135
bo‘lakka bo‘linadi. DNK bo‘laklarini elektroforez moslamasida kuchli elektr
maydonida katta-kichikligiga qarab ajratiladi va hosil bo‘lgan bo‘laklar maxsus
bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Elektroforez gelidan kerakli DNK bo‘lagini suvda eritib
ajratib olish mumkin. Boyer va Koen shu usullar bilan ajratib olingan yopishqoq
uchli xromosoma DNK bo‘lagini ochiq holatdagi yopishqoq uchli plazmid
DNKsi bilan probirkada aralashtirib ligaza (ulovchi) fermenti vositasida bu ikki
xil DNK bo‘laklari uchlarini bir-biriga kovalent bog‘lar yordamida uladilar.
Natijada plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo‘lagi kiritildi. Shu usulda ilk bor
rekombinant plazmid hosil qilindi. Bu molekular qurilmada (konstruksiyada)
plazmid DNK vektor (yo‘naltiruvchi) funksiyasini bajaradi, chunki yuqorida
aytib o‘tganimizdek plazmidlar DNKsiga rekombinatsiyalana oladi. Bu vektor
konstruksiya o‘z tarkibida antibiotikka chidamlilik geni bo‘lganligi uchun
maxsus yaratilgan plazmidsiz, ya’ni antibiotikka chidamsiz shtamm hujayralariga
kiritildi. Rekombinant plazmid kiritilgan bakteriya hujayralari kloni antibiotikka
chidamli genga ega bo‘lib qolganligi sababli, plazmidsiz bakteriyadan farq
qilib, antibiotik ta’sirida nobud bo‘lmaydi. Shu sababli tajriba o‘tkazayotgan
probirkaga antibiotik qo‘shib rekombinant bakteriya kloni ajratib olinadi va
klonlanadi. Bu klonni tashkil etuvchi har bir bakteriyada yot (geterologik) DNK
bo‘lagi bor bo‘lib, bakteriya biomassasi qanchalik ko‘paytirilsa, yot DNK bo‘lagi
shunchalik ko‘payishi mumkin. Undan tashqari, rekombinant plazmid vektor
avtonom replikatsiyalanuvchi plazmid bo‘lsa, yot DNK bo‘lagini yana o‘nlab
barobar ko‘paytirish mumkin (70-rasm).
Dostları ilə paylaş: