136
jo‘nadi. Navro‘zlari zahar-zaqqum bo‘ldi! Navro‘zlari burnidan buloq bo‘ldi! Ufq
qorayib-qorayib keldi. Qop-qora bulutlar ko‘pirib-ko‘pirib toshdi. Bulutlar
toshib-toshib keldi, bulutlar yoyilib-yoyilib keldi. – Ana, kelayapti, ana, – dedi el.
Kelajak Muqaddas Buqa bo‘ldimikin? Ko‘pirib toshmish qop-qora bulutlar
Muqaddas Buqa aravasi g‘ildiraklari ostidan o‘rlayaptimikin?
Qop-qora ufq
guldur-guldur etdi, qop-qora ufq gumbur-gumbur etdi. – Keldi, ketdik, keldi! –
dedi el. Guldur-guldur etmish Muqaddas Buqa aravasimikin? Muqaddas Buqa
aravasini taraqlatibtaraqlatib haydab kelayaptimikin? Qop-qora ufq yarq-yurq
etdi, qop-qora ufq yalt-yalt etdi. Muqaddas Buqa aravasi g‘ildiraklari tog‘-
toshlarga urilib-urilib, chaqin chaqyaptimikin?
Yo Muqaddas Buqa kumush
tuyoqlari chaqir toshlarga tegib-tegib, o‘t chaqnayaptimikin? – Hozir yomg‘ir
yog‘adi! – dedi el. Qop-qora bulutlar ichra oppoq bir nima bir yo‘qoldi-bir
ko‘rindi. Muqaddas Buqa aravasida ortib
yurmish oy qalqib-qalqib
kelayaptimikin? El-xalq uy-uyiga tarqaldi. Navro‘zchilar ko‘ngli ko‘klam bo‘ldi.
Oymomo ko‘ngli... hamon qish bo‘ldi!
Dostları ilə paylaş: