55
sifatida o‘zini har joyda namoyon qiladi. Shunga ko‘ra uni qulay boshlang‘ich
nuqta deyish mumkin”
37
Jahon tilshunosligida til tizimini shaxs bilan bog‘liq tarzda o‘rganish asosan
sotsiolingvistika, lingvistik semantika,
kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika,
pragmatik tilshunoslik, lingvokul-turologiyaga oid tadqiqotlarda namoyon
bo‘lgan. Xususan, V. fon Gumboldt, L. Vaysgerber, E. Sepir, B. Uorf,
A.
Potebnya, J. Lakoff, M. Jonson, N. Xomskiy, N. Karaulov, L. Shcherba,
F. Sedov kabi tilshunoslarning ishlarida til tizimi shaxs omili bilan bog‘liqlikda
tadqiq etilgan.
Kognitiv tilshunoslik tilni kodlashtirish va transformatsiyalashda muhim rol
o‘ynaydigan kognitiv mexanizm sifatida o‘rganadi. Kognitiv tilshunoslik dunyoni
anglash va bilish, klassifikatsiya, toifalash (kategorizatsiya)
jarayonlari qanday
amalga oshirilishini tushunish, bilim qanday to‘planishi, qanday tizimlar
axborotni qabul qilish orqali faoliyatning turli turlarini ta’minlashini tushunib
olishni maqsad qilib qo‘ygan.
Sotsiolingvistikaning mohiyati psixologiya va lingvistika sohalari kesishuvi
natijasida yuzaga kelgan psixolingvistikada
yaqqol
namoyon bo‘ladi.
Psixolingvistik tadqiqotlarda matnning matn tuzuvchi – matn – retsipiyentdan
iborat uchlik nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi
unda shaxs omilini chuqur
o‘rganishni taqozo etadi.
Psixolingvistikaning asosiy tadqiq obyekti nutqiy faoliyat jarayoni
hisoblanadi. Rus tilshunosligida mazkur soha rivojiga katta hissa qo‘shgan
A. A. Zalevskaya psixolingvistikaning vazifasi haqida yozar ekan, “tilning amal
qilish fenomenini psixik fenomen sifatida tavsiflash va tushuntirish” ushbu
sohaning asosiy maqsadi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Sotsiolingvistika va pragmalingvistika o‘zaro aloqadorlikdagi sohalar bo‘lib,
har ikki sohaning umumiy jihatlari nutqiy vaziyat, muloqot xulqi,
nutqiy odob
kabi masalalarda tutashadi va bir-birini to‘ldiradi.
Ma’lumki kishilar jamiyatda yashash jarayonida undan ma’lum bir
andazalarni oladilar, o‘sha ijtimoiy muhitga mos tarzda harakatlanib, hayotda
ba’zi sotsial vazifani bajaradilar. Har qanday shaxs o‘zining bajarib turgan
ijtimoiy imkoniyatlariga muvofiq ravishda meyoriy so‘zlash majburiyatiga ega
bo‘ladilar, bu nutq esa so‘zlovchi bajarayotgan ijtimoiy vazifa xususida ma’lumot
beradi. Buni nutqning sotsial xoslanishi deb yuritish ham mumkin bo‘ladi.
37
Эрвин-Трипп С. М. Язык. Тема. Слушатель. Анализ взаимодействия // Новое в лингвистике. Вып.
VII. Социолингвистика. – М., 1975. – С. 336.
56
Ma’lum ijtimoiy vazifa bajaruvchi har qanday
shaxs nutqi kasb nuqtayi
nazaridan maxsus til belgilariga ega bo‘ladi. Bu ana shu nutq subyektining
psixologik, mantiqiy hamda falsafiy munosabati bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Ijtimoiy vazifa tushunchasi nutq subyektining egallab turgan vazifasi yoki
bajarib turgan kasbi ma’nosini anglatadi.
–
Dostları ilə paylaş: