Bobur asarlarida etnonimlar



Yüklə 35,51 Kb.
tarix29.07.2023
ölçüsü35,51 Kb.
#137889
Bobur asarlarida etnonimlar (1)


Bobur asarlarida etnonimlar

Ergashev Abduxalim Abdujalilovich


Filologiya fanlari nomzodi
Andijon davlat universiteti
MUNDUZ ETNOTOPONIMINING ETIMOLOGIK TADQIQI

KIRISH


Dunyodagi har bir xalq, millatning tili, urf-odatlari, kiyinishi o‘ziga xos, ayricha bo‘lgani singari ular tomonidan qo‘yilgan toponimik nomlar ham turlichadir. Aynan bir xil, takrorlangan joy nomlarini dunyo tillarida uchratish mushkul.Ular o‘zining ixchamligi, keng iste’molda bo‘lishi, tarjima qilinmasligi bilan tildagi boshqa so‘zlardan farqlanib turadi. Masalan, Ungut, Saroy, Do‘lan, Munduz, Sulduz, Qurama, Jaloyir kabi joy nomlarini rus, ingliz, nemis tillariga yoki, aksincha, rus, ingliz, nemis tillaridagi Slavyan, Kelt, Sakson, Gelvet, Vestgot, Ostgot, Ink, Astek, Mayya kabi qabila nomlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish mumkinmi? Aslo yo‘q! Boisi ularda xalqlarning ko‘p asrlik tarixi, urf-odatlari, madaniyati va san’ati yashirinib yotibdi. Shu ma’noda toponimlarni, xususan, uning eng yirik tarmog‘i hisoblangan etnotoponimlarni tadqiq qilish bizga qimmatli ma’lumotlarni beradi. Kuzatishlarimiz natijasi shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek xalqi etnik tarkibiga singib ketgan urug‘-qabila nomlari hamda bu nomlar asosida yuzaga kelgan joy nomlarini alohida olingan hududlar bo‘yicha tadqiq qilish, ularning atoqli otlar tizimida tutgan o‘rnini belgilash, kelib chiqish ildizlarini aniqlash, lug‘aviy-ma’noviy, morfologik va so‘z yasalishi jihatlariga ko‘ra tahlil qilish, areal kartalarini yaratish hamda etimologiyasini ochish orqali tarixning biz uchun qorong‘i bo‘lib yotgan sahifalarini yoritish imkoni tug‘iladi. Tarixga nazar tashlasak, o‘zbek millati uzoq va murakkab tarixiy jarayonlarda
turli xalqlarga mansub bo‘lgan qabila hamda urug‘larning o‘zaro aralashib, qo‘shilib ketishi natijasida shakllanganligini ko‘ramiz. Xalqimiz ichida turkiy xalqlarga mansub bo‘lgan qoraqalpoq, uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq, tatar, turk millat vakillari bilan birga fors-tojik, arab, rus, lo‘li, mo‘g‘ul, koreys kabi boshqa xalq vakillarini uchratishimiz mumkin. Ma’lumki, o‘zbek xalqining millat bo‘lib uyushuvida ko‘plab etnik guruhlar o‘z ulushini qo‘shgan va bu guruh nomlari, ularning madaniyati, tili, xalqimiz o‘tmishini yaratishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu etnik guruhlar nomi va shu asosda yuzaga kelgan joy nomlarini tadqiq qilishda etnotoponimlar alohida o‘rin tutadi.
Ma’lumki, hozirda Farg‘ona vodiysi hududida O‘zbekistonning uchta (Andijon, Namangan, Farg‘ona), Qirg‘izistonning uchta (O‘sh, Jalolobod, Batkent),Tojikistonning bitta (So‘g‘d) ma’muriy viloyatlari joylashgan. Farg‘ona vodiysi toponimik tizimida etnooykonimlar yetakchi o‘rinni egallaydi. Chunki o‘tmishda vodiy aholisining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lgan. Bu hududda asrlar davomida turli urug‘, qabila, qavm, xalqlarga mansub kishilar istiqomat qilganlar. Ularning ko‘pchiligi vaqt o‘tishi bilan o‘troqlashib etnik nomlarini unutib yuborganlar. Lekin etnik guruhlarning nomi ular yashagan joylarda toponim sifatida saqlanib qolgan. Farg‘ona vodiysida o‘zbeklar bilan yonma-yon va hatto aralashib yashab kelayotgan qirg‘iz xalqining etnomadaniy aloqalar tarixi qadim davrlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalardan ayon bo‘ladiki, qadimgi turkiy etnoslardan biri hisoblangan qirg‘izlarning ajdodlari azaldan Tyan-shanning shimoliy hududlaridan tortib, to Yenisey (Enasoy) daryosigacha bo‘lgan keng sahro va dashtlarda ko‘chmanchilik bilan kun kechirganlar. XVI asrda ularning ayrim etnik guruhlari Farg‘ona vodiysi hududlariga ham kelib joylasha boshlaganlar. XVII-XIX asrlarda ko‘pgina qirg‘iz urug‘lari Farg‘ona vodiysining tog‘, tog‘oldi hamda adir yonbag‘irlaridan o‘z chorvalari uchun yaylov sifatida foydalanganlar. Bu yerga
asosan Tyan-Shan, Chotqol, Oloy, Qorategin va Qashg‘arda yashagan qirg‘izlar kelib joylashganlar.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI
O‘tmishda qirg‘izlar uchun ham barcha ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi xalqlar kabi urug‘-qabilaviy tuzilish xarakterli bo‘lgan. Qirg‘iz urug‘lari ham xuddi o‘zbek urug‘lari singari joy nomlariga urug‘-qabilalar nomlarini singdirganlar. Chunki joy nomlari unutilmas bebaho tarix oinasidir. Bu nomlarning har biri ostida o‘sha davr kishilarining o‘ziga xos hayot tarzi yotadi. Quyida biz, Farg‘ona vodiysi hududlarida uchraydigan “munduz” etnotoponimlining lisoniy-etimologik xususiyatini ochib bermoqchimiz.

“Munduz” etnotoponimi Xo‘jaobod tumanidagi Birlashgan qishloq fuqorolar

yig‘iniga qarashli mahalla. Bu mahalla Andijon-O‘sh yo‘li yoqasida joylashgan.

Bundan tashqari, viloyatning Xo‘jaobod, Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida

qirg‘izlarning munduz urug‘i vakillari istiqomat qiladilar

1. Mavjud ilmiy adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, qirg‘izlar uchta

yirik guruhlarga birlashganlar: “o‘ng” qanot qirg‘izlari, “so‘l” qanot qirg‘izlari

hamda “ichkilik” qirg‘izlari. Huddi shu urug‘chilik tamoillari asosida qirg‘izlar


ma’lum bir hududlarda, xususan. Farg‘ona vodiysida hayot kechirishgan. Vodiyning

shimoliy qismida qirg‘izlarning “o‘ng” qanot guruhiga kiruvchi sayoq, jedigar,

bag‘ish, mongoldar hamda “so‘l” qanot guruhiga mansub sari, basiz, qushchi,

chonbag‘ish, qiyot, munduz kabi urug‘-qabilalari joylashgan bo‘lib, janubiy qismida

esa asosan “ichkilik” guruhiga kiruvchi qipchoq, nayman, teyt, kesak, jookesak,

qondi, bo‘ston, naygut, avot, tuyalas kabi urug‘-qabilalar, sharqiy hududlarida esa

“ichkilik” guruhiga kiruvchi bo‘ston, qipchoq, tayit, nayman, mungush, kesak hamda

“o‘ng” va “so‘l” guruhiga mansub bag‘ish, mongol, munduz, bassiz urug‘lari

istiqomat qilishgan.

“Munduz” so‘zining lisoniiy etimologik jihatiga e’tibor

beradigan bo‘lsak, qirg‘izlarning ichkilik bo‘limiga qarashli so‘l qanot qabilalaridan

biri2


. Qirg‘iz olimi O‘.Qoraevning keltirishicha Quv o‘g‘illari - Basiz, Lalim qushchi,

Kattabog‘ish, Saru, Sunjek xitoy bilan (Said) kelishib, uning yo‘lini davomchilaridan

bo‘lib qolishdi.

MUHOKAMA


Munduz (Oy bosh munduz) qirg‘iz xalqining chap qanot urug‘i bo‘lib, ularga

o‘xshash munduz etnonimi janubiy oltoyliklarning tarkibida bor. Bundan tashqari,

Qirg‘izlarning Qo‘chqor munduz urug‘i bilan oltoyliklarning Qo‘chqor mundus

elatlari (mayda qisimlari)ning nomi mos keladi. Qirg‘iz xalqining genetik kelib

chiqishini yaxshi bilganlar Munduzlarni qadimgi urug‘larning qatoriga qo‘shadilar.

Oltoylik telemutlarnin suyagi yoki urug‘i mundus qadimgi va keng tarqalganlaridan

biri. Shunga muvrfiq S.Abramzon qirg‘iz urug‘i munduzni kelib chiqish ildizini

birikmasiga kiritgan qadimgi urug‘larning qatoriga qo‘shgan3

.

2. M.Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilishicha



munduz-ahmoq odam, degan ma’noni ifodalaydi va asarda u shunday misol orqali

ifodalangan:

Necha munduz orsa et ezgu

Necha egri ersa yo‘l ezgu4

Ma’nosi: Yolg‘izlikdan ko‘ra qancha ahmoq bo‘lsa ham, hamroh yaxshi,

cho‘lda boshi oqqan tomonga ketgandan ko‘ra qancha egri, qing‘ir-qiyshiq bo‘lsa

ham yo‘l yaxshi.

3. “Devonu lug‘otit turk” asarida “Mundiz aqin5

” degan ibora ham ishlatilgan va

bu so‘z “oquvchi sel” degan ma’noni ifodalashi aytilgan. Munduz mahallasi relefi


jihatidan yuqori tomoni adirlik va tepaliklardan iborat. Bahor oyida ob-havoning

noqulay kelishi oqibatida yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi natijasida sel yoki

yomg‘ir yoqqan paytda sel va yomg‘ir suvlari adirdan pastka tomon yuvilib tushadi

va mahallaning ikki tomondan o‘tib, past tomondagi arqqa tushadi. Shundan kelib

chiqqan holatda qadimda aholi o‘zi yashab turgan joyni “Munduz aqin” deb

nomlagan bo‘lishi hamda, keyinchalik “oqin” tushib qolib Munduz so‘zi yakka holda

qo‘llanayotgan bo‘lishi mumkin.

4. Munduz - “munduz yo‘rg‘a ot” ma’nosini ifodalashi haqida ham

M.Qoshg‘ariy ma’lumot beradi6

. Bu so‘zning lug‘aviy ma’nosiga e’tibor beradigan

bo‘lsak, bu yolg‘iz yo‘rg‘asi bor ot, chopishda tengi yo‘q ot degan ma’nolarni

anglatadi. Tarixdan bizga ma’lumki qirg‘izlar asosan tog‘ va adirliklarda istiqomat

qilganlar va asosan chorvachilik, yilqichilik, bilan shug‘illanganlar. Shundan kelib

chiqqan holda qirg‘izlar Munduz so‘zini o‘zlariga “totem” sifatida qabul qilgan

bo‘lishi mumkin.

5. Munduz mahallasida istiqomat qiluvchi Z.Sultonovning fikriga qaraganida7

Munduz etnotoponimi quydagi tarzda yuzaga kelishi mumkin:

Mann-duzd (tojikcha) “men o‘g‘ri” degan ma’noni anglatadi.

Ilgari vaqtida shu yerlik bir yigitning Tojikistonga borib bir qizni olib qochib

kelgan ekan. Shunda ketma-ket quvib kelgan tojiklar qishloqdagi odamlardan

hammasini bir yerga to‘plab, tojik tilida; “Kim duz?” - “O‘g‘iri kim?” - deb so‘rabdi.

Shunda haligi yigit o‘rtaga chiqib; “Men duz”, ya’ni “O‘g‘ri men” degan ekan.

Menduz atamasi shundan qolgan ekan. Vaqt o‘tishi bilan menduz odamlar tilida

munduzga aylanib ketgan.

6. Internet8 ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, Munduz qabilasi - chap

qanotdagi qadimgi yirik qabilalardan biri hisoblanadi. Munduz- so‘z oxiridagi –“z”

qo‘shimcha hisoblanib (-“z”/ -lar) qadimgi turkiy tilidagi -lar qo‘shimchasi bilan bir

xil ma’noga ega. Masalan, qirg‘iz, basiz, talas va boshqalar. Etnonimning parallellari

hozirgi oltoy va turkmanlarning tarkibida mavjud ekanligi aniqlandi. Tarixiy folklor

ma’lumotlariga ko‘ra, oltoy xalqining "munduz" urug‘i genetik jihatdan qipchoqlar

bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Teleut shajarasiga ko‘ra, muzlagan muzdan tug‘ilgan

egizaklarga Chulum Munduz va Kotkor Munduz ismlari berilgan. Qirg‘iz munduz

qabilasining "zulum munduz" va "kotkor munduz" qabilalari Oltoy bilan bevosita

etnogenetik aloqalarga ega ekanligi aniq. Mahmud Qoshg‘ariy "Munduz" so‘zini


quyidagi ma’nolarda izohlaydi: 1. Oqayotgan suv; 2. Yo‘rg‘a ot oti; 3. Yaxshi odam.

V.V.Radlov bu so‘zni "oddiy", "kamtarin" ma’nosida ko‘rib chiqadi.

Munduz qabilasi vakillari O‘zbekistonning Hujaobod, Oyim, Izboskan,

Qo‘rg‘ontepa hududlarida hamda Qirg‘izistonning Kemin, Jeti-O‘g‘uz, Qo‘chqor,

Jumg‘ol, Norin va boshqa viloyatlarda yashaydilar. Asosiy urug‘lari: otumush, yoriq,

kansoyul, mayda munduz, sokuchu, ko‘kchelek, qizil bosh, oq bosh, dargg‘a,

to‘g‘unay, aziq, sapalak, baymunduz, oq uylu va boshqalardan iborat.

7. Aholi tomonidan yozib olingan ikkinchi bir etimologiyaga qaraydigan bo‘lsak,

joyning Andijon va Qirg‘izistonning O‘sh viloyatini bog‘laydigan yo‘l-yoqasida

hamda masofaning o‘rtasida joylashganini hisobga olgan holatda qadimda bu ikkala

shaharlarga asosan ot ulovlarda qatnalgan. Joy adirliklardan iborat bo‘lgani uchun

aynan shu yerga kelganda, otlarning charchashi natijasida almashiniladigan joy, o‘sha

eng chopqir yo‘rg‘a otlarning eng yaxshisini “Munduz” deb nomlanishi joy nomiga

ko‘chib o‘tgan.

O‘rganilayotgan hudud Buyuk Ipak yo‘lidagi eng muhim bekatlardan biri

bo‘lganligi bois, turkiy xalq, elatlar bilan bog‘liq nom sifatida o‘ziga xs va serqirra

ma’noga ega. Shu bois, etnotoponimlarga xos yashovchanlik va barqarorlik ularni

o‘zbek tilining qadimgi boyliklaridan biri sifatida talqin qilishga imkon beradi.


ANNOTATSIYA

Maqolada nomlar, xususan, joy nomlari, urug‘- qabila nomlari bilan bog‘liq

ma’lumotlarni tarixan o‘rganish, qayd qilish bilan insonlar qadim zamonlardan

buyon qiziqib kelganlar.Turkiy urug‘ va qabilalar, shuningdek, O‘rta Osiyo hududida

o‘tmishda yashagan boshqa etnoslarning nomlariga oid manbalar hamda

O‘zbekistonda mavjud ayrim joy nomlari va etnonimlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni

ilmiy jihatdan o‘rganish va yozilishiga e’tibor qaratish, etnonimlarni etimologik

tahlil qilish ishlari ular asosida yasalgan joy nomlarini o‘rganishda muhim manba

hisoblanadi. Ushbu maqolada turkiy xalqlarga tegishli bo‘lgan munduz etnotoponimi

etimologiyasiga doir fikr va mulohazalar keltirilgan.


ZARAFSHON VOHASIDAGI TOPONIMLARNING ETNIK XUSUSIYATLARI VA URUG‘-

QABILA NOMLARI BILAN BOG‘LIQLIGI

Sh.E.Eshonkulov

Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Davlat Mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan keyingi o‘tgan yigirma besh yil mobaynida

Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligida olib borilgan ichki va tashqi siyosat bugungi kunga kelib

to‘g‘ri, xalqchil siyosat ekanligi keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda. Shu o‘rinda alohida

ta’kidlash joizki, mamlakatda olib borilayotgan milliy-etnik siyosat ham O‘zbekiston hududida

istiqomat qilayotgan yuzdan ortiq millat va elat vakillarining manfaatlariga to‘la mos keladi. Holbuki,

hozirda olib borilayotgan ushbu milliy-etnik siyosat Respublika hududida yashayotgan barcha millat

va elatlarning qadriyatlari, tili, madaniyati, diniy e’tiqodi, urf-odat va an’analarini hurmat qilish,

avaylash va rivojlantirish maqsadlariga yo‘g‘rilganligi bilan ahamiyatlidir.

Hozirgi paytda Zarafshon vohasidagi, xususan, Samarqand viloyatidagi hududlar

toponimikasini to‘plash va ularning etnik xususiyatlarini ham aniqlab, izohli lug‘atini yaratish muhim

masala deb qaralmoqda. Zero, qadimdan atalib kelinayotgan toponimlarning ko‘pchiligi etnonimik

xususiyatga ega. Ular hozirgacha yetarli darajada yig‘ib, etnik jihatdan mukammal o‘rganilgan emas.

Hozirgacha to‘plashga arziydigan juda ko‘p etnotoponim xususiyatga ega bo‘lgan bunday toponimlar

Samarqand shahar atrofi va barcha tumanlarida mavjudirki, ularning etnik xususiyati mukammal

o‘rganilib, ularning izohli lug‘ati tuzilmagan. Toponimlar tarkibidagi etnonimlarni mukammal tadqiq

etish xalqimizning etnogenezi va etnik tarixini va etnografiyasini o‘rganishda ham bevosita material

bo‘lib xizmat qiladi. Zero, etnonimlar xususiyatlari xalqimizning ibtidoiy urug‘ va qabila birlashmalari

tarkibini eslatadi. Chunki davrlar o‘tishi bilan bunday qadimiy qabila-urug‘lar va ular

birlashmalarining nomlari faqat joy nomlari tarkibidagina saqlanib, toponimlarga aylangan.

Jumladan, Bulung‘ur va Jomboy tumanlari hududlarining ba’zi qishloqlarida bo‘lib,

toponimlarni to‘plashda joy nomlari tarkibida ko‘plab etnonimlar mavjudligi aniqladik. Masalan,

bolg‘ali, do‘rmon, kildon, kal, minglar, mang‘it, mitan, mo‘g‘ul, nayman (tepa), ochamayli, saroy,

sarlar, saryuzli, uyas (uyas-solin), suloqli (qishloq), tig‘iriq, turkman, xitoy poyon, xitoy bola,

shuvoqli, chuyut, chuviloq, cho‘bat, qang‘li, mirza qang‘li, qarapchi, qipchoq, sarqipchoq,qirqlar, qirq

(qishloq), qiyot, qo‘shtamg‘ali, qo‘ng‘irot, yomon qo‘ng‘irot, qiyonli (qishloq), katta qiyonli (qishloq),

yomon qiyonli (qishloq), oqtom qiyonli (qishloq), qo‘shtamg‘ali, qozoq ovul, o‘tab (qishloq), o‘roqli,

isori, erganakli, erganak (qishloq), g‘oyr, g‘ojir va boshqalar shular jumlasidandir. Manbalarda bu

etnonimlarning etnik xususiyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. Ushbu maqolamizda ulardan

ba’zilarini havola etamiz.

Qang‘li toponimi etnik xususiyati haqida. Bu toponim aslida etnik xususiyatga ega bo‘lib,

o‘zbek xalqi tarkibidagi eng qadimgi urug‘-qabila nomidir. Bu nom eng qadimgi yozma manbalardan

hozirgi davrda ham O‘zbekiston, chunonchi, Samarqand viloyatining Jomboy tumani hududida

toponim va so‘zlashuv tilida 92 bovli urug‘lardan biri sifatida qayd etiladi. (Bu nom “Avesto” kitobida

“Kanqa”, ya’ni tur qabilalarining siyosiy va diniy markazi, qarorgohi Qanqa atalgan. Shuningdek, bu

qabilar “Shohnoma” asarida “turlar”, Potolemeyda “Qandar” (qang‘ar), xitoy manbarida qanqa,

kanguyshakllarda uchraydi)[1]. Keyinchalik ular yashagan hududlar ham shu shakllarda atalib

kelingan.

Qang‘ atamasining ma’nosi turlicha izohlanadi. Chunonchi, Rashiduddin Fazlulloh alHamadoniyning «Jome’ ut-tavorix» asarida yozilishicha, qang‘li o‘g‘iz birlashmasiga qo‘shilgan

qabilalardan biri bo‘lib,ular aravani birinchi bo‘lib kashf qilganlar. Rashididdin arava turkiy o‘zbek
tilida qangli atalgan deydi va Qang‘li qabilasining nomi ana shundan kelib chiqqan, deb izohlaydi.

Lekin qangli so‘zini professor V.V. Reshetov «O‘zbek tili» (1-qism, fonetika. Toshkent, 1959)

darsligida, va N.A. Baskakov «Tyurkskie yaziki», (Moskva, 1960) nomli kitobida qangli so‘zi

xitoycha arava ma’nosida, uning «qang-qang» tovushi asosda kelib chiqqan, deb izohlanadi[2].

Demak, arava qatnovida chiqqan tovushlardan hosil bo‘lgan taqlidiyso‘z asosda qang‘ qabilasining

nomi yuzaga kelgan deb qaralgan.

Xitoy manbalari asosida Kanguy toponimi miloddan avvalgiIII-II asrlarda ham ma’lum bo‘lgan

deb qaraladi. Tarixiy manbalarda Sirdaryoning o‘rta havzalarida, aynan Toshkent viloyatining

janubi-g‘arbida kanki qabilalari yashaganligi haqida ma’lumotlar bor. Olimlarning xulosasi ko‘ra,

“Avesto”dagi qanqa bilan xitoycha kanguy atamalarining o‘xshashligini hisobga olganda, Kanguy

qabilasi birlashmasining qarorgohi Bityan Toshkent viloyatining Sirdaryo yaqinida joylashgan Kanka

shahar xarobasi bo‘lib chiqdi. Bu qarorgoh qishkisaroy hisoblangan.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qangli qabilasi 92 bovli o‘zbek elati qatoriga kiruvchi urug‘ va

qabilalar orasidagi eng qadimgilaridan biri sifatida qaralib kelingan. Jumladan, Rashiduddin

Fazlulloh al-Hamadoniyning «Jome’ ut-tavorix» va Abulg‘ozi Bahodirxon asarlarida ham katta va

qadimiy urug‘lar sifatida ko‘rsatilgan. Abulg‘ozi Bahodirxon yozishicha, Xorazmshoh davrida 60

ming qanglining Qashqar tomonidan Xorazmga ko‘chib kelib o‘rnashib qolganligini aytadi. Demak,

bu qabila qadimda hozirgi Xitoydan Mug‘uliston hududlarida ham yashashgan.

N.A.Aristov qangli qabilasini eng qadimgi turkiy qabilalardan biri deb hisoblashi bilan birga,

uni eramizdan oldingi 160-159 yillardayoq Sirdaryoning chap qirg‘og‘iga o‘tib Zarafshon vodiysini

egallagan va Amudaryo bo‘ylab Xivagacha borib yetgan deb ko‘rsatadi. Qangli etnonimi Samarqand

viloyatnining Bulung‘ur, Jomboy, shuningdek, Jizzaxning G‘allaorol, Zomin, Sirdaryo, Toshkent

shahrining atrofida, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida ham uchraydi. Demak, qang‘li urug‘lari

qadimda respublikamizning deyarli barcha viloyatlarda yashaganlar. Ularning yashab kelgan hududlar

aholisi shevasiga moslashgan, shuning uchun ham til jihatdan o‘zbek adabiy tilga yaqinlashish

xususiyatlari kuchli bo‘lgan. Ba’zi manbalarda Samarqand hududidagi qangliklarning 4 ta tarmog‘i

ham bo‘lganligi qayd etiladi: taroqli, bolg‘oli, irg‘oqli va joytamg‘ali kabilar[3].

Ming haqida. Ming 92 bovli o‘zbek elatining eng katta va e’tiborli qabilalaridan biridir.

Qariyalar ming, yuz va qirqni o‘zbek elatining uch ustunidan biri deb hisoblaydilar. Mingning

vakillari Samarqand atrofida, xususan Urgut tumanida, Qo‘qon va Farg‘ona, shuningdek, Balx

tomonlarida ko‘proq yashagan. Bu hududlarda ularning toponimga aylangan nomlari mavjud. Ammo

mingning bo‘linishiga oid materiallar deyarli uchramaydi. Faqat so‘nggi vaqtlardagina X. Doniyorov

boshchiligida olib borilgan dialektologik kuzatuvda (1959-1960 yillarda Samarqandning Urgut

tumanidagi Alaxotin qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 71 yoshli Xo‘jamurodov Begali bobo va shu

tumanning Robot qishlog‘ida yashovchi 68 yoshli Berdiev Nurmamat bobolar suhbati orqali mingning

bo‘linishi to‘g‘risida ba’zi ma’lumotlar olishga muvaffaq bo‘lingan edi. Xo‘jamurodov Begali

boboning aytishiga ko‘ra, ming urug‘i vaxtamg‘ali, to‘g‘ali, bog‘lan va jarat deb 4 ga bo‘lingan.

Berdiev Nurmamat bobo esa mingni 7 ga bo‘lib ko‘rsatgan edi. Bular: vaxtamg‘ali, to‘g‘ali, bog‘lan,

o‘ramas, jarat, jalmat va ramadondir.

Yuz va uning bo‘linishlari haqida. Qariyalarning naql qilishlariga ko‘ra, yuz 92 bovli o‘zbek

urug‘ va qabilalari orasida eng katta qabila hisoblanadi. Ayniqsa, mingning ko‘p a’zolari sipohilashib

(shaharlashib), o‘z urug‘larini unutib yuborganlaridan keyin xalq orasida yuzning mavqei yanada

oshgan bo‘lsa kerak. Yuzning bo‘linishi mingning bo‘linishiga nisbatan ancha aniq (lekin shunga

qaramasdan yuzning bo‘linishi ham hali to‘liq aniqlangan deb bo‘lmaydi). Toshkent, Sirdaryo va

Samarqand viloyatlaridan yig‘ilgan materiallarga ko‘ra yuz, avalo, uchta katta bo‘lakka bo‘linadi:

Marqa bolasi, qarabich, rajab bolasi.Marqa o‘z navbatida ikki katta bo‘lakka bo‘linadi: a) uyas-solin,

b) xitoyizi (xitoy yuzi). Ular o‘z navbatida yana bir necha bo‘lakka bo‘lingan:

Uyas oltiga bo‘linadi: kerayt, kal, norin, uyas, oqchepkan, ko‘sa, boymoqli yoki cho‘pqon.

Bular Samarqand viloyatining ko‘pgina tumanlarida toponim (etnotoponim) tarzda uchraydi. Ular

asosan Bekobod, Zomin, Jizzax, G‘allaorol va O‘rateppa tumanlarida yashaydi. Uyas-solin ham o‘z

navbatida oltiga bo‘linadi: davlay, jobuvli, tog‘ay, to‘bi, qirsodiq, lapkarach, shodmon to‘bi. Ularning

ko‘pchiligi asosan Jizzax va Zominda hamda G‘allaorol tumanida, qisman O‘ratepa va Samarqand

viloyatida ham yashaganlar. Lekin ularning nomi ham asosan toponim ma’nosida mavjud.
Xitoyizi (xitoy yuzi) 12 nomga bo‘linadi: quriqozon, tig‘iriq, beshkubi, bog‘machchoyi, hoji

bolasi, mug‘ol, uvol(olmasuvon), hojibachcha, xonxo‘ja, nebo‘sa, qoraqursoq, sortjuzi, qarapchi.

Bular asosan Bulung‘urtumanida, shuningdek, Zomin, Jizzax viloyatining Zomin va G‘allaorol

tumanlarida, qisman Surxondaryoda ham yashaganlar. Yuzning qarapcha degan katta bo‘lagiga

Samarqand Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona, Andijon viloyatlarida hamda Tojikiston (Xo‘jand) hududida

yashovchi qarapchi qo‘qoniqushtamg‘ali, ochamayli, parchayuz, o‘yuvli urug‘lari kiritilgan. Yuzning

rajab bolasi degan katta bo‘lagiga esa asosan Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida yashovchi tuyoqli,

chol, beshjuz, choljuvut, beshkal singari bir qancha urug‘lar kiradi. Bulardan tashqari, o‘roqli, so‘loqli,

quyonquloqli, sirgali, og‘ar(oqar) kabi urug‘lar ham uchraydi (lekin bular haligacha yetarli o‘rganilgan

emas).


Qirqlar. Qirq 92 bovli o‘zbek elatiga kiruvchi urug‘ va qabilalar ichida ming va yuzdan keyingi

uchinchi katta son bo‘lib hisoblanadi. Qariyalar uni yuzning ukasi deb hisoblaydilar. Aslida mingni

ham, yuzni ham va qirqni ham siyosiy birlashmalar natijasida yuzaga kelgan etnik birlashmalar deb

atash haqiqatga mos bo‘lsa kerak. Hozircha biz ularni «qabila» deb ataymiz. Qirq asosan Samarqand,

G‘allaorol va Bulung‘ur, Jizzax, Zomin, Bekobod, O‘rateppa tomonlarda ham yashaydi. Qirq avvalo 6

ta katta bo‘lakka bo‘linadi. Bular: qoraqo‘yli, chort, qoracha, moltop, mulkush, chaprashli va

chortkesardir. Qirqning qoracha bo‘lagi G‘allaorolning Uzun buloq qishlog‘ida yashovchi Xolbo‘ta

boboning ma’lumotiga ko‘ra 4 ga bo‘linadi: balqi, jang‘g‘a (yangi), chekli, ko‘chchekli, chuvulloq.

Qirqning moltop bo‘lagi Moltop qishlog‘ida yashovchi Sayfin boboning ma’lumotiga ko‘ra 4 ga

bo‘linadi: boylar tupi, kavush tupi, Oyuv (ayiq) to‘pi va beklar to‘pi. Bulardan tashqari G‘allaorol,

Jizzax, Bulung‘ur tumanlarida yashovchi qirqlar orasida kuya bosh, ko‘k gumboz qirq, Sug‘unboy,

quyonquloqli, qoshiqa buloq, to‘q cho‘ri, uch qiz, qo‘sh qavut qirq, qora chivar, o‘yuvli, tanligi singari

etnonimlar ham uchrab turadi.

Qo‘ng‘irot. Qo‘ng‘irot ham 92 o‘zbek qabilasidan biridir. Qo‘ng‘irot qabilasida Rashididdin

Kazviniy va Abulg‘ozi Bahodirxonlarda asli mo‘g‘ul qabilalari orasida ko‘rsatilgan. Ko‘pgina kishilar

«Qo‘ng‘irot» so‘zini «qo‘ng‘ir» va «ot» so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan deb o‘ylashadi.

Lekin, ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda, bu so‘z aslida mo‘g‘ulcha bo‘lib, qoraqarg‘a degan

ma’noni bildiradi. Surxondaryoda yashovchi ba’zi qariyalar qo‘ng‘irotni Qozog‘iston tomonidan

ko‘chib kelgan deb aytishadi. Qo‘ng‘irotlarning asosiy qismi Surxondaryo va Qashqadaryo

viloyatlarida yashaydi. Ularda Samarqandda, Xorazmda, Qoraqalpog‘iston tomonlarda hamda

Afg‘onistonda ham ancha ko‘p (Xiva xonlari qo‘ng‘irotlarga mansub kishilar bo‘lgan). Qo‘ng‘irot

qabilasining bo‘linishlari boshqa urug‘ va qabilalarning bo‘linishlariga nisbatan ancha to‘liq va

mukammal bo‘lib hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Oqirtma qishlog‘ida

yashovchi 65 yoshli Hayim polvon Pirimqulovning 1965 yil dekabrь oyida bergan ma’lumotiga ko‘ra

qo‘ng‘irot qabilasi, avvalo qo‘shtamg‘ali, vaxtamg‘ali, qonjig‘ali, oyinni va tortuvli degan beshta katta

bo‘lakka bo‘linadi. Bular yana bir nechta bo‘laklarga bo‘linadi.

Qo‘shtamg‘ali 16 ga bo‘linadi: tilovmat, ko‘cha xo‘r, bandi kuchuk, cholbachcha, oqpichoq,

mapvmish, ko‘sa, savribuzar, kal, qoraqalpoq, to‘lagit, o‘troqi, bormorq, qo‘lobi, qorag‘osmoq,

zambiri.Vaxtamg‘ali ham 16 ga bo‘linadi: bugajili, oboxli, irg‘oxli, qaygili, qozoyoqli, qoraqo‘ng‘irot,

o‘yuvli, ishqili, toroqli, chanchiqli, qiyg‘oshli, xondakli, boymoqli, ochamoyli, gilam bobli, ushkuli.

Qonjig‘ali, 14 ga bo‘linadi: qo‘ldovli. Jelkillak, ko‘rtog‘ay, to‘pqora, moltaka, qora qorabuvra,

do‘ska, gala, no‘g‘ay, quyin, ulus, cho‘llik, qorag‘ursak.

Oyinni (ayilli) 12 ga bo‘linadi: qovqa, qochay, qoraqalpoq, to‘por, beshbola, chulan, turkman,

oyinni, hojibachcha, kal, qora, oqtona, oytamg‘ali.

Totuvli urug‘iga mansub kishilar asosan Boysun atrofida yashaydi. Qo‘ng‘irotlar xalq og‘zaki

ijodining qahramoni Alpomishni tortuvli urug‘idan chiqqan deb, Boysunni esa Alpomishning vatani

debi biladilar. Tortuvli 6 ga bo‘linadi: to‘g‘iz, mo‘ngka, o‘r, cho‘poq, xurosoni va oboxli.

Qo‘ng‘irot qabilasining 5 ta katta urug‘iga mansub bo‘lgan mayda bo‘laklar 64 ta bo‘lib,

ularning hammasini Hoyim polvon Pirimqulov sanab bergan[4]. Biz bulardan tashqari, tortuvliga

tegishli bo‘lgan 6 ta mayda bo‘lakning har birining o‘z navbatida yana bir nechtadan mayda

bo‘laklarga bo‘linishini aniqladik. Masalan, Sho‘rchi tumanida yashovchi Oltiboy oqsoqol

Xolmatovning bergan ma’lumotiga ko‘ra to‘g‘iz 7 ta mayda bo‘lakka, mo‘nka va cho‘poqlar esa 6

tadan mayda bo‘lakka bo‘linadi. Boysunda yashovchi Mo‘min chopog‘on Omonovning ma’lumotiga ko‘ra tortuvlining o‘r, oboxli va xurosoni kabi bo‘laklarining har biri o‘z navbatida yana 4 tadan

mayda bo‘lakchalarga bo‘linadi[4]. Bular yuqoridagi 64 ta bo‘linishga kirmaydi.

Xulosa qilib aytganda, o‘zbek urug‘larining tarixi va bo‘linishlarini o‘rganish tarixchi etnograf

va tilchi-dialektologiyamizning muhim vazifalaridandir. Chunki o‘zbek urug‘larini o‘rganish xalqimiz

tarixini va uning tili tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Annotatsiya: Ushbu maqolada etnonimlarning etnik xususiyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar

ochib berilgan. Bundan tashqari, bugungi kunda hududlar toponimikasini to‘plash va ularning etnik

xususiyatlarini ham aniqlab, izohli lug‘atini yaratishga asos bo‘luvchi maqola sifatida e’tirof etish

mumkin. Shu bilan birgalikda ushbu maqolada, toponimlar tarkibidagi etnonimlarni mukammal tadqiq

etish xalqimizning etnogenezi va etnik tarixini va etnografiyasini o‘rganishda ham bevosita material

bo‘lib xizmat qiladi.


BOBUR LAQABI VA “BOBURNOMA” DAGI AYRIM JOY NOMLARI ETIMOLOGIYASI HAQIDA
Xakimov K.M. Jizzax davlat pedagogika universiteti geografiya fanlari nomzodi.
Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483.14.02. Andijon – 1530.26.12. Agra) nisbatan qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa ham, jahon tarixida o‘ziga munosib o‘rin egallashga ulgurgan buyuk siymolardan biridir. Bobur faoliyat ko‘rsatgan sohalarning qamrovi keng, agar uning ilmiy-ijodiy kamolotini ta’riflasak juda ko‘plab sohalarni sanab chiqishga to‘g‘ri keladi. Uning asarlarida tilshunoslik, elshunoslik, dinshunoslik, nomshunoslik, geografiya, tarix va boshqa ko‘plab sohalar bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarni topish mumkin. Shuning uchun Bobur shaxsi va uning ijodi asrlar davomida dunyo olimlarini qiziqtirib kelmoqda. Bobur shaxsi va ijodiy faoliyati haqida faqat Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida o‘ttizdan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Boburning otasi Umarshayx Mirzo birinchi o‘g‘il farzand ko‘rganida ism qo‘yib berishni piri Xoja Ahrori Valiydan iltimos qilgan va ustozi chaqaloqqa Zahiriddin Muhammad deb ism qo‘ygan. Boburshunoslar uning bolalikda erkalatib aytilgan “Bobur” ismini “forscha, babr -“yo‘lbars” so‘zidan kelib chiqqan deb taxmin qilishadi. Bobur fe’l-atvoridagi dovyuraklik, jahongirlik, jasurlik sifatlari balki bunday atalishiga asos bo‘lgandir. O‘rta Osiyo tarixi bilan jiddiy shug‘ullangan amerikalik boburshunos Harold Lemb (1892-1962) o‘zining “Bobur – yo‘lbars” romanida shunday rivoyatni keltirgan: “… g‘orga kirib qarashsa, bir bola ikkita yo‘lbarsvachcha bilan umbaloq-dumbaloq o‘ynashayotgan emish. Ovchilar yo‘lbars bolalari bilan Zahiriddin Muhammadni olib saroyga qaytishibdi. Bu voqea bir zumda shaharga tarqalib, hazrati oliyning o‘g‘illari yo‘lbars bilan olishibti, degan xabarni barcha eshitibti. Hamma hayratdan yoqasini ushlabdi” [3, 11-b.]. Shundan keyin bolaning asli ismi yoniga babr – “yo‘lbars” laqabini qo‘shib aytadigan bo‘libdilar. Harold Lembning “Bobur-yo‘lbars” asarini ingliz tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan taniqli andijonlik olim, Bobur xalqaro mukofoti sohibi G‘ofurjon Satimov Bobur laqabi haqida yana bir xulosani bayon qilgan. Olimning yozishicha, Boburning bu laqab bilan atalishiga kelib chiqishiga ko‘ra Chingizxonning avlodi bo‘lgan bobosi Yunusxon sababchi. Nevarasi bir yoshga to‘lishi munosabati bilan uni yo‘qlab kelgan ona tomonidan bobosi Yunusxon chaqaloqni boshi uzra baland ko‘tarib, “bu kichkina yo‘lbars”, deb xitob qilgan [4, 5-b.]. O‘shandan keyin shahzodani shu nom bilan erkalatgan ekanlar. Ma’lumki, har qanday ism bir tildan boshqa tilga, bir yozuvdan boshqa bir yozuvga o‘girilganda o‘sha til qoidalari va imkoniyatlariga mos tarzda ba’zi o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Boburning ismi qanday yozilishi va uning kelib chiqishi masalasi bilan yevropalik boburshunoslar XIX asrdan boshlab qiziqishgan. Masalan, ingliz sharqshunosi Henri Beverij 1900 yili bu haqda maxsus maqola e’lon qilgan. Rus sharqshunos olimi A.N.Samoylovich Bobur yagona to‘g‘ri talaffuz ekanligi rus sharqshunoslari tomonidan hal qilib bo‘linganini ta’kidlagan. Ammo, babr so‘zi keyincha, bobur shakliga o‘zgargan degan fikrga e’tiroz bildirgan olimlar ham yo‘q emas. Masalan, AQSh dagi Harvard universitetining sharq tillari bo‘yicha professori, boburshunos Viler Tekston Bobur ismidagi “o” unlisi cho‘ziq, “babr” so‘zida uning o‘rnidagi unli qisqa ekanligidan kelib chiqib, mazkur farazga e’tiroz bildirgan [1, 69 -b]. Ma’lumki, Zahiriddin Muhammad Boburdan avval ham va undan keyin ham, temuriy shahzodalar orasida Bobur ismli shaxslar bo‘lgan. Ana shulardan biri, Boysung‘ur Mirzoning o‘g‘li Abulqosim Boburdir (1422, Hirot – 1457, Mashhad). U temuriylarning Xurosondagi hukmdori (1449-1457 y.) bo‘lgan. Abulqosim Bobur 1422 yili, ya’ni Zahiriddin Muhammad Boburdan 61 yil oldin Hirot shahrida tug‘ilgan va u ham turkiy va forsiy tillarda she’rlar yozgan. Boysung‘ur Mirzoning o‘g‘li Abulqosimga Bobur nomi qanday berilganligi tarixi alohida toponimik tadqiqotlarni talab qiladi. Zahiriddin Muhammad Boburga jahoniy shuhrat keltirgan va uning shoh asari hisoblangan “Boburnoma” taxminan 1518-1530 yillarda yozilgan. XVI asr o‘zbek nasrining betakror namunasi
bo‘lgan bu asar, “Boburiya”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi Bobur” nomlari bilan ham mashhur bo‘lgan. Boburning o‘zi kitobni “Vaqoe’” nomi bilan tilga olgan [4, 6 -b]. Bobur kitobida O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindistonda o‘zi ishtirok etgan yoki guvohi bo‘lgan voqea hodisalarni o‘ta aniq va xolisona yoritgan. Taniqli nomshunos olim H.Hasanov ta’biri bilan aytganda, kitob hozirgi kunda ham aslo ahamiyatini yo‘qotmagan va ayrim eski so‘z va iboralarni nazarga olmaganda, uni har bir savodli kishi bemalol o‘qiydi. Darhaqiqat “Boburnoma”da ilmiy ma’lumotlar behad ko‘p, ular hozirgi tarmoqlashgan fanlarning ellikka yaqin sohalariga mansub. Shu nuqtai nazardan qaraganda, uni qomusiy asar deyish mumkin, u nafaqat tarixchi, filolog, etnograf uchun, balki geograf va xususan toponimistlar uchun ham qimmatli ilmiy manba sanaladi. Undagi toponimik ma’lumotlar noyobligi, muhimligi bilan ko‘pchilik mutaxassislar diqqatini o‘ziga tortadi. Binobarin, “Boburnoma” asari nomshunos olimlar tomonidan ham chuqur o‘rganilgan. Masalan, geograf olim H.Hasanov “Zahiriddin Bobur – sayyoh va olim” (1960 y.) nomli risola chop etgan bo‘lsa, boshqa bir nomshunos olim, professor S.Qoraev asarni toponimik jihatdan tahlil va tadqiq qilgan [5, 308 -b). H.Hasanov ma’lumotlariga ko‘ra, «Boburnoma»da mingga yaqin geografik nom tilga olingan va yuzlab nomlar izohlangan [10, 22-b]. Olimning yozishicha, O‘rta Osiyoga doir joy nomlarining ko‘pchiligi hali ham o‘sha davrdagi kabi yoziladi va talaffuz qilinadi. Ular orasida Jizzax viloyati va shahri hududidagi geografik ob’ektlar nomlari ham talaygina uchraydi, asarda Turkiston, Pishag‘ar, Zomin, Og‘ar, Qoraqishloq, Qorasoy, Yom, Sangzor, Ilono‘tti kabi nomlar tilga olingan. Ularning ko‘pchiligi bizgacha o‘zgarmasdan yetib kelgan va hamon o‘sha davrdagi kabi yoziladi va talaffuzi etiladi. Viloyat hududidagi ayrim geografik ob’ektlarning nomlari esa shaklan o‘zgargan. Masalan, Dizak – Jizzax, Pashog‘ar – Pishag‘ar, Oqar – Og‘ar va boshqalar. “Boburnoma”da Jizzax shahrini Dizak deb tilga olgan va uni Samarqand va Shohruxiya o‘rtasida joylashgan viloyat va shahar deb ta’riflagan [2, 84 -b]. Tarixiy manbalardan ma’lumki, shahar temuriylar davrida Movarounnahr orqali o‘tadigan savdo karvonlarining muhim manzilgohi bo‘lgan. Jizzax o‘rta asrlarda Samarqandga tobe bo‘lgan va so‘nggi temuriylar davrida ularning zaiflashganidan foydalangan Sulton Mahmudxon shaharni tasarrufiga olib, Hofizbek Do‘ldoyni hokim etib tayinlagan. Undan so‘ng uning o‘g‘li Tohir Do‘ldoy qo‘rg‘onbegilik qilgan. 1501 yili Samarqandni tashlab chiqqan Bobur Jizzaxga kelganda, uni Tohir Do‘ldoy yaxshi kutib olgan. Samarqand qamali davomida azob chekkan Bobur va uning navkarlari Jizzaxda bir necha kun hordiq chiqarib, keyin O‘ratepaga (hozirgi Istaravshan) jo‘nab ketishadi. Keyincha Bobur kitobida Dizak shaharini ta’riflab shunday yozadi: «Dizakta semiz go‘shtlar va non arzon, chuchuk qovun va yaxshi uzumlar farovon. Unday mashaqqatdan bunday arzonchilik va unday falokatlardan bunday omonlikka keldik. Uch-to‘rt kun Dizakta istirohat qilduk» deb, shahar nomini Dizak ekanligini tasdiqlaydi. Demak, shahar nomi XVI asr boshida ham Dizak bo‘lgan [7, 84 -b]. Albatta, har bir shaharning o‘ziga xos tarixi, qiyofasi va qismati bo‘ladi. Bir xil shaharlar nomi dunyoda ma’lum va mashhur, boshqalarni ko‘pchilik bilmasligi mumkin Har qanday shaharning shon-shuhrati, birinchi navbatda uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Jizzax shahri ham ana shunday o‘ziga xos qiyofaga, ming yillik o‘tmishga ega shahardir. Qachondan boshlab Dizak nomi Jizzaxga aylanganligi hozirgacha ilmiy adabiyotlarda aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsada, u taxminan XVII asrdan keyin shu nom bilan atala boshlaganligi aniq. Boburning geografiya sohasidagi ilmiy merosini chuqur o‘rgangan professor H.Hasanov Jizzax nomini izohlab shunday yozgan: «Bu qal’aning asli oti Dizak. X asrdagi asarlarda ham shunday deb atalgan. Ma’nosi “diz”- qadimgi sug‘d tilida qal’a, istehkom demakdir, “-ak”- esa bizdagi -cha qo‘shimchasiga to‘g‘ri keladi. Demak, Dizak – qal’acha demakdir» [10, 54 -b]. Boshqa nomshunos olim, professor Suyun Qoraev esa tarkibida «-diz, -diza («qal’a, istehkom») so‘zlari bor nomlarga alohida to‘xtalib, ularni qadimiy joy nomlari ekanligini tasdiqlaydi. Dizak so‘zining Jizzax shakliga o‘zgarishini olim quyidagicha izohlagan: «z, d, j – tovushlarining o‘zaro almashishi va munosabati ham toponimiyada katta ahamiyat kasb etadi, jumladan Dizak nomining Jizzax shaklini olishi ham shu qonuniyat mahsulidir» [5, 72 -b]. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Dizak shahar nomi sifatida yagona emas, balki XII-XIII asrlarda Xurosonda ham Yuqori Dizak va quyi Dizak kabi aholi punktlari bo‘lgan. Arab geograflari Yoqut Hamaviy, Abdulkarim Sam’oniy asarlarida Marvda Dizak nomli bir qancha qishloqlar borligi qayd qilingan. Masalan, Dizak-xavs, Dizak-miskin, Dizak-boron shular jumlasidandir. Arab sayyohlaridan yana biri Muqaddasiy Marvrudda ham Dizak shahri borligini qayd qilib, «katta shahar, undan daryo o‘tadi, bozori yonida jome masjid bor» deb yozib qoldirgan. Bobur Jizzaxdan O‘ratepaga qarab yurganda yo‘lda hozirgi Zomin tumaniga qarashli Pishag‘ar qishlog‘ida bir muddat yashagan. Tarixiy manbalarda qadimiy Buyuk Ipak yo‘lining Samarqanddan Farg‘ona, Ustrushona va Toshkentga boradigan yo‘nalishi shu qishloq hududidan o‘tganligi ta’kidlangan. Bobur 1498-1499 yillar voqealarini bayonida qishloq haqida, “Yoryayloq kentlaridin Pashog‘arkim, Hazrati xoja (Xoja Ahror Valiy – muallif) ning mulk kentlaridindur, bu fataratga anga (Muhammad Husayn Mirzoga) taaluq bo‘lub edi, tiladukkim, bu qish oriyati bergay, to anda o‘lturub Samarqand viloyatig‘a ilikdan kelgancha evrushgaybiz”, deb yozgan. [2, 64 -b]. Bobur Pishag‘ar qishlog‘ida keyin ham bo‘lgan va Jizzaxdan O‘ratepaga ketayotganda, qishloqda sayr qilgan. Bu safar u qishloq haqida shunday yozadi: «uch-to‘rt kun Dizakta istirohat qilduk. Andin so‘ng O‘ratepa sari azimat qilduk. Pashog‘ar bir nima yo‘ldan qaqasroqdur, chun muddati anda bo‘lib edim, o‘tib borurda ani sayr qildim» [2, 85 -b]. Boburning yurishlarida shu qishloqdan bo‘lgan aka-uka Mullo Bobo va Boboshayx Pashog‘ariylar faollik ko‘rsatishgan. Nomshunos olimlar qishloq nomini qadimiy so‘g‘d tilidagi pesh – “old” va g‘ar – “tog‘” so‘zlaridan tashkil topgan va g‘ar so‘zining hozirgi g‘or so‘ziga aloqasi yo‘q deyishgan. Ustrushona tarixi bilimdoni, akademik N.Nigmatov Pishag‘ar so‘zining etimologiyasi to‘g‘risida gapirib, qishloq nomi o‘sha “g‘ar – tog‘” qo‘shimchasidan tuzilgan degan fikrni bayon qilgan. Haqiqatdan ham, qishloq Turkiston tizmasining bir tarmog‘i hisoblangan Molguzar tog‘larining shimoliy etagida joylashgan. Demak, qishloq nomlanishiga uning geografik o‘rni asos vazifasini bajargan. Pishag‘ar – tog‘ oldida joylashgan qishloq degan, ma’noni ifodalaydi [6, 75 -b]. “Boburnoma”da Jizzax viloyati hududida hozirgacha joy nomlari shaklida saqlanib qolgan barlos, jaloyir, do‘ldoy kabi bir qancha etnik guruh nomlarini ham tilga olgan. Tarixiy ma’lumotlar bo‘yicha, Bobur armiyasining asosini ana shu uch qabila vakillari tashkil qilgan. Xususan, barloslar to‘g‘risida asarda keng ma’lumot berilgan. Bobur o‘z kitobida Muzaffar Barlos, Muhammad Burunduq Barlos, Jahongir Barlos, Islom Barlos singari amirlarning har biriga alohida to‘xtalib o‘tgan. Ammo, o‘zini Amir Temur saltanatida uning vorisi deb bilgan Bobur turkiy qavmdan ekanini qayta va qayta ta’kidlagan holda, barlos urug‘idan ekanligi to‘g‘risida hech nima demagan. Hozirgi Jizzax viloyati Zomin tumani hududida etnik guruh nomi bilan ataladigan Jaloyir qishlog‘i bor. “Boburnoma”da jaloyir urug‘iga mansub Sayyid Qosim Eshikog‘a, Hasanali Jaloyir kabi shaxslar tilga olingan. Tarixchi Rashiduddinning yozishiga ko‘ra, jaloyirlar XII asrda Onon va Kerulen daryolari bo‘yida yashashgan. Ayrim tarixiy manbalarda jaloyirlarni turk-mo‘g‘ul qabilalar uyushmasiga mansub deb qayd qilingan. Chingizxon hukmronligi davrida, jaloyirlardan bir qancha e’tiborli beklar va lashkarboshilar yetishib chiqqan. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida jaloyirlarning katta qismi Yettisuv va Movarounnahrning ayrim viloyatlariga ko‘chib kelib mahalliy xalq tarkibiga singib ketgan. Etnograf – olima B.Karmishevaning yozishicha, jaloyir qabilasi vakillari to 1375 yilgacha hozirgi Ohangaron havzasi hamda Xo‘jand atrofida yashagan. Amir Temurga qattiq qarshilik ko‘rsatganliklari uchun, sohibqiron jaloyirlar sarkardasini qatl ettiradi va ularni turli tamonlarga bo‘lib yuboradi. XIII asrda jaloyirlarning katta bir guruhi Ozarbayjon va Iroqqa ko‘chib borib, o‘z davlatlarini barpo etganlar [5, 188 -b]. Zomin tumanidagi jaloyirlar XIV asrning oxirlarida bu hududga ko‘chib kelib muqim yashab qolganlar degan, taxminlar mavjud. «Boburnoma»da Jizzax viloyati hududida keng qo‘llanilgan geografik terminlar ham ko‘p uchraydi, ularning ko‘pchiligi hozir ham muomalada bo‘lsa, ba’zilari bugungi kunda iste’moldan chiqqan. Hozirgacha saqlanib qolgan va viloyat hududida keng qo‘llaniladigan mahalliy geografik terminlarga jar, tangi, dara, dasht, koriz, dovon, sahro, soy, sel kabi terminlarni ko‘rsatish mumkin [6, 23 -b]. E’tiborli tomoni shuki, ular hozirda ham o‘zbek geografik adabiyotlarida keng qo‘llaniladi. Kitobdagi geografik terminlarning bir qismi bugungi kunda mahalliy xalq tomonidan qo‘llanilmasa ham, ammo geografik ob’ektlar nomlari tarkibida saqlanib qolgan. Masalan, langar – (Jo‘langar – Yangiobod tumani), tangi – (Chortangi – Zomin tumani, Qoratangi – Sharof Rashidov tumani), koriz – (Koriz – G‘allaorol tumani), mo‘la – (Mo‘la – Forish tumani, Mo‘labuloq – G‘allaorol tumani) va hokazo [8, 42 -b]. Umuman aytganda, «Boburnoma» ni yirik toponimik asar deb ham qabul qilish kerak. Chunki qayd qilgandek, unda mingga yaqin geografik nomlar tilga olingan. Kitobda uchraydigan joy nomlarining areali esa juda keng, Markaziy Osiyo davlatlaridan tashqari, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh kabi davlatlani ham qamrab olgan. Xulosa. Tadqiqot ishida Zahiriddin Muhammad Boburning laqabi va “Boburnoma” asaridagi Jizzax viloyati hududida uchraydigan ayrim joy nomlari tahlil qilindi. O‘rganishlardan ayon bo‘ldiki, Bobur har bir geografik nomni, uni qaerda joylashganligidan qat’iy nazar sinchiklab o‘rgangan, joy nomining yasalishi, tarixiy asosi va kelib chiqishini aniq ilmiy ma’lumotlar bilan dalilab, ilmiy xulosalar chiqargan. Zahiriddin Muhammad Bobur qisqa hayoti davomida qaerlarga borgan bo‘lsa, yoki qaysi yurtlarni zabt etgan bo‘lsa. o‘zidan faqat yaxshi nom qoldirgan. Shu sababdan, o‘sha davrlarda ham ko‘plab geografik ob’ektlar uning nomi bilan atalgan va hozir ham bu an’ana davom etmoqda. Boburning zamondoshi taniqli shoir va davlat arbobi Hasanxoja Nisoriy (1516 –Buxoro – 1597) ning yozishicha, “Bobur podshohning fazilatlari bisyor va kamolotlari beshumordir”[1, 398 -b].
Annotatsiya: Maqolada temuriy shahzoda, boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning nomi va laqabi haqida, mutaxassislar tomonidan taklif qilingan turli farazlar o‘rganilgan va ularning ilmiy tavsifi keltirilgan. Bundan tashqari, tadqiqot ishida Boburga jahoniy shuhrat keltirgan va shoh asari hisoblangan “Boburnoma”da tilga olingan ayrim toponimlar etimologiyasi Jizzax viloyati hududida uchraydigan joy nomlari misolida tahlil qilingan. Shu bilan birga, “Boburnoma”da ilmiy ma’lumotlar behad ko‘p, ular hozirgi tarmoqlashgan fanlarning ellikka yaqin sohalariga mansub. Qomusiy asar nafaqat tarixchi, filolog, etnograflar uchun, balki geograf va xususan toponimistlar uchun ham qimmatli ilmiy manba hisoblanadi. Undagi toponimik ma’lumotlar noyobligi, muhimligi bilan ko‘pchilik mutaxassislar diqqatini o‘ziga tortadi.
Abdal urug‘i Hindiston, Afg‘oniston va, xususan, O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezida muhim rol o‘ynagan qadimiy xalq – eftalit, ya’ni xaytallarning avlodidir. Xaytallar (eftalitlar) suriya, yunon manbalaridayoq abdel deb atalgan.
Tarixchi Bal’amiy (X asr) fikricha, xaytal so‘zi Buxoro tilida “pahlavon”, “jasur odam” degan ma’noni bidiradi.
Shu bilan birga keyingi vaqtlarda abdal deganda “gadoy”, “darvesh” kishi tushuniladi. Shuningdek, artistlar, sozandalar, qalandarlar, maddohlarning jargoni “abdal (abdol) tili” deyilgan.
Avshar qadimiy urug‘lardan bin. Arab geograflari o‘z asarlarida Buxoro yaqinida Avshar degan qishloqni tilga oladi. Abulg‘ozi Bahodirxon avshar so‘zini “ishni ildam ishlamoqchi” deb izohlaydi.
Arg‘in - bu urug‘ O‘rta Osiyoda qadimdan yashab kelgan. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida qayd qilingan arg‘u qabilasi ham shu bo‘lsa kerak. “Boburnoma”da, o‘zbek urug‘larining dastlabki yozma shajarasi hisoblangan va Mulla Sayfiddin Axsikandiyning «Majmuat-tavorix» asarida keltirilgan o‘zbek elatlari ro‘yxatida bu urug‘ arg‘o‘n shaklida qayd qilingan. Bu etnonim mo‘g‘ulcha arg‘in (o‘zagi arg‘ – “duragay”) so‘zidan kelib chiqqan. Argʻin (arg‘un) so‘zi qirg‘iz tilida hozir ham ana shu ma’noni anglatadi.
Asaka etnonimi O‘rta Osiyoda qadimdan yashagan sak (saka) qabi­lasi nomi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Ba’zi bir mulohazalarga ko‘ra, asaka “otliqlar” degan ma’noni bildiradi. Asaka so‘zi joy nomlari shaklida ham uchraydi. Masalan, Andijon viloyatidagi Asaka shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida Asakaovdon botig‘i bor. Geologlar Asakaovdonning o‘rni yuqori toʻrtlamchi davrda ko‘ldan iborat bo‘lganligini aniqladilar (ovdon, to‘g‘risi obdon “suv ombori”, “hovuz”).
Axtachi - qadimgi urug‘lardan bin. Bu urug‘ vakillarini Bobur ham tilga olgan. Axta mo‘g‘ul tilida, umuman “ot” (jumladan “bichilgan ot”) demak. Axtachi esa “otboqar”, “jilovdor” (xon oti jilovini ushlab yuruvchi kishi) ma’nosini beradi.
Yüklə 35,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin