57
Sotsiolingvistika fani tilning jamiyatga, jamiyatning tilga munosabati
masalasini o‘rganar ekan, ijtimoiy muhitni ham nazaridan chetda qoldirmaydi.
Kommunikantlarning qaysi muhitda yashashi masalasini ham tahlil qiladi. “Muhit
tushunchasi o‘z ichiga oilani,
jamiyatni, davr va tarixni, tabiatni qamrab oladi.
Insonni qurshab turuvchi barcha narsa: turmush va uning jihozlari, tabiat, jamiyat
va davlat, shaxs, tarix, ya’ni turli davr va xalqlarning madaniyatlari muhit
tushunchasiga kiradi.
Inson o‘sha muhitda yashar ekan, bu uning fe’l-atvoriga, shuningdek,
muloqot madaniyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. “Insondagi
o‘zgarishlar, eng avvalo, uning xulqida,
jumladan, muloqot xulqida namoyon
bo‘ladi.
Kishilarning yashash tarzi, ish faoliyati, o‘qish tartibi, sharoiti, atrof-
muhitning o‘zgarishi uning nutqida ham namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy muhitning
tilga ta’siri masalasi sotsiolingvistik tadqiqotlarning diqqat markazida turadi.
Tadqiqotchi S. Mo‘minovning mazkur masala bilan bog‘liq
tadqiqot ishida ham
ijtimoiy muhitning muloqot xulqiga ta’siri, ya’ni qishloqliklar va shaharliklar
nutqining o‘ziga xos farqli jihatlari asosan muhit bilan bog‘liq ekanligi
ta’kidlangan. Sotsiolog va psixologlar ham kommunikantlar nutqining o‘ziga xos
tarzda shakllanishida ijtimoiy muhitning alohida o‘rin tutishini ta’kidlaydilar.
Sotsiolingvistikada nutqning ijtimoiy xoslanishida nutq tushunchasi
lingvistikada tushuniladigan til (lison)ning bevosita voqelanishi, uning moddiy
shaklda yuzaga chiqishi tushunchasidan farq qiladi. Ya’ni sotsiolingvistikada
nutqning
ijtimoiy xoslanishi deganda, umumijtimoiy imkoniyatlarning muayyan
shaklda voqelanishi emas, balki qandaydir alohida bir guruh uchun me’yor
vazifasini o‘taydigan umumiylik bilan xususiylik oralig‘i tushuniladi.
Tilshunoslikda adabiy tilga, shevalarga nisbatan bu ma’noda me’yor tushunchasi
qo‘llanadi. Bundan tashqari, bu tushuncha lingvistikaning argo va jargonlariga
ham yaqin turadi, chunki ular ham ma’lum bir ijtimoiy tabaqa uchun me’yor
sanaladi.
Jamiyatda turli tabaqa,
turli ijtimoiy qatlam, turli yosh va jins vakillari
yashaydi. Buning natijasida nutqda ijtimoiy xoslanish yuzaga keladi. Nutqning
ijtimoiy xoslanishi uslubiyat bilan bevosita aloqadordir, chunki badiiy, ilmiy,
rasmiy-idoraviy, publitsistik kabi uslublar sohaviy me’yorlardir. Shuning uchun
nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi uslubiyat doirasida tahlil va tadqiq etilishi
mumkin. Lekin bunda ham o‘ziga xos farq mavjud:
uslubiyat, asosan, lisoniy
vositalarni o‘rganadi, nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvida esa nutqiy ifoda
vositalari paralingvistik, ekstralingvistik vositalar bilan birgalikda tadqiq qilinadi
va bu nuqtada sotsiolingvistika etnografiya, odat, axloq fanlari bilan kesishadi.
58
Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi rang-barang bo‘lib, ularning ichida quyidagi
turlarini ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: