44
grammatik shakli ifodalaydigan ma’nodir. Grammatik ma’no asosiy xususiyatiga
ko’ra 2 xil bo’ladi:
1.Kitob, uy, bola kabi so’zlarning har biriga xos ma’no atash ma’nodir. Ularning
hammasi uchun umumiy bo’lgan ma’no, ya’ni predmetlik ma’nosi grammatik
ma’nodir. Xuddi shu umumiy ma’no ularni bir turkumga birlashtiradi.
2.Shu so’zlarning atash ma’nosiga qo’shimcha tarzdagi ma’nolar ham grammatik
ma’nodir. Bunday ma’no so’zning maxsus shakllari (lug’aviy va sintaktik shakl
yasovchi qo’shimchalar) orqali ifodalanadi: kitobim,uylar, bolacha. Har qanday
grammatik ma’no ma’lum grammatik shakl orqali ifodalanadi. Grammatik shakllar
boshqa so’zning ma’lum bir grammatik ma’no ifodalovchi ko’rinishidir:
Grammatik shakl Grammatik ma’no
aytdi zamon qo’shimchasi
maktabga kelishik qo’shimchasi
ko’kimtir daraja qo’shimchasi
kitob__ birlikda, bosh kelishik
Grammatik shakllar. Quyidagi so’z turkumlarida grammatik shakllar mavjud:
otlarda: son, egalik, kelishik; sifatlarda: daraja; sonlarda: sonning ma’no turini
hosil qiluvchi qo’shimchalar; fe’llarda: nisbat, mayl, zamon, bo’lishli-
bo’lishsizlik, shaxs-son.
So’z turkumlari. So’zlrning so’rog’i va qanday umumlashgan ma’no ifodlashiga
ko’ra guruhlarga bo’linishi
so’z turkumlari deyiladi. So’z turkumlari ma’no va
vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga turlarga bo’linadi. Ular quyidagilar:
1.Mustaqilso’z turkumlari
2. Yordamchi so’z turkumlari
3. Undov so’zlar
4. Taqlid so’zlar
5. Modal so’zlar
Dostları ilə paylaş: