38
murakkabroq bo‗ladi, chunki bu zanjirlarni oldindan bir-biridan ajratishga to‗g‗ri
keladi.
Oqsillarning birlamchi strukturasini aniqlash uchun avval aminokislota
tarkibini, ya‘ni gomogen tozalikda bo‗lgan oqsil namunasida 20 xil
aminokislotalarning nisbiy ko‗rsatkichini aniqlash kerak. Bu jarayon oqsilni
gidrolizlash va bundan keyin aminokislotalarni miqdorini tahlil qilish orqali
amalga oshiriladi. Keyin polipeptid zanjirining -COOH va -NH
2
uchlarida
joylashgan bittadan aminokislotalarni aniqlashga kirishiladi. N-uchida joylashgan
aminokislotalar 1-ftor, 2-,4-dinitrobenzol yoki gidrazin reagentlaridan foydalanib,
tegishli ravishda Sanger yoki Akobori uslubida aniqlanadi. Bu reaktivlar
polipeptidning aynan N-uchida joylashgan aminokislota bilan birikadi.
Polipeptidning C-uchida joylashgan aminokislotalarini aniqlash uchun
polipeptidga qaytaruvchi xossaga ega bo‗lgan modda, masalan, natriy borgidratdan
foydalaniladi va bunda C-uchida joylashgan aminokislota tegishli aminohosilaga,
ya‘ni aminospirtga aylantiriladi. Bundan tashqari, bu maqsadda karboksipeptidaza
uslubidan foydalaniladi. Hozirgi kunda oqsillarning birlamchi strukturasini
aniqlash muammosi laboratoriyaning jihozlanish darajasiga va vaqtga bog‗liq
masala desa bo‗ladi. Bu fikrning daliliy isboti, yuqorida keltirilganidek, talaygina
tabiiy oqsillarning birlamchi strukturalari aniqlanganligidir.
Ular orasida eng birinchisi 51 aminokislota qoldig‗idan iborat bo‗lgan insulin
(Senger, 1954) hisoblanadi. Birlamchi strukturasi aniqlangan eng yuqori
molekulali oqsil, to‗rtta polipeptid zanjirdan iborat bo‗lgan immunoglobulin
hisoblanib, uning tarkibida jami 1300 aminokislota qoldig‗i borligi ma‘lum. Bu
tadqitqot uchun Dj.Edelman va R.Porter (1972)lar Nobel mukofotini olishga
muyassar bo‗lishgan.
Shuningdek, odam mioglobini (153 ta aminokislota qoldig‗i), ikki molekula
alfa-globin (141 ta aminokislota qoldig‗i) va ikki molekula beta-globin (146 ta
aminokislota qoldig‗i)dan tashkil topgan odam qoni gemoglobini, odamning yurak
mushagi sitoxromi (105 ta aminokislota qoldig‗i), sut lizosimi (130 ta aminokislota
qoldig‗i), qoramol ximotripsinogeni (245 ta aminokislota qoldig‗i) va boshqa ko‗p
oqsillar, jumladan, fermentlar va toksinlarning birlamchi strukturalari to‗liq
o‗rganilgan.
Dostları ilə paylaş: