307
qoldig‗ining A-uchida joylashganligi uchun peptidil-t-RNK bilan ta‘sirlanib
peptidil-puromisin hosil qiladi. Peptidil-puromisin
antikodon tavsifli triplet
bo‗lmaganligi sababli u peptid zanjirning elongatsiyasini tormozlab qo‗yadi. Bu
preparat prokariotlarda ham, eukariotlarda ham oqsil sintezini tormozlaydi.
Shish
hosil bo‗lishiga qarshilik ko‗rsatadigan ancha zaharli tavsifga ega bo‗lgan
aktinomisin, ham oqsil sinteziga tormozlovchi ta‘sir ko‗rsatadi. U DNK ni
dezoksiguanozin qoldig‗i bilan birikib uning matritsalik
funksiyasini ishdan
chiqaradi. Sil (tuberkulyoz)ga qarshi qo‗llaniladigan refamisin ham RNK ning
sinteziga tormozlovchi ta‘sir ko‗rsatadi. Xloramfenikol bakteriyalarning 70 S
ribosomasida oqsil sintezining peptidiltransferaza reaksiyasini ingibirlaydi.
Eukariotlardagi 80 S li sharoitda bu jarayon ro‗yobga oshmaydi. 80 S li sharoitda
Dostları ilə paylaş: