidan oshib, kafanligini sandiqqa solib qo‘ygan kishi
o‘lishdan ham ko‘ra go‘ristonda yotishni o‘ylaganida tiligacha
sovuq ter chiqaradi.
Dodxo go‘riston xayolini boshidan chiqarish uchun tas-
behni qo‘yib, undan bundan gapirgan bo‘ldi, lekin hech
kim bu gaplarga gap ulamadi.
Shamol bir xuruj qilganida nimanidir keltirib darchaga urdi.
U narsa darchani tirmalaganicha sidirilib pastga tushib ketdi.
Hamma o‘tirgan yerida go‘yo bir qarich cho‘kkanday bo‘ldi
va tin olmay bir-biriga qaradi. Dodxo xotinlariga, ulardan ham
ko‘ra o‘ziga taskin berish uchun o‘rnidan turib, darchaning bir
tomonini ochdi. Darchadan kirgan shamol osma chiroqni lipil-
latdi, tebratdi. Dodxo pastga qaradi va suyunib ketganday:
– Bo‘yra, bo‘yra ekan! – dedi va darchani zich yopib,
yana joyiga o‘tirdi.
Bo‘yra odatda tobutga solinadigan bo‘lganidan, dodxo ning
ko‘z oldiga odamlarning yelkasida lapanglab ketayotgan tobut-
ni keltirdi. Tobut esa yana go‘ristonni eslatdi, go‘riston haqida
bolaligidan qulog‘ida qolib kelgan vahimali gaplarni, hodisa-
larni jonlantirib yubordi. Dodxo bu xayollarni yengish uchun
go‘riston vahimalaridan o‘zi so‘z ochdi va ikki og‘iz gap-
ning birida o‘zining dovyurakligini xotinlariga, ulardan
ham ko‘ra o‘ziga pisanda qila ketdi.
Gapdan gap chiqib Nodirmohbegim bir voqeani aytib
berd i.
– Bola edim. Rahmatli dadam gap yer edilar. Bir meh -
monxona yigit... Mana shunaqa shamol kechasi ekan. «Hozir
kim go‘ristonga borib, Asqar ponsotning
1
go‘riga pichoq
sanchib keladi?» – degan gap bo‘lipti. Shunda bir kishi
pichog‘ini qinidan sug‘urib: «Men sanchib kelaman», –
depti. Bitta qo‘ydan garov bog‘lashib yo‘lga tushipti. Jo‘-
1
Pоnsоt – askarbоshi, qo‘rbоshi.
318
ralari hali kutishar emish – yo‘q, hali kutishar emish –
yo‘q; tong otipti, uyida ham yo‘q emish; go‘ristonga borib
qarashsa, Asqar ponsotning go‘ri oldida o‘lib yotgan
emish! Bechora go‘rga pichoq sanchganida etagini qo‘shib
sanchgan ekan, qaytay desa etagidan birov tortganday
bo‘lgan-da...
Hammaning eti jivillashib ketdi. Uzoq jimlikdan ke -
yin Unsin yonida o‘tirgan kundoshiga shivirlab:
– O‘lsin, nokas odam ekan, bitta qo‘yni deb... Koshki
ar ziydigan narsa bo‘lsa!.. – dedi.
Bu gapni dodxo eshitib qoldi. Uning nafsoniyati
qo‘zg‘adi. Dodxoday odam go‘riston deganda tizzasi qal-
tirasa, birov «olamga podsho qilaman» degan taqdirda
ham bormasa, borolmasa-yu, bu qiz mushtday boshi bilan
«arziy digan narsa bo‘lsa, men boraman», – desa!
Dodxo g‘ashi kelib Unsinni masxara qildi:
– Obbo, tegirmonchining qizi!.. Bitta qo‘yni nazarlari il-
maydi! Nechta qo‘y bo‘lsa, arzir edi? Sen o‘zing o‘nta qo‘y
bersam, pichoq sanchib kelasanmi? Yuzta qo‘y, davlatim -
ning yarmini bersam borasanmi?
Unsinoy bozvantidagi
1
tangalarni o‘ynab:
– Menga davlat kerak emas, davlat kerak bo‘lsa, borar
edim, – dedi.
Bu gap dodxoga tegib ketdi.
– Nima kerak?
Unsin indamadi. Dodxoning savoli javobsiz qolishi
mumkin emas edi. Shuning uchun bittasi gunoh qilsa, hamma-
si baravar kaltak yeydigan kundoshlar Unsinni turtkilash di.
– Javob bersang-chi!
– Tildan qoldingmi?!
Yonida o‘tirgan kundoshi biqiniga ikki-uch marta turtgan-
dan keyin Unsin boshini ko‘tarib, balo-qazoday tikilib turgan
dodxoga bir ko‘z tashladi-yu, yana boshini egib, lekin dadil
javob berdi:
1
Dostları ilə paylaş: |