Biogen elementlar va ularning ahamiyati reja: Biogen elementlar va ularning turlari. Makrobiogen va mikrobiogen



Yüklə 18,69 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü18,69 Kb.
#166200
BIOGEN ELEMENTLAR VA ULARNING AHAMIYATI


BIOGEN ELEMENTLAR VA ULARNING AHAMIYATI
Reja:
1. Biogen elementlar va ularning turlari. Makrobiogen va mikrobiogen .
2. Biogen elementlar haqida maʼlumotlar.

Yer po‘stlog‘ining 98% i, asosan 8 ta element: O, Si, Al, Fe, Ca, Na, K, Mn hisobiga tashkil topgan. Evolutsiya jarayonida ularning barchasi tirik materiya tarkibiga kirgan bo‘lsa-da, uglerod asosiy hayot elementi bo‘lib qolgan.


O‘simliklarning 99,1% to‘qimalarini O, C, H, Na, K, Ca, Si elementlari tashkil etgan.
Inson tanasining 99,4% ini H, O, C, N, Ca tashkil etadi. Ularning barchasi makrobiogen elementlar deb ataladi.
Tirik organizmda 0,01% dan kam miqdorda uchraydigan 10 ta element: Fe, Mn, Co, Cu, Mo, Zn, F, Br, I, B mikrobiogen elementlar deb ataladi. Ular hayot uchun o‘ta zarur hisoblanadi. Mikrobiogen elementlar mikroelementlardeb ham atalib, ular qand moddalari, kraxmal, oqsillar, turli nuklein kislotalar, vitaminlar, fermentlarning hosil bo‘lishiga yordam qiladi. O‘simliklarning unumsiz yerlarda yaxshi o‘sishini, hosildorlikning ko‘payishini, qurg‘oqchilik va sovuq sharoitlarga moslashishini, turli kasalliklarga chidamliligini ta’minlaydi. Tarkibida temir saqlovchi “ferrostimulator”lar I.R. Asqarov va Sh.M.Qirgizov tomonidan ixtiro qilingan bo‘lib, o‘simliklarning o‘sishiga ijobiy ta’sir etuvchi biologik faol moddalar sifatida amaliyotga tadbiq etilgan.Marganes, mis, molibden va bor fotosintez jarayonining ,borishiga, o‘simliklarning o‘sishi va urug‘larining yetilishida muhim ahamiyatga ega. Ular yana tashqi muhitning zararli ta’sirlariga (tuproqda namlikning yetishmasligi, haroratning ortib ketishi yoki pasayib ketishi) chidamlilikni oshiradi, bir qator bakteriya va zamburug‘ kasalliklariga (kanop bakteriozi, lavlagi o‘zagining chirishi, donli o‘simliklardagi kulrang dog‘lar) nisbatan barqarorligini ta‘minlaydi. Borning no‘xat, loviya, beda, qandlavlagi, kanop, poliz ekinlari va rezavor mevalar hosildorligini oshirishda ahamiyti ko‘plab tajribalarda isbotlangan.Kalsiy odam organizmida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan biogen element bo‘lib, organizmdagi barcha kalsiyning 99% i suyakda, taxminan 1% i esa qon va limfada uchraydi. Kalsiy yetishmasligi bir qator kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tabobatda kalsiy xlorid, kalsiy glukonat asosida tayyorlangan dorivor moddalar keng qo‘llaniladi. “Askalsiy” oziq-ovqat qo‘shilmasidan suyak, qon, o‘sma va boshqa xastaliklar bilan og‘rigan bemorlar organizmining himoya quvvatini oshirishda samarali foydalanilmoqda.Mis — quritilgan botqoq yerlar, qumloq va misga kambag‘al yerlarda don hosildorligini ko‘paytirishda, Mo — dukkaklilar va yem-hashak ekinlari samaradorligini oshirish, Mn — qandlavlagi, bug‘doy yetishtirishda, Zn — makkajo‘xoridan yuqori hosil olishda katta samara beradi. Co va I — hayvonlardan yuqori va sifatli mahsulot olishda muhim omil hisoblanadi.Marganes — tirik organizmlarda siydik hosil bo‘lishida asosiy elementdir. U, shuningdek, C — vitaminining hosil bo‘lishida ham katta ahamiyatga ega. Marganes rezavor mevalar va g‘alladoshlar hosildorligini sezilarli darajada oshiradi. Masalan, qulupnayning hosildorligi gektariga 30 sentnergacha, bug‘doyning hosildorligi esa 3—4 sentnergacha ortadi. Paxta chigiti ekishdan avval marganes tuzlari bilan namlansa, hosildorlik gektariga 2 sentnergacha ortadi. G‘oza, tamaki, qandlavlagining o‘sishini tezlashtiradi.Kobalt — gemoglobin sintezida katta ahamiyatga ega, DNK va aminokislotalar almashinuvida muhim element hisoblanadi. Co uzum hosildorligini oshirish bilan birga mevasi tarkibida qand moddalarining ko‘payishiga yordam beradi. Co — Mn, Zn, B, Cu mineral o‘g‘itlar bilan qo‘shib ishlatilganda g‘ozaning rivojlanishi tezlashadi va hosildorlikni gektariga 3—4 sentnerga oshiradi.Mis — teri pigmentatsiyasida, Fe ning o‘zlashtirilishida katta rol o‘ynaydi. Rux — organizmda CO2 hosil bo‘lishi va oqsillarni o‘zlashtiriliHozirgi kunda biosfera turli birikmalar bilan tobora ifloslanib borayotgan paytda metallar va metallmaslar — mikroelementlar konlarining tabiiy konsentratsiyalari o‘zgarib, qayta taqsimlanayotganligi tirik tabiatga ta’sir etuvchi omillardan biri ekanligini chuqur anglashimiz zarur.
500 000 dan ortiq turdagi o‘simliklardan 300 ga yaqini va milliondan ortiq hayvon turlaridan 200 ga yaqinida mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyoj sezilayotganligi endi aniqlangan. Bu yetishmovchilik bartaraf etilmagan holda butun bir turning yo‘qolib ketayotganligini, tabiatdagi muvozanat buzilayotganligini kuzatish mumkin. Shuning uchun dunyo olimlari mikroelementlar va ularning tirik organizmlar hayotidagi roli ustida tinimsiz izlanishlar olib bormoqdalar va dastlabki ijobiy natijalarga erishmoqdalar.
Yüklə 18,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin