137
Muayyan bir genni hujayraga kiritish uchun tuproq bakteriyasi Agrobak-
terium hujayrasidagi plazmiddan foydalaniladi. Agrobakteriyaning ayrim
turlari (Agrobacterium tumefaciens) ikki urug‘pallali o‘simliklarni zararlab,
ularda shish keltirib chiqarishi mumkin.
Agrobacterium tumefaciens
–
tuproq
bakteriyasi shish hosil qilish xususiyatiga ega. Bu xususiyati Ti-plazmid deb
ataladigan plazmida bilan bog‘liq. Ti-plazmida hujayraga genetik axborotni
kiritish uchun zarur bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega tabiiy vektor bo‘lib,
hujayraga genetik axborotni kuritish uchun zarur xususiyatlarga ega.
O‘simlik zararlanganidan so‘ng Ti-plazmidaning bir qismi o‘simlik
hujayralariga kiradi. Zararlangan o‘simlik tanasidagi
hujayralar pala-partish
bo‘linishi natijasida shish hosil bo‘ladi. Bu shishni Ti (Ti-ay) plazmid
genomining T-DNK (shish hosil qiluvchi DNK) bo‘lagi chaqiradi (71-rasm).
71-rasm.
T-DNK genining o‘simlik hujayrasi genomiga birikishi va shish hosil qilishi.
Buning sababi T-DNK o‘simlik hujayrasi genomiga birikishi va uning
xususiyatini buzishidir. T-DNKning bu xususiyatidan
gen muhandis ligida
keng foydalaniladi.
Agrobakteriumning Ti-plazmidi birmuncha yirik bo‘lganligi uchun undan
gen injeneriyasi maqsadlarida foydalanish qiyin. Shu sababli, o‘simlik irsiyatini
gen muhandisligi usuli bilan o‘zgartirish uchun plazmidning T-DNK qismi
maxsus restriktaza bilan kesib olinadi va pBR 322 (pi-bi-ar 322) plazmidasiga
ko‘chirib o‘tkaziladi. Yaratilgan sun’iy plazmid Ti-plazmidaga nisbatan
birmuncha kichik bo‘lib, ulardan foydalanish ancha osonroq va unumliroqdir.
Bunday molekulalar
vektor konstruksiya
deb ataladi. Vektor konstruksiyaning
138
T-DNK qismini kesib, unga o‘simlik geni kiritiladi. Natijada T-DNK shish
chaqirish qobiliyatini yo‘qotadi, chunki yot gen T-DNKni ikki bo‘lakka bo‘lib
yuborgan. Tarkibida T-DNK va yot genga ega vektor konstruksiya Ti-plazmidi
genomidan
T-DNK qismi olib tashlangan, o‘simlik uchun zararsiz maxsus
agrobakterium shtammlariga kiritiladi. Bu bakteriyalar bilan o‘simlik hujayrasi
zararlantirilganda, agrobakterium yot genni o‘zining maxsus transformatsiya
apparatidan
foydalanib, o‘simlik genomiga o‘tkazadi. So‘nggi yillarda vektor
molekula tarkibiga kiritilgan yot genlarni o‘ta kuchli elektr maydoni ta’sirida
Dostları ilə paylaş: