15
natijalari va ularning taxlili va ikkinchi qismida ta`lim-tarbiya masalalari va
o’qitish jarayonining metodik asoslari aks ettirilishi kerak.
Bitiruv
malakaviy
ish
mavzulari
bankini
yaratishda
mavzularni
shakllantirishni ob`ektni tayyorlash texnologiyasi orqali kompleks yondashuv va
ta`lim-tarbiya masalalari va o’qitish metodikasini uyg`unlashtirish tamoyilida
amalga oshirishni maqbul deb hisoblaymiz.
Bitiruv malakaviy ish mavzuini aniq ifodalash jarayonida ilmiy izlanish
yo’nalishi va metodlari, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob`ekti va predmeti
hisobga olinishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishlarning sifatini yaxshilash, mavzularning qaytarilishi
yoki ko’chirmachilik holatlarining oldini olish maqsadida keng qamrovli mavzular
bankini yaratish muhim. Bunda bitiruv malakaviy ish mavzusini shakllantirishga
ta`lim mazmuni, metodlar, ta`lim vositalari va shakllari, tarbiyalash, shaxsiy va
individual sifatlarini rivojlantirish hamda texnik ob`ektlar asosida yondoshish
mumkin. Biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi yo’nalishi bo’yicha
ta`lim olayotgan talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mazmunida soha ixtisosligi
bo’yicha hamda pedagogika, psixologiya va kasbga oid fanlarni o’qitish metodikasi
bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalari namoyon bo’lishi kerak.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari quyidagi so’zlar bilan yakunlanishi lozim:
«…tadqiq qilish», «…. shakllantirish (rivojlantirish)», «… loyihalash (ishlab
chiqish)», «…tahlil qilish (baholash)», «…kuchaytirish (susaytirish)», «…sifatini
yaxshilash (samaradorligini oshirish)» va h.k. Shuningdek, bunda maqsad va
vazifalar uyg`unligiga erishish joiz. Masalan: «…tahlil qilish va yuzaga keltirish»,
«…loyihalash va baholash».
Dostları ilə paylaş: