Bir atomli va ko`p atomli karbon kislotalar



Yüklə 267,5 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2021
ölçüsü267,5 Kb.
#49389
1   2   3   4   5   6
Bir atomli va ko`p atomli karbon kislotalar

Olinish usullari.

1. Birlamchi spirtlar oksidlanganda dastlab aldegid, so`ngra kislota hosil bo`ladi. Bunda uglerod atomlarining soni o`zgarmaydi:

2. Gemigaloidli uglevodorodlar, orto-efirlar, amidlar, kislota angidridlari va xlorangidridlari gidrolizlanishidan hosil bo`ladi.

3. Ikki sosli karbon kislotalarni qizdirib acetosirka efir asosida sintez qilish orqali va yog`-moylarni gidrolizlab olinadi.

Fizik xossalari. Karbon kislotalarning quyi vakillari odatdagi sharoitda o`tkir hidli, suv bilan har qanday nisbatda aralashadigan, sovitilganda oson kristallanadigan harakatchan suyuqliklardir. Molekulasidagi uglerod atomlari soni beshtadan to`qqiztagacha bo`lgan kislotalar (izomoy kislota ham) moysimon suyuqliklar bo`lib, suvda yomon eriydi.

Yuqori molekulyar yog` kislotalar hidsiz, suvda erimaydigan qattiq moddalardir. Bir asosli to`yingan karbon kislotalarning asosiy fizik xossalari 9-jadvalda keltirilgan. Karbon kislotalarning deyarli hammasi spirtda va efirda yaxshi eriydi.

Kislotalarning molekulyar massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ham ortadi, solishtirma massasi esa kamayadi. Normal tuzilishga ega bo`lgan kislotalar tarmoqlangan kislotalarga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi. Masalan, valerian kislota CH3-CH2-CH2-CH2-COOH 180°C da,

izovalerian kislota 176,7° C da qaynaydi. Molekulasidagi uglerod atomlari soni juft bo`lgan kislotalar uglerod atomlari soni toq bo`lgan kislotalarga qaraganda yuqori temperaturada suyuqlanadi.

Kislotalarning molekulyar massasini aniqlash natijasida suyuq holatda ularning molekula massasi ikki  aravar ortiqligi ma`lum bo`ladi. Buning sababi kislota molekulalarining o`zaro associlanganligi, ya`ni vodorod bog`lanish hosil bo`lganligidir, buning natijasida tsiklik yoki struktura hosil bo`ladi.

Kimyoviy xossalari . 1. barcha karbon kislotalar, anorganik kislotalar kabi kislota xossalariga ega bo`lib, ko`k lakmusni qizartiradi. Kislota gidroksidining .kuchli kislotali xossasi karboksil gruppadagi atomlar elektron zichligining siljishi bilan tushuntiriladi. Karboksil gruppada elektron zichligi elektrofil  atomga, ya`ni kislorodga siljigan bo`ladi. Natijada karboksil gidroksilidagi vodorod bilan kislorod orasida bog`laish zaiflashadi va, nihoyat, vodorod atomi proton holida ajralib chiqadi, dissocilanadi.



2. Karbon kislotalar ham xuddi mineral kislotalar kabi metallar, metall oksidlari va ishqorlar bilan reakciyaga kirishib tuzlar hosil qiladi:



3. Karbon kislotalarga fosforning galoidli birikmalari ta`sir ettirilganda shu kislotaning galoid-angidridlari hosil bo`ladi:



4. Karbon kislotalar bilan spirtlar o`zaro reakciyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qiladi.



5. Xlorangidridlarga va murakkab efirlarga ammiak ta`sir ettirilsa, kislota amidlari hosil bo`ladi.

6. Sirka xlor bilan reakciyaga kirishib, radikaldagi vodorod xlorga o`rin beradi




Yüklə 267,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin