Ayrim
genlar
yuqori
temperatura
ta'sirida
faollanadi.
Bunday
genlar
boshqariladigan promotorlarga misol bo'ladi. Ayrim genlar zahira oqsillari (masalan,
boshoqli o'simliklarda uchraydigan zein oqsili) sintezini nazorat qiladi. Ular to'qima
spetsifik ekspressiyaga misol bo'ladi.
O'simliklar gen muhandisligida ko'p ishlatiladigan promotor - CAMV (
cauliflower
mosaic virus
– gulkaram mozaikasi virusi) promotori. CAMV promotoriga ulangan
genlar o'simlikning barcha to'qimalarida faol ekpressiyalanadi.
Va nihoyat vektorlarda markerlar ham bo'lishi zarur. Chunki transgen o'simliklar
marker genlar yordamida saralanadi. Marker genlar reporter genlar ham deyiladi.
Marker genlar soni anchagina. Misol uchun,
luxA
va
luxB
genlari. Ular tunda yonib
turadigan hasharotlar DNKsidan ajratilgan.
luxA
va
luxB
genlari lyutsiferaza fermenti
sintezini boshqaradi. Lyutsiferaza oksidlangan lyutsefirin pigmentini lyutsefiringa o'tish
reaktsiyasini katalizlaydi. Tungi hasharotlarning yonib turishiga luytsefirin pigmenti
sababchidir.
luxA
va
luxB
marker genlarini saqlagan transgen o'simlikni boshqalaridan
ajratib olish oson. Chunki ular, yuqorda aytganimizdek, chiroq shu'lasi kabi yonib
turadi.
Ohirgi paytlarda
pgfp
markeri ham keng ishlatilmoqda. Bu genGFP-oqsili (green
fluorescent protein) sintezini nazorat qiladi.
U Acquorea victoria
meduzasining
DNKsidan olingan. Tanasida
pgfp
markeri saqlagan transgen o'simlikka ul'trabinafsha
nur tushurilsa, u yashil rang berib tovlanadi.
T-DNK orqali o'simlik hujayralarini transformatsiyalashning an'anaviy usuli -
mahsus jarohatlangan yosh o'simlik novdasiga tarkibidaTi-plazmida mavjud
agrobakteriyani kiritish. Hozirda transgen o'simlik olishning bir necha hil usullari
ishlab chiqilgan. Hattoki mahsus «Shotgun» qurilmasi yaratilgan. DNK molekulalari
vol'fram sharchalar bilan o'raladi va «Shotgun» qurilmasida o'simlik tanasiga miltiqdan
o'q otish kabi otiladi.
Dostları ilə paylaş: