II. Uyga vazifani tekshirish 10 minut
O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilan “Blits savol” metodi orqali bilimlarini tekshirish.
Barcha o’quvchilar 2 guruhga bo’linadi.
Guruhlarga 5ta savoldan iborat test tarqatiladi.
Savollar o’tgan mavzu, ya’ni “Nafas olishning boshqarilishi, nafas olish organlari kasalliklari” bo’yicha tuzilgan bo’ladi.
Testni yechish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi, guruhlar o’zaro javoblarini almashib bir-birini tekshiradi. Javoblar to’g’ri yoki noto’g’riligi tahlil qilinadi. Har bir to’g’ri javob uchun 1 balldan beriladi.
“Blits savollar”
Qushlarning hazm qilish sistemasiga nimalar kiradi?
Sutemizuvchilarda oziqning xilmaxilligi tufayli qanday moslanishlar kelib chiqqan?
O’txor hayvonlarni moddalarning davriy aylanishidagi o’rni nimadan iborat?
4. Hayvonlarda minerallar yetishmovchiligi nimalarga sabab bo’ladi?
5. Parazit hayvonlardagi moslanishlarni aytib bering?
III. Yangi mavzu bayoni: 20 minut
Ovqat hazm qilish sistemasi organlari
Reja:
1. Ovqat hazm qilish organlari.
2. Og’iz bo’shlig’i: so’lak bezlari va tilning tuzilishi, vazifasi.
3. Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi.
4. Ovqatning og’iz bo’shlig’ida o’zgarishi.
Odamda ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichakdan iborat. Ovqat hazm qilish sistemasi odam iste’mol qilgan oziq moddalarni parchalab, ularning hujayralar tomonidan oʻzlashtirilishini taʼminlaydi. Oziq moddalarining tishlar yordamida maydalanishi, ichakda fermentlar ta’sirida parchalanishi va ichak devori orqali qonga so‘rilishi hazm qilish deyiladi (5.16-rasm).
Oziqning hazm qilinishi ogʻizdan boshlanadi. Og‘izda tishlar va til joylashgan. Til ovqatning ta’mini aniqlash, uni aralashtirish funksiyasini bajaradi. Ogʻizda ovqat tishlar yordamida mexanik va so‘lak ta’sirida kimyoviy parchalanadi.
Odamda 32 ta doimiy tishlar, yosh bolalarda 20 ta sut tishlari bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning tishlari bo‘lmaydi. 6 oylikdan boshlab uning birinchi sut tishlari paydo bo‘ladi.
7–8 yoshdan sut tishlari doimiy tishlar bilan almashina boshlaydi. 10–12
yoshga kelib tishlar almashinishi tugallanadi (5.17-rasm).
Ovqat og‘izda chaynalib, qiziloʻngach orqali oshqozonga tushadi. Qiziloʻngach ogʻiz boʻshligʻi bilan oshqozonni oʻzaro bogʻlaydi. Ovqat oshqozonda kimyoviy va mexanik taʼsirlarga uchraydi. Oshqozon devori muskullari
ovqatni aralashtirib, mexanik parchalaydi. Fermentlar va oshqozon shirasi
esa ovqatning kimyoviy parchalanishini taʼminlaydi. Oshqozonda hazm bo‘lgan oziq ichaklarga oʻtadi. So‘ng ichaklardan qonga so‘riladi. Oziqning hazm boʻlmagan qismi va suv yoʻgʻon ichakka oʻtadi. Bu yerda suv soʻriladi va hazm boʻlmaydigan moddalar qoldiq sifatida toʻgʻri ichakdan oʻtib, anal teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Ovqat hazm qilishda soʻlak bezlari, oshqozonosti bezi, jigar va oʻt pufagi ham qatnashadi.
Dostları ilə paylaş: |