Bolalarda muvaffaqqiyatli ta’lim-tarbiyani tashkil etish usullari va vositalari Islomova Ozoda Isomiddin qizi Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti talabasi Anatatsiya



Yüklə 61,5 Kb.
səhifə3/3
tarix18.05.2023
ölçüsü61,5 Kb.
#116189
1   2   3
Islomova Ozoda maqola

-Ijtimoiy bilimdonlik
-Uslubiy bilimdonlik
-Kasbiy bilimdonlik
Ushbu bilimdonlik darajalari asosida sinf bilan samarali sog’lom ma’naviy muhitni hosil qila olish,barcha bilimlarni yoshlarga tushunarli ,ravon tilda yetkaza olish va o’z ustida ishlash qobiliyatiga ega bo’ladi.Bu borada Sharq mutafakkirlari ham o’z fikrlarini bayon etib o’tishgan.Binobarin, Farobiy barkamol shaxsni tarbiyalaydigan o’qituvchi qanday xususiyatga ega bo’lishi kerakligiga quyidagicha to’xtalib o’tadi: “O’qituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo’lishi va o’quvchilarga aytmoqchi bo’lgan fikrlarini to’la va aniq ifodalay olishini bilmog’i, shu bilan birga o’z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo’lishi lozim”. O’qituvchi o’zining keng, ma’noli va chiroyli nutqi orqali o’quvchilar diqqatini tortib, o’z fikrlarini aniq ifodalab bera olsa, o’quvchilarga fanning maqsadini anglata olsa va eng asosiysi adolatli bo’lsagina bunday fidoiy o’qituvchilar insoniylikning yuksak darajasiga ega bo’ladi va baxt cho’qqisiga erishadi. Tabobat ilmining sultoni bo’lmish Ibn Sino esa: “O’qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo’y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo’lmog’I va o’quvchilarning butun ichki va tashqi dunyosini o’rganib uning aql qatlamlariga kira olmog’i lozim” deb takidlaydi
Yosh avlodga ta’lim tarbiyani muvaffaqiyatli tashkil etishda, bolaga ta’lim-tarbiya berishda hamma ma’suliyat faqatgina o’qituvchi zimmasiga yuklatilmaydi, u oila (ota-ona) muhitiga, bolani o’rab turadigan guruh, jamoa muhitiga ham bog’liq bo’ladi ,shuningdek ijtimoiy-institutlar (oila maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab, oliy ta’lim, akademiyalar, mahalla-ko’y va boshqalar) ham bir maqsad yo’lida birlashsagina samarali bo’ladi.N.I Pirogov – birinchilardan bo’lib ta’lim-tarbiyaning amaliy emas, falsafiy ahamiyatga egaligini, inson ruhini tarbiyalash muhimligini e’tirof etgan. Bolalik o’z qonunlariga ega va ularni hurmat qilish kerak. “Agar bola jamiyat qonun-qoidalarini buzish xususiyatiga ega bo’lmasalar, bizning ham o’z navbatida bolalar dunyosining qonunlarini buzishga haqqimiz yo’q”. Shunday ekan bolaga ta’lim-tarbiya berishdan oldin har bir bolalarning psixologiyasini o’rganish, bolalarning yoshga bog’liq xususiyatlariga ko’ra ta’lim-tarbiya tashkil etilsa, bola ta’lim jarayonini majburlikdan emas balki o’zi qiziqib o’rganishni boshlaydi. Bu esa bolada shaxs faolligini shakllantirib beradi. Shaxs faolligi orqali bola o’z oldiga maqsad qo’ya oladi va unga erishish uchun mustaqil harakat qila oladi. Shaxs faolligini shakllantirishda ijtimoiy insitutlar va oilaning o’rni beqiyosdir.Bolaning muvaffaqiyatli ta’lim-tarbiya olishiga jamiyat talab qo’yadi va bu talabni oilada tarbiya orqali sindgdirib,pedagog tomonidan anglatiladi.Muvaffaqiyatli ta’lim-tarbiyani tashkil etish va ta’lim-tarbiya berish jarayonida pedagog va ota-onalar birgalikda ishlashi juda muhim ahamiyat kasb etadi.Pedagog va ota-onalar bolalarning o’zlariga bo’lgan ishonchini shakllantirib, mustaqil fikrlay oladigan raqobatbardosh va fanlarni yaxshi o’zlashtira olishlariga zamin yaratib beradilar . Bolalarda ta’lim-tarbiyani samarali tashkil etib, ularni har tomonlama yetuk ma’naviyatli va barkamol shaxs qilib tarbiyalashda ota-onalar bamisoli bitta yangi uy qurayotganlarini tushunib eng asosiy va dastlabki fundamentni (tarbiyani) qo’yayotganliklarini anglagan holda mustahkam fundamentni qo’yib, endi bu uyni devorlarini (ta’limni) qurish uchun o’qituvchi bilan hamkorlik qilish lozim. Uyni qanday qurgan bo’lsak shundayligicha yaxshi saqlanishi uchun tashqi muhitni ham hisobga olishni unutmasligimiz kerak.
Xulosa qilib shuni aytish joizki , muvaffaqqiyatli ta'lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida ta'lim metodlari, vositalari va usullarini to'g'ri va o'rinli qo'llash muhim ahamiyatga ega bo’lib ,ular ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.Shuning uchun ham pedagog o’qituvchilar o’z ustida sitqidildan ishlashi,kuchli kuzatuvchiga aylanib yuz berayotgan jarayonga nisbatan faol faollik ko’rsatishi ,bolalar faoliyati va hamkorligini tashkillashtira olishi lozim. Muvaffaqqiyatli ta’lim-tarbiyani tashkil etish usullari va vositalardan ko’zlangan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarni o’quvchiga yetkazishdan iborat.Qachonki o’quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o’qituvchi malaka oshirish uchun mo’ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bersa olsagina o’qitish muvaffaiyatli kechdi deb hisoblasa bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:


1.Ibragimov X.I, Abdullayeva SH.A ’’Pedagogika nazariyasi’’darslik
2.Z.T.Nishonova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullayeva, M.X.Nazarova “ Rivojlanish psixologiyasi.
3.«O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» Toshkent nashriyoti-2018.
4.E.G’.G’oziyev , I.F.Xaydarov , I.N.Xalilova “ Umumiy psixologiya”. Fan va texnologiyalar . Toshkent nashriyoti-2010.
5.I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. Ma’naviyat nashriyoti-2008.
6.M.X.Toxtaxodjayeva , K.Hoshimov , S.Nishonova , M.Inomova , X.I.Ibragimov , SH.A.Abdullayev . Pedagogika nazariyasi (darslik).
7.O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" T., 2000 y O'. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbaev "Pedagogika" T., "Talqin" 2008 y A. To'xtaboev, A. Eraliev "Tashkiliy xatti-xarakatlar" Andijon.,"Xayot" 2001 y R. Mavlonova "Pedagogika" T., "O'qituvchi" 2004 y
8.Ziyonet.uz
Yüklə 61,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin