10-topshiriq. Quyidagi matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ularning sinonimlariga almashtiring.
Ko‘pgina motor ishlab chiqaruvchi korxonalar elektr zaryadli mashinalar ishlab chiqarishmoqda. Ushbu kompaniyaning maqsadi arzon va oz miqdorda iflos chiqaruvchi mashinalarni ishlab chiqarish. Lekin ushbu motor ishlab
chiqaruvchilar bir necha qiyinchiliklarga uchrashdi. Birinchi muammolardan biri batareya miqdorining cheklangani bo‘lsa, ikkinchisi uning narxi va og‘irligi. Biroq motor ishlab chiqaruvchilar ushbu muammolar tez kunlarda bartaraf etilishini va mashinalarning 10% miqdori 5 yil mobaynida uzluksiz elektr zaryadi bilan ta’minlanishini bashorat qildilar.
7-MAVZU: MATN YARATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
“Nima uchun” texnikasi
“Nima uchun” sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida-kichik guruhlarda muammoni ifodalaydilar. “Nima uchun” so'rog`ini beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi aniqlanmagunicha davom etadi.
“Nima uchun” sxemasi- muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo`yicha fikrlar zanjiri.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi.
Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o'zlarining chizmalarini to'ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar.
Ish natijalarining taqdimoti
1-topshiriq: Siz Turizm Marketingini o`rganmoqdasiz. Quyida berilgan 1-4 matnlarni o`qing. Akademik matnda ishlatish uchun qaysi biri eng yaroqli ekanligiga qaror qiling va nimaga?
Dostları ilə paylaş: |