Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Diversifikatsiyanmg afzalliklari va kamchiliklari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə37/53
tarix16.08.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#139585
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Biznes strategiyasi

Diversifikatsiyanmg afzalliklari va kamchiliklari

Bozor va iste’molchilar uchun kurashishda yirik korporatsiya- lar qo‘shilish va birlashuv yo‘!ini tanlab, raqobatni susaytirish yoki qulay vaziyatdan foydalanish maqsadida vaqtinchalik strategik guruhni tashkil qiladilar.


Diversifikatsiyaning strategik afzailiklari bir necha omillar bilan ta’riflanadi. Ulardan eng muhimlari quyida keltirilgan:

  • Sinergizm potensiali — turli xildagi bizneslami o‘zaro birla- shuvida xarajatlaming qisqarishi, shuningdek, kapital aylanmasining tezlashuvi.

  • Biznesning axborotlar bilan ta’minlanish holatini yaxshilash, marketing tadqiqotlarini integratsiyalashuvi (ko‘p sohalarda bu integratsiyaga yetaklovchi stimul bo‘iib hisoblanadi).

  • Ishga oid aloqalarning doimiyligi, yetkazib berishni kafo- latlanganligi va turg‘unligi. Bu esa marketing va reklamaga yo‘naltiriigan vositalarni tejash imkoniyatini beradi.

  • Texnologiyalar bilan almashish hamda ITKTI (ilmiy tadqiqot, konstruktorlik-tajriba ishlar) hamkorlikda bajarish hiso- biga texnologik yutuqga erishiladi.

  • Ta’minot kanallari, marketing, xizmat va sifat darajasini takomillashtirishni birgalikda bajarish hisobiga mahsulotlarni solishtirish imkoniyatlari yaratiladi. Bu ayniqsa to‘g‘ridan'to‘g‘ri integratsiyada kuzatiladi.

Shuningdek, diversifikatsiya ehtimoldan yiroq bo'lmagan xavflarni hisobga olish bilan bog‘liq mantiqiy xarakterga ega bolishi shart. Chunki integratsiya ham xatarli boMishi mumkin. Diversifikatsiya faoliyatini tatbiq etishda bir tomondan strategik salohiyat imkoniyatlarini toiiq amalga oshirishni, boshqa tomon­dan esa muvozanatlashgan iqtisodiy va texnologik natijalarga erishishni ta’minlash kerak.
Bunda uchta asosiy muammo (kamchilik) mavjud bo‘ladi:

  • Turli shakldagi biznes orasida qat’i (real) aloqalarning mavjud emasligi va sinergizm potentsialining yo'qSigi.

  • Potentsial, sinergizm mavjud, ammo uni amalga oshirishda jiddiy muammolar yuzaga keladi. Shakllangan biznes subyektlari

orasida boshqaruv madaniyatida va tashkiliy tuzilishida farqlilik bo‘lishi mumkin. Bu esa qo‘shilish effektini amalga oshirishda qiyinchilikni (to‘siq) vujudga keltiradi.

  1. Monopoliyaga qarshi qonunchilik qo‘shimcha qiyinchiliklar va xavflarni tug‘diradi.

Diversifikatsiyaning kamchiliklari quyidagi omillar bilan ham ifodalaniladi:

  • yangi bozorlarga chiqish xarajatining yuqoriligi;

  • biznesda sheriklar tanlashda va diversifikatsiyada korxona faoliyatida yuqori egiluvchanlik va muvozanatlashganlik xususiyat- laming zarurligi;

  • barcha integratsiyalangan sikllar bo‘yicha innovatsion fao- liyatni tadbiq etilishi.

Ko‘pgina g‘arb mutaxassislari bogManmagan diversifikatsiyaga oid xavf va cheklovlaming mavjudligi sababli undan uzoqlashishga harakat qiladilar. Boshqaruv bo‘yicha taniqli mutaxasis Druker P. (Drucker), faoliyat sohasi va korxonaning boshqa resurslari yoki kadrlar, hamkor texnologiyalar yordamida umumiy bozorga kirish mumkin deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, diversi­fikatsiya yuqorida keltirilgan omillarsiz faoliyat ko‘rsatmaydi va faqatgina moliyaviy birlashuv yetarli samaraga ega emas.
Jumladan, avtomobil ishlab chiqarish pasaygan bir davrda, 1980 yillar orasida, diversifikatsiyalanishi natijasida, Yevropa avto­mobil kompaniyalari o‘zlarining asosiy faoliyatlariga bogMiq bolmagan (farmatsevtika, kosmetika, sug‘urta kompaniyalarini) korxonalarni o‘z tarkiblariga birlashtirishni boshladilar. Ammo keyinchalik, samarasizlik tufayli bu turdagi faoliyat dan bosh tortishga majbur boldilar.
I960—1970-yillar davomida Amerika neft kompaniyalari o‘z faoliyatlarini diversifikatsiyalashga qaror qildilar va neft biznesi bilan o‘xshashlikka ega degan tushunchaga asoslanib, tog‘-kon biznesiga kirib keldilar. Ammo qisqa vaqt mobaynida, ular yangi biznes turidan voz kechishlariga to£g‘ri keldi va maxsuslashtirilgan soha ko‘proq samara keltirishini tushunib yetdilar.
Mutaxassislar yirik Rossiya korxonalarining ortiqcha diversifi- katsiyadan holi bo‘lishi uchun harakat qilayotganliklarini e’tirof
ctmoqdalar. Bular ikkita omil bilan aniqlanadi. Birinchidan, jahon bozorida yirik Rossiya korxonalarining pozitsiyasini mustahkamlash va shu bilan birgalikda ushbu bozorlardagi raqobatga yetarlicha reaksiya koTsatishni va boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlarrii talab etadi. lkkinchidan, analitik markazlaming tahliliga ko‘ra, Rossiya- dagi yirik korxonalar ichki va tashqi bozorda yutqazib qo‘ymasligi uchun dinamik tarzda yirik korporatsiyalarga aylanmoqdalar.
Odatda, vertikal integratsiyada korxona umumiy xarajatlar tarkibida doimiy xarajatlarning ulushi ortadi. Bu esa integra- tsiyalangan ishlab chiqarish zanjiridagi raqobat va ta’sir qiluvchi bozor kuchlarini qisman bartaraf etishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Integratsiyalangan sikl ichidagi aloqalaming mustahkamligi tufayli zarurat tug‘ilganda sherikni (hamkorni) almashtirish mustaqil korxonalar bilan ishlashga nisbatan ancha qimmatga tushishi mumkin.
Diversifikatsiya dasturlarining amalga oshmasligining sabablari quyidagilardan iborat:

  • Iqtisodiy sabab — diversifikatsiya xarajatlarni ortishiga olib keladi;

  • Boshqaruv — korxonani boshqarish qiyinchiligini ortishi;

  • Iste’molchi — diversifikatsiya effekti iste’molchilar umidini puchga chiqarishi mumkin;

  • Raqobat — raqobat strategiyasining muhim talablari inobatga olinmasligi.

  • Diversifikatsiya korxona tuzilmaviy bo‘limlarga foydali bo'lib, uning raqobat holatini oshirganda, muvafTaqqiyatli bo‘lishi mumkin. Buning uchun quyidagilar zarur:

  • Mavjud tuzilmalar va ishlab chiqarish bo‘limlari imko- niyatlari doimiy qidiruvini amalga oshirish. Bu esa tabiiy ravishda biznesning yangi shakllarini o'zlashtirishga olib keladi va integ­ratsiya muammosini hal qilishni qulaylashtiradi.

  • Yangi biznes tuziimasini qayta tashkil qilish imkoniyatlarini baholash. Bir qator tadqiqotchilaming fikriga kora, taxmin etilgan biznes sohasi diversifikatsiyaga qadar jalb etuvchan bo'lishi shart emas. Yangi sohaga to‘liq iqtisodiy potentsiali aniqlangunga qadar o‘tish.

  • Diversifikatsiyani amalga oshirishda, asosiy biznes faoliyatida to‘p!angan amaliy tajribadan foydalanish. Bunda asosiy maqsad biznes subyektlarining bog‘langan va kuchaytiruvchi umumiy potentsialini tashkil etishdir.

  • Korporatsiya birligi mexanizmini (xodimlar motivatsiyasi, regional markazlarni tashkil etish, korporativ madaniyatni rivojlan­tirish) vujudga keltirish hisobiga hamkorlikning o‘ziga xos tarafini ifodalash, diversifikatsiya ta’sirida korxonaning parokanda bo‘lshiga yo’lqo‘ymaslik maqsadida xodimlar va biznes subyektlari orasidagi o‘zaro gorizontal bog‘liql ikni yanada soddalashtirish uchun mukammal asos yaratishdir.




Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin