Bilig ilmiy faoliyat


Respublika ilmiy-amaliy konferensiya



Yüklə 290,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix14.12.2023
ölçüsü290,79 Kb.
#178555
1   2   3
137-Article Text-284-1-10-20210611

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 
ISSN: 2181-1776
141 
“BILIG –
 
ILMIY FAOLIYAT” nashri |
http://bilig.academiascience.org
 
http://bilig.academiascience.or
 
ttp://bilig.academiascience.or
qilishda va uyg‘unlashtirishda aniq yoki umumiy ma‘nolarga e‘tibor berishlari yoki 
tafsilotlarni umumiy mavzular va g‘oyalar bilan bog‘lashlari mumkin.
To‘liq javob berish uchun o‘quvchidan barcha matnni yoki hech bo‘lmaganda uning 
muhim qismlarini, shuningdek, matndan tashqaridagi fikrlarni yoki axborotni tushunish 
talab qilinadi [3]. PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar tarkibi 1000 ta so‘zgacha 
bo‘lib, badiiy matnlar asosiy mavzuga ega, u berilgan matndan tashqari o‘quvchi 
tomonidan umumlashtiriladigan, axborot matnlari o‘quv materiallardan olinmagan 
mavzuni yoritib bergan bo‘lishi kerak. Matnda hech qanday so‘zlashuvga oid so‘z yoki 
jargon ishlatilmaydi hamda ortiqcha texnik ifodalar olib tashlanadi. Matnning mazmuni 9-
10 yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, ayrim madaniyatlarga juda 
xos bo‘lgan mavzulardan chetlanishi, shuningdek, matn shu yoshdagi maktab o‘quvchilari 
uchun qiziqarli va zavqli bo‘lishi hamda o‘quvchi uchun unchalik tanish bo‘lmasligi lozim.
O‘qish darslarida PIRLS testlaridan foydalanish o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini 
oshiradi, ularda o‘qib tushunish malakasi rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu tadqiqotning 
ijobiy tomonlari bilan birgalikda salbiy tomonlari ham bor deb o‘ylayman Mening 
fikrimcha, PIRLS tadqiqotlari uchun tanlangan matnlar 10-14 yoshli o‘quvchilarning yosh 
xususiyatlariga biroz to‘g‘ri kelmaydi. Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha yaratilgan 
qo‘llanmalarda berilgan ba‘zi matnlarni tahlil qilib, bu matnlar biroz bizning millatga 
to‘g‘ri kelmasligini guvohi bo‘ldim. PIRLS tadqiqoti o‘tkazilganda matnlar o‘zimizning 
millatga moslab olinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 5 ta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi 
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi‖ 2019-yil 29-
apreldagi PF-5217 sonli Farmoni
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Xalq ta‘limi tizimida ta‘lim 
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risidagi‖ 2018-yil 8dekabrdagi 997-sonli qarori
4. A. Ismoilov, D. Norboyeva, K. Kucharova, Z. Qosimova, N. Aminova. Xalqaro 
tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini baholash. (o‘quv 
qo‘llanma) – T.: Sharq NMAK, 2019. -94 b.
5. A. B. Panjiyev, A. A. Ismoilov, J. R. Narziyev, X. P. Ahmedov, G. O. Tog‘ayeva. 
O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi. (qo‘llanma) – 
T.: 2019. -62 b. 6. www.edu.uz 7. www.aim.uz.

Yüklə 290,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin