Bolalarda sil kasalligi va uning oldini olish. Reja: Sil kasalligi, sababi, klinikasi, belgilari, turlari. Sil kasalligining turlari



Yüklə 25,37 Kb.
səhifə2/3
tarix03.05.2023
ölçüsü25,37 Kb.
#106926
1   2   3
BOLALARDA SIL KASALLIGI VA UNING OLDINI OLISH.

Belgilari. Nafas yo‘llari orqali yuqqan mikroblar o‘pkaning tomir (darvoza) qismida joylashib, shu sohadagi o`pka to`qimasini va limfa tugunlarini yallig‘lantiradi. Natijada bolada sil bronxoadeniti yoki birlamchi sil kompleksi deb ataluvchi kasallik holati yuzaga keladi.
Bolaning ishtahasi pasayadi, rangi siniqadi, asta-sekin ozadi, kechalari ko‘p terlaydi. Uning bo‘yin, qo‘ltiq osti, chov sohasidagi limfa tugunlari mosh, no‘xat, loviya hajmida kattalashadi, lekin og`rimaydi. Tana harorati kechalari 37-37,5є gacha ko‘tariladi.Bunga subfebril harorat deyiladi, ya`ni haroratning yuqori darajadan past degan ma`noni bildiradi. Tana haroratining subfebril bo`lishi bolada sil kasalligining asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
Bolaga sil kasalligi yuqqanini aniqlash (tashhis qo`yish) uchun yuqorida qayd etilgan belgilar sezilishi bilanoq Mantu sinamasi qo‘yiladi. Buning uchun bolani silga qarshi dispanseriga olib borish kerak.
Mantu sinamasi musbat natija bersa, bolaning o‘pkasi flyurografiya yoki rentgenografiya tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Kilnikasi. Mikobakteriyalar organizmga tushgach, dastlabki 20-30 kun mobaynida bolaning sil tayoqchalari bilan zararlanganligini aniqlash juda qiyin. Shu davrda bolaning birinchi marta tuberkilin sinamalarning ijobiy bo’lganligini , viraj, bo’yin’ qo’ltiq , tirsak, limfa tugunlarining guruch donasidan no’xat hajmidek (0.8-1.2 sm) kattalashganini ko’rish mumkin. Bolaning tana harorati subfebril (36.1-37.5 C) darajada ko’tarilib, injiq bo’lib qoladi, ishtahasi pasayadi, ko’p terlaydi, vaqt-bevaqt holsizlanib yotishni xohlaydi. Bunday bolalar vaznining ortishi ham to’xtab qoladi. Onda-sonda kuchsiz yo’tal bo’lishi, maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalar bosh og’rig’idan shikoyat qilishlari mumkin .
Diagnostika uchun ijobiy Mantu sinimasi , qonda eozinofiliya, leykositoz, EChT ning oshganligi e’tiborga olinadi.
Dastlabki sil intoksikasiyasi 1-4 oy davom etadi. O’z vaqtida aniqlanib 3 oy mobaynida izoniazid bilan ximioprofilaktika o’tkazilsa , dastlabki sil intoksikasiyasi 3-12 oy mobaynida asoratsiz butunlay o’tib ketadi va sil kasalligi rivojlanmaydi.
Sil intoksikasiyasidan farqli o’laroq aniq mahalliy turga ega bo’lgan birlamchi sil infeksiyasining ko’rinishi - bu birlamchi sil kompleksi bo’lib , u uchta patologik- anatomik tuzilmadan tashkil topadi.
1)regional limfa tugunining zararlanishi
2)limfangoit
3)ko’pincha yuzada , plevra tagiga yaqin joylashuvchi o’pkadagi yallig’lanish o’chog’i.
Aerogen yo’l bilan bronxlarga tushgan sil mikobakteriyalari eksudativ yallig’lanish jarayonini va keyinchalik limfositar infiltrasiyani paydo qiladi. Birlamchi o’choq atrofidagi yallig’lanish regional limfa tugunlariga va undan limfa yo’llariga o’tib, limfangoit chaqiradi hamda shu yo’l bilan o’pka to’qimasida yallig’lanish o’chog’i paydo bo’lib, to’liq birlamchi sil kompleksi tashkil topadi. O’pka to’qimasida sil o’chog’i odatda kichkina – diametrik 1-2 sm atrofida bo’ladi.
Birlamchi sil kompleksining oqibati uch xil tugallanishi mumkin :
1-asoratlarsiz so’rilib ketishi
2- chandiq hosil bo’lib yoki tuz o’tirib qotib qolib tuzalishi
3- kasallik kuchayib tarqalishga moyil kechishi mumkin
Ikkinchi holda intoksikasiya belgilari yaqqol bo’ladi; tana harorati dastlabki kunlarda 38-39 C gacha ko’tarilidi. Bemorlarda tez charchash , ko’p terlash, ishtaha yo’qolishi va yo’tal kuzatiladi. Tuberculin sinamasi yaqqol o’zgarib ijobiy bo’ladi, badanda toshmalar payda bo’lishi konyuktivit kuzatilishi mumkin. Bemorda sil mikobakteriyasining qon va limfa yo’li orqali tarqalib, keng tarqalgan sil turlari kelib chiqish xavfi tug’ladi. Bundan tashqari o’pkadagi sil o’chog’ining yallig’lanishdan parchalanib , bo’shliq hosil bo’lishi , plevraga tarqalib plevritni yuzaga keltirishi , qarshi tomondagi o’pkaga tarqalishi , kazeoz pnevmaniyaga aylanishi ham mumkin. Bolalar silining eng ko’p uchraydigan turlaridan biri, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda bronxial limfa tugunlarining sil mikobakteriyalari bilan zararlanishi, sil bronxoadenitidir. Bolalar silining bu turi ko’pincha faol kechishga moyil bo’lib , aksariyat hollarda silning boshqa tarqalish manbai bo’lib xizmat qiladi. Bronxoadenit organizmda immunologik o’zgarishlarga, sezuvchanlikning oshishiga olib keladi.
Bemorlarda uzoq muddat tana harorati oshgan, qizil qon tanachalarining cho’kishi tezlashgan bo’ladi.Bemor bolalarda kattalashgan limfa tugunlarinng nafas yo’llarini bosishi tufayli, nafas og’irlashib, shovqunli, ko’kyo’talni eslatuvchi qattiq yo’tal paydo bo’lishi mumkin.Bunday bolalar qaytalanuvchi bronxitlarga moyil bo’ladi.
Sil bronxoadenitining kilnik manzarasi organizmning umumiy intoksikasiyasi belgilaridan iborat bo’lib, uzoq davom etuvchi subfebril isitma, behollik , ishtaha yomonligi, ko’p terlash, ayniqsa uyquda bitonal yoki ko’kyo’talsiman yo’tal, espirator entikish kabilardan iborat bo’ladi. Eshitib ko’rilganda nafas chiqishining davomliroq va jarangdorroq ekanligini ko’rish mumkin.
Ko’krakning old qismida, o’ng tarafdagi 1- qovurg’alar oralig’ida perkutor tovushning bo’g’iq bo’lishi ham ana shunday belgi bo’lib , De la Kamp simptomi deyiladi.
Bunday bemorlar rentgenologik tekshirilganda bir yoki ikki tomonlama kattalashgan limfa tugunlaridan paydo bo’lgan qorong’ilashish kuzatiladi.
Bolalarda o’pka silining infiltrativ turi ko’proq uchraydi va ba’zan o’tkir , ba’zan asta-sekin rivojlanishi sekin kechuvchi pnevmoniyani eslatishi ham mumkin.
Yo’tal esa kuchsiz bo’ladi.Bunday bolalarni maxsus tekshirish joizdir. Bulardan tashqari bolalarda silning boshqa turlari; teri,ko’z, suyaklar sili, sil meningiti, periferik limfa tugunlarining sili kablar ham uchrashi mumkin.
Tashxisi: sil kasalligi hamon aholi orasida nisbatan keng tarqalganligi sababli, uni barvaqt aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Tibbiyotning kundalik amaliyotida silni aniqlash uchun quyidagi usullar qo’llanadi: Mantu sinamalarining ijobiy natijalari, sil mikobakteriyalarini ko’rish, kasallanish o’chog’idagi gistologik o’zgarishlarning silga xos ekanligini isbotlash va tegishli rentgenologak tekshirishlar.
Tuberkulin sinamasi keng qo’llanadigan va silga xos belgi bo’lib organizmga sil mikobakteriyalari tushishi tufayli unda yuz beradigan immunologik o’zgarishlarni aks ettiradi. Bunday o’zgarishni kasallik yuqqandan so’ng 4-6 hafta o’tgandayoq, ilgarigi natijasi sinamaning ijobiy bo’lib qolganidan bilib olinadi.
Davosi: Silga qarshi ishlatiladigan bir qator kuchli ta’sir ko’rsatuvchi dorilar mavjud. Ammo eng muhimi, bemorning kun tartibini to’g’ri tashkil etish, bekami - ko’st ovqatlanish, quyosh, havo, suv, kabi tabiiy omillardan yetarlicha bahramand bo’lish hisoblanadi.
Sil bilan og’rigan bemorlar maxsus shifoxonalarda davolanishlari lozim. Sil kasalligi bilan og’rigan bolalar shifoxonalarda davolanib chiqqanlaridan so’ng maxsus oramgohlarga borishlari, u yerda esa muolaja va ayni paytda o’qishni davom ettirishlari mumkin.Bemorning ovqati xilma-xil , vitaminlarga boy bo’lishi lozim.
Sil kasalligi yuqqan bola shahar yoki tumanning silga qarshi dispanserida ro‘yxatiga olinib, vaqt-vaqti bilan davo tadbirlari o‘tkaziladi.
I qator – 0.005-0.01 mg/kg qo’llanuvchi izoniazid (tubazid) 30-40 mg/kg miqdordagi streptomisin va 0.15 mg/kg ishlatuvchi para- aminosalisilat natriydan iborat barvaqt sil intoksikasiyasida 4-6 oy muddatga, bronxoadenitda esa 6-9 oygacha tayinlanib, izoniazid yoki ftivazid va PASK tayinlanadi.
Kasallik surunkali kechayotgan yoki I-qator dorilari yetarli yordam bermagan hollarda II- qator dorilar qo’llaniladi.Ular izoniazid bilan birgalikda qo’llanilash ham mumkin Silning og’ir va asoratlar bilan kechadigan turlarida ba’zan kuniga 0.15 mg/kg dan 1-2oy davomoda prednizolon tayinlanadi, shunda davo samarali bo’ladi. Bu preparat bilan bir qatorda bemorni quvvatga kirituvchi dori darmonlar, vitaminlar ham tavsiya etiladi.
Hozirgi vaqtda sil kasalligini tez va qisqa vaqtda uzil-kesil davolash maqsadida DOTS dasturi ishlab chiqilgan.

Yüklə 25,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin