Blastomalar organizmdagi oʻzgargan va oʻzining odatdagi shakli hamda funksiyasini yoʻqotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat toʻqimalarning zoʻr berib oʻsib ketishi



Yüklə 30,91 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü30,91 Kb.
#205955
1   2
Oʻsmalar

Onkologiya (yun. onkos — shish, oʻsma va ... logiya) — tibbiy-biologik fan; odam, hayvon va oʻsimliklarda onkogenezni nazariy, eksperimental va klinik jihatdan oʻrganadi va oʻsimtalarni aniqlash, davolash hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Eksperimental va klinik O. farq qilinadi. O. 20-asrda eksperimental tibbiyot yutuqlari (oʻsma hujayralarini koʻchirib oʻtkazish, keyinchalik esa tashqaridan taʼsir etib, hayvonlarda oʻsmalar hosil qilish) asosida shakllandi. Oʻsmalar insoniyatga juda kadimdan maʼlum (Gippokrat, K. Galen), unga oid dastlabki yozma manbalar miloddan avvalgi Misr, Xitoy va Hindistonda topilgan. O.ning rivojlanishida, ayniqsa, Gippokrat, Ibn Sino, nemis olimi R.[1]
Virxov, rus olimlari M. A. Novinskiy, N. N. Petrov va boshqalarning xizmatlari katta. Eksperimental O. (M. A. Novinskiy asarlaridan boshlangan, 1876) va nazariy O.da oʻsma hosil qiluvchi omil turiga qarab 3 asosiy yoʻnalish: virus O.si (fransuz olimi A. Borrel, 1903, amerikalik olim F. P. Raus, 1911), kimyoviy O. (yapon olimlari K. Yamagiva va K. Itikava, 1915) va radiatsion O. (fransuz olimi A. Lakassan, 1932) va boshqa shakllandi. Rus olimi L. A. Zilber oʻsmalarning virus-genetik nazariyasini ishlab chikdi. Klinik O.ning jadal rivojlanishi xirurgiya, radiologiya, kimyoterapiya, immunologiyaning muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq. Gippokrat xavfli oʻsmalar kelib chiqishida tashqi omillarga alohida ahamiyat bergan, bunda u bemorga ruhiy va jis-man sifatlarini mujassamlashtirgan xrlda, har biriga xos (individual) yon-doshish kerakligini aytgan.
Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" kitobida oʻzining shaxsiy eksperimental va klinik tajribalari bilan birga oʻsmalarning kelib chiqishi, belgilari, ularni taniy olish va davolash usullarini qam bayon qilgan.
R. Virxovning hujayra patologiyasi nazariyasi tibbiyot, jumladan, O. tarixida keskin burilish yasadi.
Eksperimental O.ning asoschisi M. A. Novinskiy dunyoda birinchi boʻlib hayvonlarda xavfli oʻsmalarni biridanbiriga koʻchirib oʻtkazib, oʻsmalarning eksperimental shtammlarini hosil qilish uchun yoʻl ochdi. N. N. Petrovning nazariy va amaliy O.ga qoʻshgan hissasi ulkan. Uning "Oʻsmalar xaqida umumiy taʼlimot" (1910) monografiyasi O. tarixida shifokor-onkologlarning ilk dasturi boʻlib qoldi va oʻsmalar haqidagi bilimlarning keng tarqalishiga olib keldi.
Oʻzbekistonda O. fanining rivojlanishi P. F. Borovskiy, L. D. Vasilenko va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq. 1931-yilda Toshkentda Oʻzbekiston rentgen-radiologiya va oʻsma ilmiy tadqiqot instituti ochilib, 1940-yilgacha faoliyat koʻrsatishi, 1946-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida O. kafedrasi ochilishi, 1958-yilda Oʻzbekiston Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituta tashkil etilishi, respublikadagi barcha tibbiyot institutlarida onkologiya kafedralari faoliyat koʻrsata boshlashi O. sohasida keng koʻlamda tadqiqotlar olib borilishiga imkon berdi.
Oʻzbekiston onkologlari tomonidan oʻsmalar bilan birga uchraydigan kasalliklar, quyosh nurining oʻsma toʻqimalaridagi almashinuvga taʼsiri (J. M. Abdurasulov, K. Ye. Nikishin vab.), oʻsma kasalliklari epidemiologiyasi va on-kologik yordamni tashkil etish (N. Q. Murodxoʻjayev, K. G. Bobrina), xavfli oʻsmalar immunologiyasi masalalari (A. I. Nikolayev), oʻsmalarni rentgenologik (J. M. Abdurasulov), ultratovush (A. A. Fozilov) va radioizotop (N. Q. Murodxoʻjayev) usullar orqali aniqlash yoʻllari takomillashtirildi.
Xavfli oʻsmalarning eksperimental, kimyoviy va radiatsion kanserogenezi masalalari, onkologik kasallarni operatsiya qilib davolash ishlari yoʻlga qoʻyiladi. Onkologiya markazida oʻsmani ultratovush, elektr magnit maydoni (SVCH, UVCH), lazer nuri va fizik omillar yordamida mahalliy hamda umumiy giperterapiya usullarini qoʻllagan holda kompleks davolashning yangi usullari ishlab chiqildi.
O. fani hozirgi 3 yoʻnalishda rivojlantirilmokda: 1) normal hujayradan rak hujayraga oʻtish mexanizmini fundamental usullar orqali yechish; 2) aholi oʻrtasida ushbu kasallikka mo-yil boʻlgan va klinik belgilari yuzaga chikmagan kishilarda raknn immunologik usullar bilan aniklash; 3) xavfli oʻsmalarni immunologik usullar bilan davolashni takomillashtirish.
Xavfli oʻsma koʻpincha oʻlim bilan tugaydi. Shuning uchun deyarli hamma mamlakatlarda unga qarshi kurash olib boriladi. Bu ishga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro rakka qarshi kurash ittifoqi va agentligi rahbarlik qiladi.
Hozirgi Oʻzbekistonning yirik shahar va qishloqlarida O. dispanserlari va markazlari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Onkologiya markazi, respublika va shahar onkologiya dispanseri, shuningdek, tibbiyot intlarining O. kafedralarida O.ning eng dolzarb masalalari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.


Oʻsmalar, blastomalar — organizmdagi oʻzgargan va oʻzining odatdagi shakli hamda funksiyasini yoʻqotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat toʻqimalarning zoʻr berib oʻsib ketishi. Oʻsma hujayralari Oʻsmalarga sababchi omillar toʻxtagandan keyin ham koʻpayaveradi. Oʻsmalarni onkologiya fani oʻrganadi. Xavfsiz (yetilgan) va xavfli (yetilmagan) o'smalar farq qilinadi. Xavfsiz oʻsmalar atrofdagi toʻqimani itaradi, suradi, baʼzan siqib qoʻyadi, lekin ularni yemirmaydi. Xavfli Oʻsmalar tez rivojlanib, boshqa toʻqimalarga oʻsib kirib, ularni yemiradi; bunda qon tomirlarga ham shikast yetadi. Odatda, qon va limfa tomirlari devorining yemirilishi natijasida qon yoki limfaga tushgan oʻsma hujayralari turli aʼzo va toʻqimalarga metastaz beradi. Natijada Oʻsmalarning ikkilamchi tugunlari — metastazlar hosil boʻladi, yaʼni Oʻsmalar tarqalib ketadi. Oʻsmalar butunlay olib tashlanmasa, qaytadan oʻsib chiqadi (retsidiv beradi). Xavfsiz Oʻsmalar metastaz bermaydi (tarqalmaydi), ammo paydo boʻlgan joyiga koʻra hayot uchun xavfli boʻlishi (mas, miyada yoki nafas va hazm yoʻllarida boʻlsa, ularni siqib, ezib qoʻyishi), shuningdek, uning bir qismi kesib tashlansa, qayta oʻsishi mumkin. Oʻsmalarning metastaz berishbermasligi va metastaz berish tezligi organizmning immunobiologik holatiga bogʻliq. Oʻsmalar oʻsishi toʻqimada cheksiz boʻlinuvchi oʻzgargan hujayralarning kichik guruhi vujudga kelishidan boshlanadi. Ular sekin-asta rivojlanadi. Bunda bir necha bosqich farq qilinadi: 1) oʻsma hujayralarining notekis koʻpayishi (giperplaziya); 2) oʻchoqli proliferatsiya, yaʼni toʻqimaning oʻsishi, 3) xavfsiz Oʻsmalar hosil boʻlishi; 4) nihoyat, uning xavfli tus olishi (malignizatsiya). Bevosita xavfli Oʻsmalardan avval paydo boʻlgan va xavfli Oʻsmalarga aylanadigan Oʻsmalar rak oldi, toʻqimada ancha erta sodir boʻlgan oʻzgarishlar oʻsma oldi jarayoni hisoblanadi. Oʻsmalar parenxima va stromadan tarkib topadi. Parenxima Oʻsmalarning asosiy massasi boʻlib, uning oʻsishi va tabiatini belgilaydi; stroma Oʻsmalar atrofidagi biriktiruvchi toʻqimadan hosil boʻladi. Har bir oʻsmaning nomi oʻzi paydo boʻlgan toʻqima nomidan (oxiriga "oma" — oʻsma maʼnosini anglatuvchi qoʻshimcha qoʻshiladi) olingan, mas, togʻaydan vujudga kelgan Oʻsmalar xondroma, yogʻ toʻqimasi oʻsmasi lipoma, muskul toʻqimasi oʻsmasi mioma, biriktiruvchi toʻqimada yuzaga kelgan xavfli va sarkoma, epiteliy toʻqimasidan paydo boʻlgan xavfli Oʻsmalar karsinoma (rak), meʼda osti bezi boʻlakchalaridan hosil boʻlgan Oʻsmalar insuloma deyiladi va h.k. Leykozlar ham Oʻsmalarga kiradi. Rak bilan ogʻrish turli mamlakat va mintaqalarda turlicha, mas, teri raki shim.ga nisbatan janubida koʻproq uchraydi. Oʻsmalarning paydo boʻlishi va rivojlanishida organizmning tugʻma yoki hayotda orttirilgan umumiy reaksiyasi katta ahamiyatga ega. Irsiy omillar asosan, o‘smalarga moyillikni, yaʼni organizmning oʻsma paydo qiladigan taʼsirotlarga nisbatan koʻrsatadigan u yoki bu reaksiyasini belgilab beradi. Oʻsmalar taʼsirini bartaraf etishda esa organizmning himoya, immunobiologik kuchlari, shuningdek, uning ovqatlanish va boshqalar hayot tarziga bogʻliq umumiy holati katta ahamiyat kasb etadi. Umuman Oʻsmalar organizmga turli fizik, kimyoviy va biol. omillar taʼsir koʻrsatishi natijasida vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun ham hozir Oʻsmalarning kelib chiqishi koʻp omilli (polietiologik) jarayon deb qaraladi. Oʻsmalar, odatda 40 yoshdan keyin paydo boʻladi. Ammo yoshlar va hatto, bolalarda ham uchratish mumkin. Fanda mutatsion nazariya bilan bir qatorda xavfli o‘sma kasalini paydo bo‘lishi haqida virus-genetik nazariya ilgari surilgan. Mazkur nazariyaga muvofiq ayrim viruslar organizmda xavfli o‘sma kasalini paydo qiladilar. Bunday viruslar onkogen viruslar nomini olgan. Organizmda xavfli o‘sma kasalini paydo qiladilar. Viruslar хimiyaviy tarkibiga ko`ra оqsil va nuklеin kislоtadan ibоratdir. Viruslar tirik hujayrada ko`payadi. Onkogen viruslar. Onkogen viruslar bilan kurashish uchun RNK. Qoidaga ko'ra, RNK viruslari onkogen yoki yuqumli bo'lishi mumkin va shuning uchun ular retroviruslar oilasida uchraydigan sarum transkriptazasi mavjudligi sababli to'la va yuqumli bo'lishi mumkin. Bu turkumga C va D onkoviruslar kiradi.Nuqsonli noinfeksion viruslar A turiga kiradi. C tipi leykemiya va sarkomalarni keltirib chiqaradi va B turi sut bezlari saratoni viruslariga qaraganda muhimroqdir. D tipidagi onkornavirus inson saraton hujayralarida va mavpda kuzatilgan. Onkoviruslar ekzogen va endogenga bo'linadi. B, C va D onkologiyasi, T-limfotrop viruslar guruhi: HTLV-I va HTLV-II odamlarda leykemiyani keltirib chiqarishi ma'lum. Virogeniya. Virogeniya (viruslar va yun. genia — yaratish, kelib chiqish) virus bilan hujayraning oʻzaro munosabati. Bunda virus genomi hujayra xromosomasiga kirib oladi. V.da virus oʻz-oʻzidan reproduksiya qilinmaydi, balki virusning nuklein kislotasi xoʻjayin hujayrasi DNK si bilan birga replikatsiyalanadi. V.ga sabab boʻladigan viruslar meʼyordagi viruslar deyiladi. Ularga lizogeniya paydo qiladigan bakteriofaglar va onkogen viruslar kiradi. Onkogen viruslar bilan zararlangan hujayralarda irsiy oʻzgarishlar roʻy beradi, bu oʻzgarishlar tufayli xoʻjayin hujayrasi cheksiz boʻladi va boʻlinadi. Transformatsiyalangan hujayralarda virus genomi virus DNK si shaklida boʻladi. Virusning kimyoviy tuzulishi. Virusning hujayra bilan o'zaro ta'siri adsorbsiya jarayonidan, ya'ni virusning hujayra yuzasiga biriktirilishi bilan boshlanadi. Adsorbsiya virion oqsilining (antiretseptor) hujayra sirtining komplementar tuzilishi - hujayra retseptorlari bilan o'ziga xos bog'lanishidir. Kimyoviy tabiatiga ko'ra, viruslar o'rnatiladigan retseptorlar ikki guruhga kiradi: mukoprotein va lipoprotein. Gripp viruslari, parainfluenza, adenoviruslar mukoprotein retseptorlarida fiksatsiyalanadi. Enteroviruslar, gerpes viruslari, arboviruslar hujayraning lipoprotein retseptorlarida adsorbsiyalanadi. Adsorbsiya faqat ma'lum elektrolitlar, xususan, virusning ortiqcha anion zaryadlarini va hujayra yuzasini neytrallaydigan va elektrostatik repulsiyani kamaytiradigan Ca2 + ionlari ishtirokida sodir bo'ladi.Viruslarning adsorbsiyasi haroratga juda kam bog'liq. virus va hujayralar, keyin esa. virionning biriktiruvchi oqsilining hujayraning plazma membranasidagi o'ziga xos guruhlari bilan o'ziga xos o'zaro ta'siri sodir bo'ladi. Oddiy viruslar odamlar va hayvonlar kapsid tarkibida biriktiruvchi oqsillarni o'z ichiga oladi. Murakkab viruslarda biriktiruvchi oqsillar superkapsidning bir qismidir. Ular filamentlar (adenoviruslardagi tolalar) yoki mixo, retro, rabdo va boshqa viruslarda tikanlar, qo'ziqorin kabi tuzilmalar shaklida bo'lishi mumkin. Dastlab, virionning retseptor bilan yagona aloqasi sodir bo'ladi - bu biriktirma mo'rt - adsorbsiya teskari bo'ladi. Qaytarib bo'lmaydigan adsorbsiya sodir bo'lishi uchun virus retseptorlari va hujayra retseptorlari o'rtasida bir nechta bog'lanishlar paydo bo'lishi kerak, ya'ni barqaror multivalent birikma. Bitta hujayra yuzasida o'ziga xos retseptorlar soni 10 4 - 10 5 ni tashkil qiladi. Ba'zi viruslar uchun retseptorlar, masalan, arboviruslar uchun. umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning hujayralarida, boshqa viruslar uchun faqat bir yoki bir nechta turlarning hujayralarida mavjud.
Yüklə 30,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin