«BUMERANG TEXNOLOGIYASI»
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit
holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun
va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan mavzularni
o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarni qamrab oladi
hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarini bajarilishi,
navbat bilan o‘quvchi va o‘qituvchi rolida chiqishi mumkin. «Bumerang» texnologiyasi
tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imqoniyat yaratadi; xotirani, g‘oyalarni,
fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilishda ko‘nikmalarni
rivojlantiradi. Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator
vazifalarni amalga oshirish imqonini beradi:
Jamoa bilan ishlash mahorati; muammolik, hushfe’llik, ko‘nikuvchanlik, o‘zga
fikrga hurmat, faolllik, rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondoshish, o‘z
faoliyatining samarlik bo‘lishiga qiziqish, o‘zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvini davom ettirishga imqon beradi.
Ularga qisqa. Bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar - bu savollar oldindan «ha» yoki «yo‘q» tipidagi to‘g‘ri, ochiq,
javoblarni berishini ko‘zda to‘tadi.
Ko‘ndalang so‘roq – bir - biriga guruhlar beriluvchi qisqa savollar qatori bo‘lib, bu
o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va
muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imqoniyatdir.Ko‘ndalang so‘roq paytida
munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga
kirishilmaydi.
Dostları ilə paylaş: