41
kafedraning nomlanishi 12 shriftda;
ilmiy darajasi 12 shriftda yoziladi.
Izoh: tadqiqot mavzusining nomi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi,
malakaviy ish hamda so’z boshi katta harflarda teriladi.
Tugallangan bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbar ko’rib bo’lgandan keyin, uni
avval, kafedradagi dastlabki himoyaga, so’ngra ochiq himoyaga tavsiya etadigan
taqriz beriladi (9-ilova ).
Biror fikr yoki ta`riflarni keltirganda yoki ularni qiyosiy taqqoslaganda ular
o’z asliga to’g`ri xolda, hech qanday qo’shimchalarsiz qo’shtirnoq ichida «........»
keltiriladi va shu betdagi matn oxirida manbasi (muallif, asar nomi, nashr joyi,
nashriyot, yili, beti) ko’rsatiladi.
Bitiruv malakaviy ishning sarvarag`ida ishning himoya kilishga ijozat
berilishini tasdiqlovchi kafedra mudirining imzosi, shuningdek, ishning attestatsiya
komissiya oldida himoya qilishga tayyorgarligini tasdiqlovchi ilmiy rahbar va
ilmiy maslahatchining imzosi qo’yiladi.
Bob va bo’limlarning sarlavhasi bo’lishi lozim. Boblar sarlavhasi hoshiyadan,
bo’limlar esa satr boshidan rasmiylashtiriladi. Sarlavha va matnlar o’rtasidagi
masofa sarlavha ajralib turilishi uchun kengaytirilgan bo’lishi lozim. Har bir bob
yangi varakdan boshlanishi kerak. Boblar sarlavhasi bosh harflarda, bo’limlar
sarlavxasi esa kichik xarflarda yoziladi. Sarlavhalar oxiriga nuqta qo’yilmaydi va
ular tagiga chizilmaydi. Bob va bo’limlarning sarlavhasi arab raqamlari bilan
raqamlanadi. Bo’limlar raqamlari bob va bo’limlar raqamlaridan iborat bo’lib,
nuqtalar bilan ajratiladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati 2 intervaldan so’ng yoziladi, har
bir nomdagi adabiyot satr boshidan boshlanadi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxatining oxirgi varag`ida sana va ish
muallifi bo’lgan talabaning ish matni solishtirib chiqilganligi xamda matn
parchalari tekshirilganligini tasdiqlovchi shaxsiy imzosi qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: