Bilish jarayonlari : Diqqat va Sezgi jarayoni



Yüklə 105,54 Kb.
səhifə3/4
tarix13.04.2023
ölçüsü105,54 Kb.
#97462
1   2   3   4
ДИҚҚАТ

Sezgi eng oddiy, biroq shu bilan birga, juda muhim psixik jarayondir. U barcha bilimlarimizning dastlabki manbaidir. Atrofdagi dunyoni bilish sezgidan boshlanadi. Sezish – oddiy psixik jarayon bo’lib, moddiy qo’zg’atuvchilarning tegishli repseptorlarga bevosita ta’sir etish yo’li bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning alohida xususiyatlarini va shuning bilan birga, organizm ichki holatining aks ettirilishidan iboratdir. «Sezgi – materiyaning sezgi organlarimizga ta’sir etishi natijasidir». Sezgilar o’z mohiyati jihatidan bir muncha sodda psixik jarayon bo’lishiga qaramay barcha bilimlarimizning asosi va manbai hisoblanadi. Chunki, narsa va hodisalarni aks ettirishning ko’pchilik qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo’lmaganda tevarak-atrofni narsa va hodisalarni aks ettirishdan, ularni bilishdan mahrum bo’lgan bo’lardik. Sezgi organiga ta’sir etib, sezgini vujudga keltiradigan har bir narsa qo’zg’ovchi deb ataladi

Odamning sezgilar orqali tashqi dunyo voqea-hodisalarini bilishi quyidagi uch bosqichdan iborat; 1. Tashqi dunyodagi predmetlar va voqea-hodisalar sezgi organiga (retseptorga) ta’sir etiadi. Bu ta’sir tegishli nervlarni harakatga keltiradi, natijada qo’zg’alish vujudga keladi. 2. Bu qo’zg’alish maxsus nervlar yordamida bosh miyaga yetkaziladi. 3. Bosh miya po’stining markaziy hujayralar sistemasida sezish holati yuz beradi. Ana shu uch bosqichdan iborat bo’lgan sezuvchi nerv apparati analizator deb aytiladi. Biror predmet yoki voqea-hodisaning ta’sirini bevosita aks ettiruvchi apparat - analizator hisoblanadi. Bu jihatdan har bir sezgi a’zosi o’ziga xos analizatordir. Masalan, ko’z – ko’rish analizator, quloq – eshitish analizatori, burun – hid bilish analizatori deb yuritiladi. Odam organizmidagi har bir sezgi a’zosi (ko’z, quloq, burun va x.k.) narsa va hodisalarning tafsilotini analiz qilib (qismlarga parchalab), bosh miyaga o’tkazadi.

Sezgi organlarining organizmdagi o’rni va qo’zg’alishiga muvofiq sezgi turlari quyidagi uch guruhga ajratiladi : 1. Eksteroretseptorlar – bu gruppaga ko’rish, eshitish, hid bilish, ma’za va teri sezgi organlari kiradi. Organizmdan tashqaridagi narsa va hodisalarning xossalari shu organlar orqali aks etadi. 2. Interoretseptorlar – bu gruppaga gavda ichidagi organlar – me’da, ichak, jigar, o’pka, qon aylanish organlari, umuman organik sezgilar kiradi. Bu sezgilar ichki organlarning holatini aks ettiradi. 3. Proprioretseptorlar – bu gruppaga muskul-harakat, pay va boylamlarda bo’ladigan sezgilar hamda statik sezgilar kiradi. Bu gruppaga kiruvchi sezgilarni harakat yoki kinestetik sezgilar deb ham yuritiladi.


Yüklə 105,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin